Edu.uz
136K subscribers
25.6K photos
5.33K videos
242 files
13.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Namangan davlat universitetida Oʻzbekiston-Rossiya hududlararo oliygohlar rektorlari konferensiyasi doirasida ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya huzuridagi Ilm-fan va ta’lim bo‘yicha quyi komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy ishtirok etdi.

Anjumanda Toshkent shahridagi Rossiya OTMlari filiallari faoliyati, xususan, Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Astraxan davlat texnika universiteti, Moskva energetika instituti faoliyatini kengaytirilish hamda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot sohasidagi qo‘shma tanlovlar o'tkazish, talabalar turizmini rivojlantirish, gumanitar loyihalarning amalga oshirilishi va ikki tomonlama pedagogik tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha axborotlar tinglandi.

Yakunda ta’lim va ilm-fan sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinib, kelishilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus bayonnoma imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍155🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #Indoneziya

Indoneziyalik talabalar O‘zbekiston madhiyasini o‘zbek tilida kuyladi

Urganch davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Indoneziyaga xizmat safari doirasida Gunadarma universitetida “O‘zbekiston kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi Indoneziyalik talabalar tomonidan mahorat bilan o‘zbek tilida ijro etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3113🔥3
#Kasbiy_taʼlim #xalqaro_hamkorlik

Texnikumlarda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilmoqda


26-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Janubiy Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Daejeon sog‘liqni saqlash universiteti Prezidenti Jung Xva Ri boshchiligidagi delegatsiya bilan tibbiyot yo‘nalishidagi texnikumlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida Samarqand va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikka oid shartnoma va memorandumlar imzolandi. Ushbu hamkorlik “Hamshiralik ishi” yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/56923

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍205🔥4😁1
#xalqaro_hamkorlik

Amerika texnologiyalar universiteti bilan
hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2-iyun kuni Amerika texnologiyalar universiteti (American university of technology) va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘rtasida muhim ahamiyatga ega hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjat doirasida oliy ta’limda ilg‘or metodika va texnologiyalarni joriy etish, pedagog va rahbar kadrlar malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlikka erishiladi.

Shuningdek, mazkur hamkorlik O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu universitet — Amerika qo‘shma shtatlaridagi Cintana Education xalqaro tashkiloti a’zosi bo‘lib, Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍107👏3🎉1
#xalqaro_hamkorlik

Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi


3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston-Xitoy transport fakultetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Xitoyning Shensi provinsiyasi Kompartiyasi viloyat qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari, gubernator Zhao Gang va Changan universiteti partiya qo‘mitasi kotibi Chen Zhijian boshchiligidagi delegatsiya hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/59207

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
12👍6🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

Bolgariya Prezidenti O‘zbekistonning sanoat va innovatsion salohiyatini yuqori baholadi

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamrohligida Toshkent shahridagi Texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/729118

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
19👍7😁3🔥2🤔2
#Xalqaro_hamkorlik

Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan 20 mln AQSH dollari qiymatidagi
hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tayotgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Hilton” mehmonxonasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari – “ACWA Power” va “DataVolt” rahbarlari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng boʻlgan loyihalarni oʻz ichiga oladi.

➡️Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60547

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏83👍3🔥1🤔1
#Xalqaro_hamkorlik #KasbiyTaʼlim

VET4UZ loyihasining 1-bosqichi yakunlari muhokama qilindi


12-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Shveysariya hukumatining “Oʻzbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama etishga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari va hamkorlik bo‘limi rahbari Andrin Fink, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, shuningdek, vazirlik va loyiha guruhi vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60790

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
15👍6🔥1😁1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston-Polsha hamkorligi: ayollarni STEM sohalarida qoʻllab-quvvatlash


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Perspektywy Women in Tech jamgʻarmasi rahbari Bianka Sivińska bilan samarali uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar ilmiy va texnik yoʻnalishlarda ayollar ishtiroki hamda ularning salohiyatini rivojlantirish borasidagi qator muhim tashabbuslarni muhokama qildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60819

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
19👍3🔥2
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Estoniya: ta’lim va ilm-fan sohasida yangi bosqich


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Estoniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yap Orani qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60818

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5👍3🔥1