Edu.uz
160K subscribers
19.9K photos
4.29K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

13-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova Xitoy Savdo-sanoat palatasining dori vositalari va tibbiy mahsulotlar importi va eksporti boʻyicha vitse-prezidenti Wang Maochun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida Xitoyning yetakchi farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyalari vakillari oʻz mahsulotlari va xizmatlari haqida maʼlumot berishdi. Har bir kompaniya kesimida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, kelajakda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.



13 сентября заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Шахло Турдикулова приняла делегацию во главе с вице-президентом Китайской торгово-промышленной палаты по импорту и экспорту фармацевтических препаратов и изделий медицинского назначения Wang Maochun.

В ходе встречи представители ведущих фармацевтических и биотехнологических компаний Китая предоставили информацию о своей продукции и услугах. В разделе каждой компании были обсуждены перспективы сотрудничества, а также обменялись мнениями о перспективных проектах.



On September 13, Deputy Minister of Higher Education, Science and Innovation Shakhlo Turdikulova received a delegation led by Wang Maochun, the Vice President of the Chinese Chamber of Commerce and Industry for the Import and Export of Pharmaceuticals and Medical Products.

During the meeting, representatives of leading pharmaceutical and biotechnology companies in China provided information about their products and services. In the section for each company, prospects for cooperation were discussed, and opinions were exchanged on promising projects.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

Qatar bilan oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
PQ–305-son qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#vazir_maʼruzasi

Vazir talaba, doktorant va prorektorlar uchun maʼruza qildi

14-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faollar zalida “Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning sifatli taʼlimga taʼsiri” mavzusida maʼruza qildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5855

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#litsenziya

“Acharya” universiteti
litsenziya talablarini to‘liq bajardi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyuldagi 273-son qaroriga asosan “Acharya” universiteti (Hindiston) tashkil etilgan edi. Qarorda “Acharya” universitetiga o‘rnatilgan tartibda litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilishi belgilangan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 12-sentabr kuni Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Chekirchi MFY, Ulug‘bek ko‘chasi 132-uyda joylashgan “Acharya university” MCHJga litsenziya talablari to‘liq bajarilganligi inobat olinib, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya berildi.

Maʼlumot o‘rnida, universitetga 2023/2024-o‘quv yilida 300 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan bo‘lib, muassasa tomonidan keyingi yillardan kvota bosqichma-bosqich oshirib borilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18-avgust kuni ushbu universitetning litsenziyasi boʻlmasa ham qabul eʼlon qilinayotgani haqida jamoatchilikdan koʻplab murojaatlar tushgani sababli “Acharya” universiteti hali belgilangan tartibda litsenziya olmagani yuzasidan rasmiy xabar berilgan edi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
14-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni” tadbirida ishtirok etdi.

Vazir Germaniya dual taʼlim tizimining Oʻzbekistonda joriy etilishiga bagʻishlangan panel sessiyada chiqish qildi. Unda Germaniya bilan professional taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida gapirdi.



14 сентября министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахманов принял участие в мероприятии «День немецкой экономики в Узбекистане», прошедшей в Ташкенте.

Министр выступил на панельной сессии, посвященной внедрению немецкой системы дуального образования в Узбекистане. Он рассказал о работе, проводимой с Германией в сфере профессионального образования и планах на будущее.



On September 14, the Minister of Higher Education, Science and Innovation Ibrokhim Abdurakhmanov took part in the event “Day of the German Economy in Uzbekistan”, held in Tashkent.

The minister spoke at a panel session dedicated to the implementation of the German dual education system in Uzbekistan. He spoke about the work being done with Germany in the field of vocational education and plans for the future.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim_yangilik

C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.

Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;

Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport_va_talaba

JDPUda “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Talabalar ligasi” bo‘lib o‘tmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti sport maydoni odatdagidan-da gavjum. Universitet talabalari bugun sportning shaxmat-shashka, basketbol, voleybol, mini futbol, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.



В ДжГПУ проходит «Олимпиада пяти инициатив» и «Студенческая лига».

На спортивных площадках Джизакского государственного педагогического университета всегда много желающих заниматься спортом. Студенты сегодня мерялись силами по таким видам спорта как шахмат-шашки, баскетбол, волейбол, мини футбол, настольный теннис.



At Jizzakh State Pedagogical University "Olympiad of Five Initiatives" and "Student League" are being
held.

The university sports field is crowded today. Today, the students of the university competed in chess, basketball, volleyball, mini football and table tennis.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR

⚡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot xizmati rahbari Otabek Ibragimov Bolgariya kinofestivalida Gran-pri sohibiga aylandi

Bolgariya Respublikasi poytaxti Sofiya shahrida Bolgariya kino akademiyasi va internet kommunikatsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan XI Xalqaro “Slavyan ertagi” kinofestivalida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi tomonidan suratga olingan “Dilozor” seriali rejissorlari Otabek Ibragimov hamda Aziz Mardonov rejissorlik ishi bo‘yicha Gran-priga loyiq ko‘rildi.



Руководитель пресс-службы Узбекского государственного университета мировых языков Отабек Ибрагимов удостоин Гран-при международного кинофестиваля, прошедшего в Болгарии

На 11-м Международном кинофестивале «Славянская сказка», прошедшего в столице Болгарии Софии, организованной Болгарской киноакадемией и Агентством интернет-коммуникаций, режиссёрская работа сериала «Дилозор», снятого режиссерами Отабеком Ибрагимовым и Азизом Мардоновым на базе студии «Узбектелефильм» Национальной телерадиокомпании Узбекистана получила Гран-при.



The head of the press service of the Uzbek State University of World Languages, Otabek Ibragimov, was awarded the Grand Prix of the international film festival held in Bulgaria

At the 11th International Film Festival "Slavic Tale", held in the capital of Bulgaria, Sofia, organized by the Bulgarian Film Academy and the Internet Communications Agency, the director's work of the series "Dilozor", filmed by directors Otabek Ibragimov and Aziz Mardonov on the basis of the Uzbektelefilm studio of the National Television and Radio Company of Uzbekistan, received the Grand Prix.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” — A.Avloniy

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan “Ota-onalar kongressi” ana shu mavzu asosida tashkil etildi. Unda birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalarning 100 dan ortiq ota-onasi va yaqinlari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida, bu kabi tadbirlar respublikaning barcha oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda. Maqsad har bir talabaning yetarli ta’lim-tarbiya olishida oliygoh va ota-ona hamkorligini mustahkamlashdir.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube