This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#masal #mutolaa
HAMMASI SIZNING QOʻLINGIZDA
Qadim zamonda, qadimiy bir shaharda atrofida koʻplab shogirdlarga ega Ustoz yashagan ekan. Kunlarning birida eng qobiliyatli shogirdlaridan biri: “Ustozimiz javob berolmaydigan savol ham bormikan?” deb oʻylaydi.
Soʻng gullarga toʻla maysazorga borib, eng goʻzal kapalakni tutadi va uni kaftlari orasiga yashiradi. Kapalak panjalari bilan uning qoʻllariga yopishadi. Jilmayib, ustozi oldiga bordi va soʻradi:
- Aytingchi, mening qoʻlimda qanday kapalak: tirikmi yoki oʻlikmi?
U kaftlariga yopishgan kapalakni qoʻlida mahkam ushladi va oʻz haqiqati uchun har qanday onda ularni siqishga tayyor edi.
Ustoz shogirdning qoʻllariga qaramasdan javob berdi.
- Hammasi sening qoʻlingda.
Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram

#mutolaa
Toyota asoschisi Sakiti Toyoda doimiy ravishda "beshta nega" qoidasiga amal qilgan. Barcha tushunarsiz vaziyatlarda u ushbu usulni qo'llagan va bu har doim unga yordam bergan.
Bu qoidani quyidagi misol orqali tushuning. Masalan, siz mo'ynali kiyim xohlayapsiz.
Siz o'zingizga savol berasiz: "Nega men mo'ynali kiyimni xohlayman?"
Bu - birinchi "nega". Siz javob berasiz: "Chunki men barchani ajablantirmoqchiman."
Yaxshi, ikkinchi "nega": Barchani nega ajablantirmoqchisiz?
Javob: "Menga e'tibor berishlarini xohlaganim uchun."
Uchinchi "nega": sizga nega e'tibor berish kerak?
Javob: "Men o'zimni ishonchsiz his qilayotganim sababli."
To'rtinchi "nega": o'zingizga ishonchingiz nega past?
Javob: "Chunki men biror sohada o'zimni topa olmayapman, nima xohlashimni bilmayman."
Beshinchi "nega": o'zingizni nega anglay olmayapsiz?
Javob: "Chunki men o'zimga yoqmagan, o'zim qobiliyatsiz ishni qilaman."
Va endi ayting-chi, mo'ynali kiyimning bunga nima aloqasi bor?
©Shuhrat Sattorov

Guruch tashuvchining Hyundai Groupʼga asos solishi
Tasavvur qiling, bugun velosipedda doʻkonlarga guruch tarqatayotgan yigit bilan suhbat qursangiz, u sizga nimalar haqida soʻzlagan boʻlar edi? Ehtimol, yashashning oson emasligi, ertangi kunning mavhumligi, hasrat va armonlar, noaniq rejalar...
Koreya yarimorolining shimolida 1915-yilda tugʻilgan, chekka qishloqdagi serfarzand oilaning toʻngʻichi boʻlgan Chung Ju Yungni hamma ʼguruch tashuvchiʼ deb chaqirardi.
Ogʻir mehnat, akalik masʼuliyati uni erta ulgʻaytirdi. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng Chung Ju Yungni maktabdan chiqarib olishdi, temiryoʻl qurilishiga tashlashadi. Bu unga qattiq alam qildi.
Orzular ustun keldi: navqiron Chung Ju Yung ularning ortidan yirik shahar Seulga yoʻl oladi. U avvaliga doʻkonlarga guruch tarqatadi. Bir muddat mablagʻ toʻplab, 1940-yilda kichik avtomobil ustaxonasini ochadi. Bu yer bugun biz bilgan Hyundai Group korporatsiyasining beshigi edi.
Chunning laqabi - Asan. U 1990-yillarda Shimol bilan oʻrnatilgan diplomatik aloqalardan soʻng Shimoliy Koreyaga rasman tashrif buyurgan janublik ilk rasmiy mehmon boʻldi. Tashrif sharafiga ikki davlat oʻrtasidagi ulkan poʻlat koʻprik hamda 1000 nafar qoramol Asanning ona yurtiga sovgʻasi boʻldi.
Nega qoramol?
Gap shundaki, u oʻn sakkiz yoshida oilasiga qarashli sigirni sotib, Seulga qochib kelgan, keyinchalik hammasi iziga tushib, oilasini himoyasiga olgan edi. Keksa Asan yarim asrdan oshiqroq vaqt oʻtib qishlogʻiga ming bosh qoramol bilan qaytgani xayrli boʻldi.
Asanni "poʻlat iroda sohibi" deyishadi. Bugun Hyundai Group jahonning eng yirik kemasozi, avtomobilsozlik va oʻndan ziyod sohalarda yetakchilardan sanaladi.
Guruch tashuvchining hayotini oʻzgartirgan 5 jihat
Qora ishchi. Uni koreyaliklar hanuz qora ishchi sifatida esga olishadi. Ha, u shunchalar mehnatkash edi. Milliarderlik yillarida ham oddiy ishchilar orasida qora mehnat qilishdan qaytmagan.
Erta uygʻongan. Chung Ju Yungning oilasi har kuni tonggi 5:30 da nonushta qilgan. Oʻzi esa farzandlaridan bir soat avval uygʻongan.
Kuchli ishonch. Orzu va uning roʻyobini kuchli istak bogʻlab turadi, degan edi u.
Yaqinlarini qadrlagan. Muvaffaqiyatli kunlar boshlanishi bilan Asan aka-uka, yaqinlarini - oilani bir yerga jam qilgan, ularga bosh boʻlgan va hamjihatlikda ish qilgan.
Yon berishdan avval urinib koʻrgan. Bu ishni uddalashga hech urinib koʻrdingmi? U doimo shu savolni berar edi. U doim ishchilarni muammoga emas, yechimga diqqat qilishga chorlagan. Jurʼat va qatʼiyat Chung Ju Yung feʼl-atvorining asosi boʻlgan.
Vatanparvarlik. ʼMashinalar - gʻildirakka oʻrnatilgan milliy bayroqlar. Agar biz yaxshi avtomobil ishlab chiqarsak va uni eksport qilsak, u butun jahonga Koreya texnologiyasi hamda sanoatimizning qudrati haqida xabar beradiʼ, degan edi biznesmen.
©️Shuhrat Sattorov

Bolaligimda ota-onam: “...ovqatingni yeb qoʻy, Xitoy va Hindistonda millionlab bolalar och”, — deyishardi. Bugun esa men bolalarimga tez-tez: “...yaxshi oʻqinglar, millionlab xitoylik va hindistonliklar sizning ish oʻrningizga koʻz tikib turibdi”, — deyman.
©️Tomas Fridmen, amerikalik jurnalist, jamoat arbobi

“Prezident boʻlgach, qoʻriqchilarimga shahar boʻylab aylanib, odamlar hayoti bilan tanishmoqchiligimni aytdim. Kechga yaqin tamaddixonaga kirdik. Markazroqda oʻtirganimiz tufayli yon-atrofdagilarni kuzatish qulay edi. Ofitsiantdan menyuni olar ekanman, qarshimizdagi stolda oʻtirgan erkak diqqatimni tortdi. Yigitlardan uni stolimizga taklif qilishlarini soʻradim. Taklif haqida eshitgan erkak idishlarini olib biz tomonga yurdi. Koʻz koʻzga tushgach, uning nigohida sergaklik paydo boʻlganini payqadim.
Ovqatlanar ekanmiz, biz jamoa bilan xushchaqchaq suhbatlashar edik, biroq davraga qoʻshilgan erkak boshini koʻtarmay shoshib ovqatlanar, yuzida xavotir aks etgan, qoʻllari titrar edi. Stoldan turar ekanman, harchand urinmay, uning nigohini tuta olmadim. Ammo uning men tomonga minnatdorchilik uchun choʻzilgan kaftini siqib qoʻydim va uzoqlashdim.
“Madiba*, menimcha u bechora kasal - qoʻllari qaltirashdan toʻxtamadi,“ - dedi qoʻriqchilardan biri.
“Buning boshqa sababi bor,“ - dedim tamaddixonadan chiqayotib. Yigitlar javobimdan soʻng menga savolomuz qarashdi.
“U men oʻtirgan qamoqxonada qoʻriqchi boʻlib ishlagan. Har kech meni qiynoqqa solib kameramga tashlab ketishar, madorim qurib, ogʻriqdan ingrab suv soʻraganimda, har gal u mening tepamga kelib masxara qilar va ustimga choptirar edi.”
Bu gapimdan soʻng yigitlar tamaddixona tomonga xezlanib qaradilar.
“U kasal emas, qoʻrquvdan shu holga tushdi. Ehtimol, men endi Janubiy Afrika prezidenti boʻlganim tufayli uni qamoqqa tiqishim, menga qilgan ishini unga ham ravo koʻrishimdan qoʻrqqandir. Lekin bu ishni qilish - mening feʼl-atvorimga zid. Qasos manaman degan kuchli inson-u millatlarni ham yoʻq qilgan, kechirimlilik esa doim kuchlilarning tugʻilishiga yordam bergan.”
©️Echeveria Martinezning ′′Chikali devori′′ asaridan. Tarjimon: Shuhrat Sattorov
🔅*Madiba — Janubiy Afrikaliklar Nelson Mandelani millat otasi sifatida ulugʻlashgan va madiba, yaʼni “ota” deb murojaat qilishgan.
Nelson Mandela 1994-yildan 1999-yilgacha JAR prezidenti boʻlgan. Mamlakatdagi irqchilik va zoʻravonliklarga qarshi kurashgani bois, u 1962-yildan 1990-yilgacha qamoqda saqlangan.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Ishonch
"Fillarni ko'rgani ko'zim yo'q: ular qanchalar ulkan bo'lsalar, shu qadar itoatkordirlar", deb yozadi Charli Chaplin kundaligida. Aksariyatimizning taqdirimiz aslida fillarnikidan ham achinarliroq.
Yog'ochsozlik sanoatida dong taratgan fabrika xo'jayini Hindistondagi taniqli filchilik fermasida g'aroyib holatga duch keladi. Fillarning katta-yu kichigi orqa oyog'iga bog'loqlik, bir siltash bilan uzish mumkin bo'lgan arqonga bo'ysunib yurar edilar. Bu yerda bahaybat jonivorlarni boshqarishda na qafas, na changaklarga zarurat bor edi.
Qiziquvchan tadbirkor unga hamkorlik qilayotganlardan bu holatning sababini so'rabdi. "Ular filchaligidanoq xuddi shu o'lchamdagi arqon bilan bog'lab qo'yiladi. Yosh filchalarning bu arqonni uzishga qurbi yetmaydi. Fil bolasi ulg'aysa ham, biz iplarni almashtirmaymiz. Shuning uchun ular "bu arqonni uzishga hali ham ojizmiz" degan ishonch bilan ulg'ayishadi va ipni uzishga harakat qilmaydilar", - debdi ferma egasi.
Xulosa shuki, oyog'iningizga bog'langan ipni yengilgina siltov bilan uzib tashlash imkoningizni namoyish qilish uchun Sizga bor-yo'g'i kerak bo'ladigan omil - ishonchdir.
©️ Shuhrat Sattorov
"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan

Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev va Muhammadali Eshonqulov tomonidan o'qish uchun 100 ta kitob tavsiya etildi.
1. Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan (Dunkan Klark)
2. Noldan boshlangan biznes (Erik Ris)
3. Alif (Paulo Koelo)
4. Abdulhamidxon (Talha Ugurluel)
5. Ahmad Lutfiy Qozonchi eng asarlari
6. Ahmoqlik qilmang (Jen Sinsero)
7. Alkimyogar (Paulo Koelo)
8. Anbiyolar qissasi (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
9. Artur Konan Doyl eng Sara asarlari
10. Alvido bolalik (T. Malik)
11-12. Badoe us-sanoe 1-2-qism (Alouddin Kosoniy)
13. Bahouddin Naqshband (To'lqin Hayit)
14. Baxt qasri (Zuxrahon Hamdamova)
15. Baxt ulashing (Hasan Shamsiy)
16. Bir vijdon uyg'onur (A. L. Qozonchi)
17. Biz g'alaba qozonamiz (Shuxrat Sattorov)
18. Boburnoma (Z. M. Bobur)
19. Bodo Shefer eng sara asarlari
20. Boy ota, Kambag'al ota (R. T. Kiyosaki)
21. Bola odobi bilan aziz (Z. Rahim)
22. Cho'qintirgan ota (Mario Pyuzo)
23. Daftar hoshiyasidagi bitiklar (O'. Hoshimov)
24. Diqqat (Kel Nyuport)
25. Dunyoning ishlari (O'. Hoshimov)
26. Dunyoni tebratgan 7 buyuklar
27. Ey Farzand (Imom G'azzoliy)
28. Graf Monte Cristo (2ta kitob) (Aleksandr Dyuma)
29. Halol luqma (Rauf Jillasun)
30. Halqa (Akrom Malik)
31. Hazrat Abu Bakr Siddiq (A. L. Qozonchi)
32. Hazrat Umar (A. L. Qozonchi)
33. Hukmdor (Nikkolo Makiavelli)
34. Ichindagi ichindadur (J. Rumiy)
35. Ihyou Ulumid din (Abu Homid G‘azzoliy)
36. Ijtimoiy odoblar (SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
37. Ikki eshik orasi (O'. Hoshimov)
38. Ilm olish sirlari (Imom Zarnujiy)
39. Ilon Mask (Eshli Vens)
40. Imom Buxoriy Imom Muslim (Muhammad Fuod Abdulboqiy)
41. Imomning maneken qizi (Omina Shenlikug'li)
42. Iskanja (Amina Shenliko'g'li)
43. Izlash (Mehmet Yildiz)
44. Kafansiz Ko'milganlar (Shukrullo)
45. Kichkina Shahzoda ( Antuan de Sent-Ekzyuperi)
46. Kapitan Grant bolalari (Jyul Vern)
47. Liderlik qonunlari (T. Ruzvelt)
48. Mahzun bo‘lma (Shayx Oiz al-Qarniy)
49. Men Kim Sohibqiron Jahongir Temur (Marsel Brion)
50. Men ham tafakkur qilaman (Akmal Miravaz o‘g‘li)
51. Men va pul (S. Davlatov)
52. Mening Hayotim (Henry Ford)
53. Million dollarlik xatolar (P. Annenkov)
54. Millioner singari fikrlashni o'rganing (Mark Fisher, Mark Allen)
55. Molxona (Jorj Orell)
56. Moviy ummon strategiyasi (V. Chan Kim, Rene Moborn)
Musulmon ayolning vazifalari (Baxtiyor oila)
57. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi (Stiven R. Kovi)
58. O'tkan kunlar (A. Qodiriy)
59. O'zni shakllantirish Ni Si (J. Sinsero)
60. Navoiy. (Oybek)
61. Odamiylik Mulki (T. Malik)
62. Odob va Odoblilar (Ubaydullo Uvatov)
63. Olim, odam va olam (Mubashshir Ahmad)
64. Oq Nilufarlar yurtida (Grigoriy Petrov)
65. Ota (Ulug'bek Hamdam)
66. Qalblar kashfiyoti (Abu Homid G‘azzoliy)
67. Qani boshladik (R. Branson)
68. Qo'rqma (J. Jovliyev)
69. Qalb ko'zingni och
70. Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning ahli ayollari
71. Rework. Prinsiplarsiz biznes (D. Frayd, D. X. Hensson)
72. Robin Sharma eng sara asarlari
73. G'arbiy frontda o'zgarish yo'q (Remark)
74. SOS. savol ortidagi savol (Jon G.Miller)
75. Saodat asri qissalari (A. L. Qozonchi)
76. Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti (Ahadquli Xolmuhammad o'g'li)
77. Saylanma (T. Murod )
78. Siyosatnoma ( Nizomulmulk)
79. Siz qanday yashamoqchisiz (A. M. Tursun)
80. Sohilsiz dengiz (A. M. Tursun)
81. Stive Jobs (Walter Ayzekson)
82. Tazkirat Ul-Avliyo ( Fariduddin Attor)
83. Temur Tuzuklari
84. Tirilish (L. Tolstoy)
85. Turkiston qayg‘usi (Alixonto‘ra Sog‘uniy)
86. Uchdan keyin kech (Masaru Ibuka)
87. Uchgacha ayni vaqti (Masaru Ibuka)
88. Ulamolar nazdida vaqtning qadri (Abdul Fattoh Abu G‘udda)
89. Umring yeldek o‘taro (Xoja Ahmad Yassaviy)
90. Vavilonlik eng boy odam (J. S. Kleyson)
91. Woll-Stritlik bo'ri uslubi (J. Belfort)
92. Xamsa (A. Navoiy)
93. Yetti majlis (J. Rumiy)
94. Sulton Jaloliddin Manguberdi (Baxtiyor ABDUG'AFUR)
95. Yuqumlilik (Y. Berger)
96. Yulduzli tunlar (P. Qodirov)
97. Zamonaviy marketing (F. Kotler)
98. Zero to one (P. Till)
99. Zukkolar va landavurlar (M.Gladuell)
100. Shaytonvachchaning nayranglari (E. Malik)
@edurtm_uz

"Oʻqituvchi-muallimlarimni nogahon uchratib qolsam, xursand boʻlib ketaman"
Hozirgina eshik qoqib bir opa keldi. Negadir yuzi issiq koʻrindi, menga bolalikdagi kimnidir eslatdi u.
Opa uyining kadastrini yoʻqotgan, gazetada eʼlon berishi kerak ekan. Ariza yozib berdi. Bu orada pasportidan nusxa oldim — Shahodat Boʻriboyeva.
Opaning shaxsi bilan tanishgach, xayollarim xayol ekanligiga iqror boʻlib, hafsalamni oʻzim pir qildim.
Ammo ketar chogʻi ortiq oʻyga tayanolmadim:
— Opa, Sizning Shohida opa ismli singlingiz yo opangiz yoʻqmi? — soʻradim xotiramdagi tarix oʻqituvchim Shohida Boʻriboyeva siymosi va bu opaning chehrasini chogʻishtirib.
— Oʻzim Shohidaman.
— Pasportingizda...
— Faqat hujjatda shunday. Asli Shohidaman.
— U holda 40-maktabda ham ishlagansiz-a?
— Ha, direktor Raʼno Magʻzamovna iltimos qilganda, bir yil dars berganman.
— Meni tanidingizmi?
— Ochigʻi... eslolmadim.
— Men Sizni tanidim, ustoz!
Shohida opa ichki ishlar organlarida ishlab, soʻng oʻqituvchilikda faoliyatini davom ettirgan edi. Oʻn bir-oʻn ikki yoshar bolakaylarga tarixni, oʻtmish hodisalarini singdirgan muallim edi.
Ustozim iziga qaytdi, birga ancha suhbatlashdik. Shohida opaning ichidan oʻtganlari menga mavhum. Ammo turfa idoralarda oʻqituvchi-muallimlarimni nogahon uchratib qolsam, xursand boʻlib ketaman. Umrimning shod sahifalaridan birida ushbu surat mujassamdir.
Bor boʻling, ustozlar!
©️Muallif: Otabek Isroilov

Forwarded from IT taʼlim