#Prezident_murojaatnomasi
#Live
Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona toʻgʻri yoʻlidir!
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼlim sohasiga toʻxtalib oʻtdi.
– Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʻqituvchi va murabbiylar bilan koʻproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʻyicha ular qoʻygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak.
Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz koʻtargan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.
Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol boʻlishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini soʻrayman, — dedi prezident.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Prezidentimizning 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish tashabbusini yig‘ilganlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
“Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz?
Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.
Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?
Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari 2023-yildagi eng ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Birinchi yo‘nalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qildi.
Xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi “qo‘l boshqaruvi”dan aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti kelgani ta’kidlandi.

“Biz Yangi Oʻzbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilayapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak.
Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, demakdir.
Birinchi navbatda, eʼtibor Yangi Oʻzbekiston uchun eng katta investitsiya boʻlgan taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilishi taʼkidlandi. Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.
Oʻqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Kelasi yildan boshlangʻich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi”, — Prezident.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_murojaatnomasi
#Live
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda yoshlar Yevropa kasbiy taʼlim standartlari asosida o‘qitiladi
Davlatimiz rahbari o‘z murajaatida professional ta'lim sohasiga ham to‘xtaldi.
Kasb-hunar taʼlimi bilan qamrov 200 mingga yetkaziladi.
2023-yilda davlat grantlari uchun 130 ming joy ajratiladi. Bu joriy yilgidan 30 mingga koʻproq.
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi.
Kelasi besh yilda barcha kollej va texnikumlar Yevropa kasbiy taʼlim standartlari bilan qamrab olinadi.
2023-yildan boshlab 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi.

Milliy o‘zligimiz timsoli, maʼnaviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi.

Prezident Murojaatnomaga yakun yasar ekan, unda aytilgan vazifalarni dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda amalga oshirish oson bo‘lmasligini qayd etdi.
"Lekin biz o‘tgan davrda katta bilim va tajriba to‘pladik. Eng muhimi, o‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda.
Shu bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz.
Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz", – dedi davlatimiz rahbari.
Prezident so‘zining yakunida yig‘ilganlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi.