Edu.uz
157K subscribers
20.3K photos
4.35K videos
234 files
12.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#EduForum_2022

Ayni paytda Samarqand davlat universitetida Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi start oldi

Dastlabki muzokaralarda Rossiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari, vazirliklar vakillari va Oʻzbekiston rektorlari oʻrtasidagi amaliy hamkorlik, ikki tomonlama loyihalar muhokama qilinmoqda.

Unda Oʻzbekiston tomonidan Toshkent davlat transport, Geologiya fanlari, Toshkent davlat texnika universitetlari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent shahridagi “MIFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali rahbarlari qatnashsa, Rossiya tomonidan esa, «Группа ГАЗ» MCHJ boshqaruv kompaniyasi, “Orgenergostroy” instituti AJ, “NANOEKOXIM” MCHJ, «Оргэнергострой» AJ, “ЭКРА” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, «НТЦ ФСК ЕЭС» AJ va«Гэотар-медиа» nashriyoti vakillari ishtirok etmoqda.

Oʻzaro muhokamalar yakuni boʻyicha 10 yaqin hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.

Ushbu muzokaralar va maslahatlashuvlar natijasi Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalari tajribasini mamlakatimiz oliygohlariga tatbiq etishga qaratiladi.
🟣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2022

1-sho‘ba: Taʼlim – davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishi omili sifatida

Forumning ushbu shoʻbasi doirasida ikki davlat universitetlariaro oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, magistratura taʼlimini rivojlantirish, geodeziya va kartografiya, avtomobil transporti boʻyicha oliy muhandislik maktablarini yaratish hamda shu kabi oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish boʻyicha bir qancha masalalar muhokama qilinmoqda.

Muhokamalarda Oʻzbekiston tomonidan Toshkent davlat transport, Toshkent axborot texnologiyalari universitetlari, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat, Namangan muhandislik-qurilish institutlari rektorlari, Rossiya Federatsiyasi tomonidan Don davlat texnika universiteti, Moskva davlat geodeoziya va kartografiya, Novosibir davlat milliy tadqiqotlar, Qozon federal universiteti ishtirok etmoqda.

Unda 2022-2027-yillarga moʻljallangan magistratura dasturlarini ishlab chiqish, Rossiya universitetlari bilan hamkorlikda “Energetika”, “Avtomobil transporti” oliy muhandislik maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish boʻyicha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.

Mazkur sho‘ba yakuni boʻyicha 10 dan ortiq kelishuvga erishiladi.
🟣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2022

Oʻzbekiston-Rossiya III taʼlim forumi “Oʻzbekiston24” telekanali nigohida
🟣

III узбекско-российский образовательный форум глазами телеканала «Узбекистан24»‌‌

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2022

Forum doirasida bir qator hujjatlar imzolanmoqda

Toshkent davlat transport universiteti va Qozon federal universiteti hamkorligida “Avtomobil transporti” oliy muhandislik maktabi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuv hamda avtomobil sohasida yirik ishlab chiqaruvchi «Группа ГАЗ» MCHJ boshqaruv kompaniyasi bilan oʻzaro hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#EduForum_2022

2-shoʻba: Uzluksiz taʼlim tizimini yaratishda Rossiya va Oʻzbekiston tajribasi

Forumning ikkinchi sessiyasida ilm-fan, taʼlim va texnika sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida akademik va ilmiy almashinuv aloqalari va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oʻzaro muzokaralarda mamlakatimiz tomonidan Oʻzbekiston milliy universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetlari hamda Buxoro muhandislik-texnologiya va Toshkent kimyo-texnologiya institutlari, Rossiyadan esa Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rossiya xalq xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya Janubiy federal universiteti, Moskva xalqaro hamkorlik instituti rektorlari ishtirok etmoqda.

Unda bakalavriat va magistratura taʼlimida akademik hamda ilmiy almashinuvni yoʻlga qoʻyish, texnika, kimyo texnologiya va muhandislik sohalarida Rossiya universitetlari bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha kelishuvlarga erishiladi.

Sessiya yakuni boʻyicha 10 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.
🟣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2022

Oʻzbekiston-Rossiya III taʼlim forumi Matbuot markazida ish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda...

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#EduForum_2022

3-shoʻba: Maktabgacha va xalq taʼlimi tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash

Forumning ushbu yigʻilishida maktabgacha, maktab va oʻrta maxsus taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari, jumladan, maktabgacha va xalq taʼlimi tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash, zamonaviy yuqori texnologiyali laboratoriyalar tashkil etish va texnoparklardan foydalanish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish uchun innovatsion platformalarni yaratish, ikki davlat uchun ustuvor yoʻnalishlarda ilmiy loyihalarni amalga oshirishni faollashtirish, masalalari muhokama markazida boʻldi.

Oʻzbekiston tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Oʻzbekiston davlat fizkultura va sport, Qarshi, Andijon davlat universitetlari, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Rossiya tomonidan esa, Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti, Moskva davlat universiteti va Tomsk davlat milliy tadqiqotlar universitetlari rektorlari ishtirok etmoqda.

Yigʻilish yakunida 5 ta kelishuv va memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.
🟣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2022

4-shoʻba: Ilmiy va innovatsion sohadagi hamkorlik istiqbollari

Forumning soʻnggi sessiyasida Rossiyaning bir qator oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot faoliyatini kengaytirish, tibbiyot, togʻ-kon texnologiyalari, huquq va geologiya sohalarida akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, Sibir federal universiteti bilan 2023-2024-yillarga moʻljallangan Yoʻl xaritasi loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilinmoqda.

Oʻzaro muzokaralarda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalaridan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Navoiy davlat konchilik, Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat yuridik va Buxoro davlat universitetlari, Toshkent pediatriya tibbiyot, Jizzax politexnika va Buxoro davlat tibbiyot institutlari masʼul vakillari Ural, Tyumen, Chechen va Voronej davlat universitetlari, shuningdek, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan 10 ga yaqin kelishuv shartnomalari imzolanadi.
🟣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2022

Ayni damda Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumining yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda

Anjumanda ikki davlat tomonidan 200 nafardan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etmoqda.

Anjuman yalpi majlisini Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov kirish soʻzi bilan ochib, tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy qutladi. Shuningdek, Rossiya rektorlar kengashi raisi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy ham ishtirokchilarni tabriklab, hamkorlik ishiga omad tiladi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrigini Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tabrigini Prezidentning xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Igor Maslov forum ishtirokchilariga oʻqib eshittirdi.

Tabriklarda ikki davlat taʼlim sohasida hamkorlik aloqalari, uning yutuqlari va istiqbollari haqida soʻz bordi. Forum ishiga muvaffaqiyat tilanib, ushbu nufuzli anjuman natijasi mamlakatlar oʻrtasida sohadagi aloqalarning jadallashuviga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.

Soʻng Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov soʻz olib, ushbu forum ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Bugun mubolagʻasiz aytishimiz mumkinki, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida taʼlim va ilm-fan sohasida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgan sheriklik oʻzaro manfaatli va samarali hamkorlikning yorqin namunasidir, – dedi vazir.

Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Natalya Bocharova forumning ahamiyati va maqsadi haqida toʻxtaldi.

Yalpi yigʻilish oʻz ishini davom ettirmoqda. Eslatib oʻtamiz, anjuman yakuni boʻyicha 15 ga yaqin hujjatlar almashinuvi koʻzda tutilgan.
🟣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2022

Forumning yalpi majlisi yakuni bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilindi

Shundan so‘ng, Maktabgacha ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari hamda ikki davlatning 20 ga yaqin oliy ta'lim muassasasi rektorlari oʻrtasida hujjatlar almashilindi.

Eslatib oʻtamiz, forum oʻz ishini ertaga, 27-oktabr kuni ham davom ettiradi. Unda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida B-2-B shaklida 30 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolanadi va rektorlar ishtirokida bir qator hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Forum kun tartibidan, shuningdek Samarqand shahrining diqqatga sazovor maskanlarini ko‘zdan kechirish ham reja qilingan.
🟣

По итогам пленарного заседания форума принята резолюция

После этого состоялся обмен документами между министерствами дошкольного образования, народного образования и ректорами около 20 вузов и стран.

Напоминаем, что форум продолжит свою работу завтра, 27 октября. Между вузами двух стран будет подписано около 30 документов соглашения B-2-B, а также обсужден ряд вопросов сотрудничества с участием ректоров.

В программе форума также осмотр достопримечательностей Самарканда.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2022

Ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish

Ikkinchi seksiyada ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuv dasturlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oʻzaro muzokaralarda mamlakatimiz tomonidan Oʻzbekiston milliy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari, Samarqand davlat, Qoraqalpoq davlat, Qarshi davlat, Urganch davlat, Termiz davlat universitetlari, Koreyaning ham qator oliy o‘quv yurtlari rahbarlari ishtirok etmoqda.



Развитие сотрудничества и обмена в сфере высшего образования между двумя странами

Во второй секции планируется обсудить договоренности об ускорении программ обмена студентами и преподавателями в рамках перспективного сотрудничества в сферах науки, образования и инноваций.

В обсуждениях участвуют руководителе Национального, Узбекского государственного мировых языков, Самаркандского государственного, Каракалпакского государственного, Каршинского государственного, Ургенчского государственного, Термезского государственного университетов, ряда высших учебных заведений Кореи.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube