Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.22K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Oʻqishni_koʻchirish_2021

⚡️RASMAN! Madaniyat hamda Qurilish vazirliklari tasarrufidagi OTMga oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va filiallari uchun — 70.56 ball;

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari uchun — 66.1 ball.

✔️ Kuni kecha,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun — 100 ball;

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;

Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball etib belgilangan edi.

👉 Shuningdek, oʻqishini koʻchirishda hozirga qadar eʼlon qilingan oʻtish ballari
———
Eduuz dan yiroqlashmang!
#Oʻqishni_koʻchirish_2021

⚡️RASMAN! Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi OTMga oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallariga 2021/2022-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlardan o‘tkaziladigan maxsus sinov (test) natijalariga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 30 foizi, ya’ni 56,7 ball o‘tish bali etib belgilandi.

👉 Shuningdek, oʻqishini koʻchirishda hozirga qadar eʼlon qilingan oʻtish ballari
———
Eduuz dan yiroqlashmang!
#Oʻqishni_koʻchirish

⚠️ RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakolatidagi talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha) vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda eʼlon qilinadi:

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilmaganligi boʻyicha maʼlumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga koʻra ushbu toifadagi talabalar 2021-yil 5-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetlari orqali maʼlumot olishlari mumkin.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalar roʻyxati 2021-yil 6-sentabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar oʻqishi koʻchirilishi soʻralgan oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida koʻchirilishi muayyan oliy taʼlim muassasasi tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli koʻrib chiqilgandan soʻng belgilanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Audio
#Oʻqishni_koʻchirish

🎙 So‘nggi vaqtlarda fuqarolarimiz tomonidan oʻqishni koʻchirish bilan bog‘liq ko‘plab savollar kelib tushganini inobatga olib, Xushnudbek.uz kanalida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov bilan oʻqishni koʻchirish mavzusida suhbat tashkil etildi.

🔘 Suhbatni eshita olmaganlar uchun ovozli fayl yuklandi.👆

Chat davomida asosan quyidagi masalalar haqida suhbatlashildi:

— xorijiy OTMdan Oʻzbekistonga oʻqishini koʻchirish;

— Oʻzbekistondagi bir davlat OTMdan boshqasiga oʻqishni koʻchirish;

— Oʻzbekistondagi nodavlat OTMdan davlat OTMga oʻqishni koʻchirish;

— ichki «perevod»lar;

— ta’lim shaklini oʻzgartirish (kunduzgidan sirtqiga, sirtqidan kunduzgiga va h.k.);

oʻqishni koʻchirishdagi toʻlovlar, kontrakt narxlari va boshqa shu mavzuga oid masalalar va h.k.
_______
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ijodiy_imtihon_2022
#oʻqishni_koʻchirish

⚡️Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

🔰2022/2023-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy o‘quv yurtlarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Imtihonlarning o‘tkazilish joyi, sanasi, vaqti haqidagi ma’lumotlar OTMning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilingan.

✔️Abituriyentlar va ularning ota-onalari imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumotlarni “Eduuz|Tezkor xabarlar” maxsus telegram kanali orqali kuzatib borishlari mumkin.

👀Unda siz imtihonlar qaysi OTMda boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz.

☝️Eslatib oʻtamiz, jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali ham jonli kuzatib borishingiz mumkin.

👉@eduuz
#Oʻqishni_koʻchirish

⚡️Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolar DIQQATIGA!!!

Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi.

Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga koʻra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

🗄talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;
🗄 davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🗄oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
🗄talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
✍️pasport nusxasi;
✍️yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻqishni_koʻchirish
#kasb_hunar_maktabi
#kollej
#texnikum

⚡️Respublikadagi professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Professional ta’lim muassasalari (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yuzasidan arizalar joriy yilning 20-iyulidan 10-avgustiga qadar o‘quvchi tahsil olayotgan professional ta’lim muassasalarining o‘zida qabul qilinadi.

O‘qishni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish yuzasidan berilgan arizalar qabul qiluvchi ta’lim muassasasi bo‘ysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan joriy yilning 15 avgust kunidan boshlab ko‘rib chiqiladi.

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube