Edu.uz
166K subscribers
19.8K photos
4.21K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent2023

Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialiga 2023/2024-o‘quv yili uchun 6 ta yo‘nalish bo‘yicha qabul e’lon qilindi.

Yo‘nalishlar:
Kino va televideniye prodyuserligi;
Kinorejissyorlik;
Operatorlik mahorati;
Dramaturgiya;
Aktyorlik mahorati;
Kinotanqidchi.

Ta’lim rus tilida olib boriladi. Arizalar 15-iyundan 15-iyulga qadar [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Batafsil: https://vgik.uz/svedeniya-o-priyom-2023/
Murojaat uchun telefon: 71 277 89 98

Ma’lumot o‘rnida, ushbu oliy o‘quv yurti Prezident qarori bilan 2021-yilda tashkil etilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Bu yil qabul qachondan boshlanadi?

JAVOB:
Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.

Xalqaro press klubning“Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusidagi sessiyasidan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#abituriyent2023

Joriy o‘quv yili qabulida 8 ta OTMda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladi

Bular xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
👉 Andijon davlat chet tillar instituti;
👉 Namangan davlat chet tillar institutining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘tgan 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlangan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#abituriyent2023

⚡️ “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarga eslatma!

2023/2024-o‘quv yili “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga qabul test sinovlarida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan ham savollar tushadi.

Batafsil tushuntirish bu yerda: 👉https://t.iss.one/BaholashUz/5775

Huquqshunoslik fanidan test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati ilovada (rasm).👆

Fanlar majmuasi va boshqa fanlardan darsliklar ro‘yxati @eduuzuniversalbot'da

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
OTMlarga kirish test sinovlari
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat #Qabul2023 #Abituriyent2023
2023-yil 26-may kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi

Izoh: ovozli chat oxirida telegram messenjeri ishlamay qoldi. Shuning uchun ovozli chatning so‘nggi qismi saqlanmagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Bu yil test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

JAVOB:
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔸 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball: 189.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari — 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida.

❗️ Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ⓜ️anba

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#abituriyent2023
#imtiyoz

⚡️Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

🔰 Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi;

2️⃣ 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

3️⃣ Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

4️⃣ Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

☝️Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

👉 Qabulga doir foydali ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz
#abituriyent2023 #imtiyoz ⚡️Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi 🔰 Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.)…
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma qanday mezonlarga qarab beriladi?

JAVOB: Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinish uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi:

🔹kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi;

🔸to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

🔹turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

🔸nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

🔹ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan
ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

🔸ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

⚠️Eslatma! Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#e’lon
#abituriyent2023

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Yoshlar” telekanali hamkorlikda “Abituriyent-2023” loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda.

Ushbu loyihaga asosan “Yoshlar” telekanalida har payshanba kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha “Abituriyent-2023” ko‘rsatuvi efirga uzatiladi. Unda vazirlik va uning huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili qabuli bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalari yo‘llagan savollarga batafsil javoblar berib boriladi.

“Abituriyent-2023” ko‘rsatuvining ilk soni bugun soat 15:00da efirga uzatiladi. Qabulga doir savollarni Telegramdagi @abituriyent2023bot orqali yuborishingiz mumkin.

Qabulga doir foydali bot 👉 @eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshiradigan abituriyentlar ham 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlasa bo‘ladimi?

JAVOB: Yo‘q,
alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari (masalan, sport, madaniyat, jurnalistikaning ayrim yo‘nalishlari)ni tanlagan abituriyentlar faqat bitta yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Buning sababi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamad Mamanazarov tomonidan videoda batafsil izohlangan.

Ma’lumot o‘rnida “Yoshlar” telekanali bilan hamkorlikda haftaning har payshanba kuni soat 15.00 dan 16.00gacha “Abituriyent-2023“ loyihasi efirga uzatiladi. Unda shu kabi qabulga doir savollarga javob olishingiz mumkin.

📹 “Abituriyent-2023“ loyihasi ilk sonini to‘liq ko‘rish
:
👉https://youtu.be/t90Nn86FfVk

Qabulga doir foydali bot 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube