IT taʼlim
18.4K subscribers
2.24K photos
2.76K videos
3.86K files
2.97K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#pedagog_lugati
Akademik mustaqillik nima?

Ta'limga daxldor qayerniki kuzatmang, "o'qitivchining akademik mustaqilligi" tushunchasiga duch kelishingiz aniq. Xo'sh, bugun eng ko'p ishlatilayotgan bu tushuncha aslida nimani anglatadi?

Bu o'qituvchining o'z xohishiga ko'ra mavzuni erkin taqdim etishi, ilmiy izlanishlar uchun mavzu va usullarni tanlashi, bilimlarni yetkazishda o'quvchining moyilligi va ehtiyojini hisobga olgan holda yo'l tuta olish imkoniyatini anglatadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Pedagog_lugati
💡Fasilitator

Oxirgi 10 yillikda nafaqat oʻqituvchining ta’limdagi roli, balki o’qituvchi so’ziga yuklangan ma’no ham kengaydi.

“Mentor”, “fasilitator”, “edvayzer” kabi so’zlar bugungi ta’limda o’qituvchi so’zi bilan teng ishlatilmoqda.

"Fasilitator" so'zi ingliz tilidan tarjima qilinganda "yordamchi" degan ma’noni anglatadi?

🤔Xo'sh, ma'nosi "yordamchi" bo'lgan bu so'z nega "o'qituvchi" bilan barobar qo'llanilyapti?

Chunki XXI asr ta’limida o’qituvchi “yakka hokimiyat” egasi emas, balki tashkilotchi, o’quvchining yaxshi ta’lim olishiga yordamchi vazifasini bajaryapti.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Pedagog_lugati

💡Muammoli ta'lim

Ta’lim jarayonida mavzuga daxldor muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topishga yo'naltirilgan texnologiya. Bu usulni qo'llaganda muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin.

Muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish bilimlarni shunchaki o'zlashtirmasdan, ularni real vaziyatlarda qo'llay oladigan, muammolarga yechim sifatida ishlata oladigan o'quvchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

📌Hurmatli ustozlar, Siz faningiz doirasida foydalangan muammoli ta'lim texnologiyasidan misollarni Faol ustozlar guruhida yozib qoldiring va tajribangizni biz bilan o'rtoqlashing!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#pedagog_lugati

💡Gibrid ta'lim

Gibrid ta'lim - bu darsda o'tirish vaqtining ma'lum foizi qisqartirilib, onlayn mashg'ulotlar bilan almashtirilgan darsdir. Ta'limning "gibrid" shakliga o'tilgan holatda, o'quvchilar bilan jonli darslar tashkil qilish davom ettiriliadi. Lekin baholash va o'tilgan mavzu ustida mashqlar bajarish kabi mashg'ulotlarning bir qismi onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ta'kidlash joizki, bunday darslar o'quvchilarning samarali o'qishiga erishish uchun vaqtdan unumli foydalanishga mo'ljallangan. Shuningdek, Zoom ilovasi yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali guruh bilan darsdan tashqari paytdlarda ham ishlash o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi doimiy aloqani ta'minlaydi. Dars paytida juda muhim bo'lgan ma'lumotlarni berishga ko'proq vaqt qoldiradi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube