#Prezident_murojaatnomasi
#Live
Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona toʻgʻri yoʻlidir!
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼlim sohasiga toʻxtalib oʻtdi.
– Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʻqituvchi va murabbiylar bilan koʻproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʻyicha ular qoʻygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak.
Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz koʻtargan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.
Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol boʻlishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini soʻrayman, — dedi prezident.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Prezidentimizning 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish tashabbusini yig‘ilganlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
“Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz?
Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.
Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?
Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari 2023-yildagi eng ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Birinchi yo‘nalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qildi.
Xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi “qo‘l boshqaruvi”dan aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti kelgani ta’kidlandi.

“Biz Yangi Oʻzbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilayapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak.
Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, demakdir.
Birinchi navbatda, eʼtibor Yangi Oʻzbekiston uchun eng katta investitsiya boʻlgan taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilishi taʼkidlandi. Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.
Oʻqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Kelasi yildan boshlangʻich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi”, — Prezident.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_murojaatnomasi
#Live
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda yoshlar Yevropa kasbiy taʼlim standartlari asosida o‘qitiladi
Davlatimiz rahbari o‘z murajaatida professional ta'lim sohasiga ham to‘xtaldi.
Kasb-hunar taʼlimi bilan qamrov 200 mingga yetkaziladi.
2023-yilda davlat grantlari uchun 130 ming joy ajratiladi. Bu joriy yilgidan 30 mingga koʻproq.
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi.
Kelasi besh yilda barcha kollej va texnikumlar Yevropa kasbiy taʼlim standartlari bilan qamrab olinadi.
2023-yildan boshlab 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi.

Milliy o‘zligimiz timsoli, maʼnaviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi.

Prezident Murojaatnomaga yakun yasar ekan, unda aytilgan vazifalarni dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda amalga oshirish oson bo‘lmasligini qayd etdi.
"Lekin biz o‘tgan davrda katta bilim va tajriba to‘pladik. Eng muhimi, o‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda.
Shu bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz.
Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz", – dedi davlatimiz rahbari.
Prezident so‘zining yakunida yig‘ilganlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi.

#Oʻqishni_koʻchirish
⚡️ Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolar DIQQATIGA!!!
Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi.
Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga koʻra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:
🗄 talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;
🗄 davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
🗄 oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
🗄 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
✍️ pasport nusxasi;
✍️ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi.
Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga koʻra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QvzFinal2022
⚡️“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi 2022-yil g‘olibi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” jamoasi bo‘ldi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 1-o‘rin uchun va’da qilinganidek 100 mln so‘m, 2-o‘ringa 75 mln so‘m va 3-o‘rinni egallagan jamoaga 50 mln so‘m miqdorida pul mablag‘lari berildi.
Shuningdek, 1-oʻrinni egallagan gʻolib jamoa aʼzolari xorijiy davlatga sayohat qilishlari uchun 150 million soʻm miqdorida taqdirlandi.

#Bilasizmi
21-dekabr – Krossvord paydo bo‘lgan kun
Amerikaning “The New York World” gazetasi 1913-yil 21-dekabr kuni “krossvord” - kodlangan shifrlangan xabarlarni bosib chiqargan. Mazkur boshqotirma 32 so‘zdan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda bu janr barcha gazetalarning ajralmas qismiga aylangan. Buning uchun birinchi krossvord muallifi Artur Uinniga “Tashakkur” aytish kerak.

#Xalqaro_hamkorlik
Asosiy eʼtibor hamkorlikda taʼlim sifatini yanada oshirishga qaratiladi
Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Koreya Respublikasi Deu taʼlim jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi raisi Xo Suk Chu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilib, oliy taʼlim sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha muzokara olib bordi.
👉Batafsil ushbu havolada

Birozdan soʻng, “Oʻzbekiston” telekanalida Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi va unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, shu jumladan oliy hamda professional taʼlim bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Munosabat” ko‘rsatuvining navbatdagi soni boshlanadi.
Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddilari hamda oliy taʼlim muassasalari masʼullari ham ishtirok etadi.
Koʻrsatuvni “Oʻzbekiston” telekanali orqali toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddilari hamda oliy taʼlim muassasalari masʼullari ham ishtirok etadi.
Koʻrsatuvni “Oʻzbekiston” telekanali orqali toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot
Magistratura qishki qabulidagi yengillik tizimdagi islohotlardan qaytish emas, balki abituriyentlarga berilgan qo‘shimcha imkoniyat
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabuli yuzasidan rasmiy bayonoti
📄 Bayonotni matn shaklida o‘qish👈
Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Magistratura qishki qabulidagi yengillik tizimdagi islohotlardan qaytish emas, balki abituriyentlarga berilgan qo‘shimcha imkoniyat
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabuli yuzasidan rasmiy bayonoti
📄 Bayonotni matn shaklida o‘qish👈
Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Фанлар мажмуа 2023-2024.pdf
445.3 KB
#абитуриентга_қулайлик
⚡️2023/2024 ўқув йили бакалавриат қабули учун имтиҳон фанлари мажмуаси тасдиқланди
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан абитуриентларга қулайлик яратиш мақсадида олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари ва уларга мос тест синови (касбий (ижодий) имтиҳон) топшириладиган фанлар мажмуаси белгиланган тартибда қабул бошланишидан 6 ой олдин тасдиқланди.
2023/2024 ўқув йили қабул параметрлари тасдиқланганда янги ташкил этилган таълим йўналишлари фан мажмуалари қўшимча тасдиқланади.
Маълумот ўрнида, Президентнинг 279-сон қарори билан Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигига бакалавриат таълим йўналишларига мос келувчи имтиҳон фанлари мажмуасини тасдиқлаш ваколати берилган.
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube