IT taʼlim
15.2K subscribers
2.26K photos
2.77K videos
3.86K files
2.98K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
Yuridik akademik litsey - suhbat nizomi.pdf
1.5 MB
TDYU huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish nizomi tasdiqlandi
#abituriyent

Mazkur nizom 2023/2024 va 2024/2025 o‘quv yillarida TDYU huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, belgilangan o‘rinlar soniga mos ravishda to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilar 20-iyunga qadar oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish uchun tavsiya qilishni so‘rab maxsus komissiyaga ariza beradi.

📋 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.

Abituriyentlar quyidagi mezonlar asosida suhbatdan o‘tkaziladi:

🔹 akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi;
🔹 yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi);
🔹 nutq madaniyatining shakllanganligi, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi;
🔹 umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati.

Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi dastlabki 2 yil uchun amal qiladi.

Ushbu Nizom quyidagi oliygohlarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

— Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;
— Huquqni muhofaza qilish akademiyasi;
— Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi;
— Bojxona instituti;
— Jamoat xavfsizligi universiteti;
— Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlariga;
— O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga
3