Edu.uz
135K subscribers
22.9K photos
4.89K videos
232 files
13K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#talabalar_festivali

Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!

O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlar tashabbusiga ko‘ra “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida “Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” nomli festivalga start berildi.

Ushbu maqsadda bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, universitet rektori Inomjon Majidov, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, xorijlik mehmonlar ishtirokida festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5373

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_festivali
#videolavha

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida “Iqtisodiyot universiteti — kelajak bunyodkorlari maskani” nomli talabalar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davomida 10 ga yaqin turli tadbirlar, xususan, milliy sport o‘yinlari haftaligi, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, QVZ tanlovi, sport musobaqalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda ko‘ngilochar bayram dasturlari o‘tkazildi.

Bayram tadbirlari davom etadi...

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#talabalar_festivali

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston milliy universitetida talabalar festivali haftaligiga start berilgan edi. Bugun haftalik doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda 16 ta fakultetdan 32 ta jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Musobaqa 1 000 nafarga yaqin talaba-yoshlarni qamrab oldi.

Ma’lumot uchun, g‘oliblar 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali tadbirda quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 10 million so‘m;
2-o‘rin: 7 million so‘m;
3-o‘rin: 5 million so‘m.

Qiziqarli tadbirlar davom etadi...

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_festivali

📹 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Talabalar bahori” festivalidan videolavha.

Ma’lumot uchun, festival doirasida 100 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “Zakovat Quiz” va “Munozara” debat intellektual o‘yinlari, yosh oshpazlar tanlovi hamda ko‘ngilochar bayram dasturlari tashkil etildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#talabalar_festivali

Toshkent davlat texnika universitetida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” nomli festival bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida osh chempionati, mohir qo‘llar, voleybol, stol tennis, street workout, armwrestling, shaxmat, shashka, kamondan o‘q otish, tosh ko‘tarish kabi musoboqalar tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy ansambli hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi kursantlari tomonidan harbiy va badiiy chiqishlar qilindi.

O‘tkazilgan tanlov va musobaqalar g‘oliblari universitet rahbariyatining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_festivali

Yoshlar oyligi munosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Biz bir oila farzandlarimiz” shiori ostida festival boʻlib oʻtdi.

📹 1000 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etgan bayram tadbiridan videolavha


Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde jaslar aylıǵı múnásibeti menen “Biz bir shańaraq perzentlerimiz!” atamasında festival bolıp ótti.

📹1000 ǵa jaqın student-jaslar qatnasqan bayram ilajınan tayarlanǵan videokórinis

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#talabalar_festivali

“Yoshlar oyligi” munosabati bilan Toshkent davlat texnika universitetidaBilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 3 oyni qamrab olgan “Interesting 7 days” mega loyihasi doirasida tashkil etilgan 10 dan ortiq intellektual tanlov hamda sport musoboqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar taqdirlandi. Ma’lumot uchun, o‘tkazilgan tanlovlarda 10 mingdan ortiq talaba ishtirok etib, 180 nafari g‘olib deb topildi.

Ularga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar, diplom va umumiy miqdori 126 mln so‘m miqdordagi pul mukofotlari topshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_festivali

Bir necha kun davomida bo’lib o’tgan Termiz davlat universiteti talabalari ishtirokidagi “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostidagi “Talabalar festivali” o‘z nihoyasiga yetdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#talabalar_festivali

“Yoshlar oyligi” doirasida navbatdagi xalqaro tadbir

Urganch davlat universitetida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida uch kunlik xalqaro “Talabalar festivali start oldi.

Unda AQSHning Kaliforniya universitetidan 10 nafar, Fargʻona politexnika institutidan 40 nafar, Urganch davlat universiteti va viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridan 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq, dastavval Urganch davlat universiteti rahbariyati bilan yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi. Ochiq muloqotda universitet faoliyati, tadbir maqsadi hamda yoshlarga berilayotgan eʼtibor haqida maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, universitetning moddiy texnik bazasi va rasmlar galereyasi bilan tanishuv hamda mehmonlar uchun ajratilgan burchakka ramziy daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarni xalqaro ilmiy-tadqiqot tajribasi, global taʼlimdagi roli va mobilligini oshirish, oʻzaro tajriba almashish, ilmiy va madaniy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, qolaversa, ichki turizmni rivojlantirishdan iboratdir.

Maʼlumot uchun, Festival davomida ishtirokchilar uchun Xorazmning tarixiy obidalariga sayohat, ilmiy-amaliy anjuman, turli maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_festivali

Urganch davlat universitetida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o'tkazilgan uch kunlik "Global ta'lim va yoshlar" mavzusidagi xalqaro “
Talabalar festivali” tafsilotlariga bag'ishlangan videoreportaj.

Mazkur festival Urganch davlat universitetida AQSHning Kaliforniya universitetidan, Fargʻona politexnika institutidan hamda viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridan yuzlab talaba-yoshlarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube