IT taʼlim
18.5K subscribers
2.24K photos
2.76K videos
3.86K files
2.96K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
​​#Ustozlar_uchun
O’tilgan mavzuni mustahkamlovchi metodlar: Sinkveyn

Sinkveyn bu mavzuga doir tushunchalarni aniqlashtirish, esda saqlab qolish uchun shakllantiriladigan ko'nikmadir. Sinkveyn so’zi fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, ”besh qatorli she’r” degan ma’noni anglatadi. Sinkveynni o'quvchilarning o'zlari mavzu asosida yaratadilar.

Sinkveyn- ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’rdir. Sinkveyn tuzish- murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechta so‘z bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. O'quvchilarga sinkveyn tuzdirish jarayonida o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yig‘iladi. Keyin bu tushunchalar turli variantlarda va turli nuqtayi nazar orqali ifodalanadi.

Sinkveyn tuzish qoidalari:
O'quvchilar mavzu doirasidagi tushunchalarni quyidagi tartibda she'rga solishlari kerak.
Avvaliga,
1- qatorda tushuncha bir so‘z bilan ifodalanadi ( odatda ot so'z turkumiga mansub so'z orqali).
Keyin,
2- qatorda o'sha tushuncha ikkita sifat bilan tasvirlanadi.

3- qatorda mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so‘z bilan ifodalanadi. (3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi).

4- qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi bir nechta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr yoziladi. (bir necha so'zdan iborat jumla yoziladi).

5- qatorda tushunchaning mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi yaqin bo‘lgan bitta so‘z yoziladi (sinonim so‘z yoziladi).

Mavzuga oid tushunchalar asosida sinkveyn tuza olgan o'quvchi, bu mavzuni unutib yubormaydi. Tushunchalarning mohiyatini anglab yetadi.

📌Hurmatli ustozlar, Siz darsda qanday texnikalardan foydalanyapsiz? Aniq misollar bilan dars o'tish texnikangizdan biri haqida https://t.iss.one/Faol_Ustozlar guruhiga #mening_texnikam xash tegi bilan yozib yuboring.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiya darslarida urf bo'lgan metodlar
1-qism

“Tarbiya” fani darsliklarini yaratgan bir guruh tuzuvchi-ijodkorlarni "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlash jarayonida maktablardagi tajriba-sinov jarayonida ishtirok etgan amaliyotchi o'qituvchilar tarbiya darslarida o'zlari qo'llab ko'rgan va hatto, butun maktabda urfga aylangan qiziqarli metodlar bilan o'rtoqlashdilar.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Milliy an`ana va qadriyatlarimiz.pptx
3.9 MB
📘 Fan: 5-sinf Tarbiya
📝 Mavzu: Milliy an'analar va qadriyatlarimiz
👨‍🏫 Muallif: Xorazm viloyati Gurlan tumani 28-maktab o'qituvchisi Behruz Abdurahimov

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Zamonaviy texnologiyalar ezgulik xizmatida.pptx
1.2 MB
📘 Fan: 6-sinf Tarbiya
📝 Mavzu: Zamonaviy texnikalar ezgulik xizmatida
👨‍🏫 Muallif: Xorazm viloyati Gurlan tumani 28-maktab o'qituvchisi Behruz Abdurahimov

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Qadimgi Italiya.pptx
3.9 MB
📘 Fan: 6-sinf Tarix
📝 Mavzu: Qadimgi Italiya
👨‍🏫 Muallif: Namangan viloyati Chortoq tumani 53-DIUM tarix fani o'qituvchisi Ilyosxo'ja Bekmirzayev

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Qadimgi Kushon podsholigi.pptx
2.6 MB
📘 Fan: 6-sinf Tarix
📝 Mavzu: Qadimgi Kushon podsholigi
👩‍🏫 Muallif: Xorazm viloyati Bog'ot tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 38-maktabning tarix fani o'qituvchisi Karomat Matmurotova

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Xiva xonligi tarixi bo'yicha manba'lar.pptx
4.5 MB
📘 Fan: 8-sinf O'zbekiston tarixi
📝 Mavzu: Xiva xonligi tarixi bo'yicha manbalar
👩‍🏫 Muallif: Toshkent shahar Sergeli tumani 104-maktabning tarix fani o'qituvchi Gulida Norqulova

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
O`zbekistonning tashqi siyosiy faoliyati.pptx
3.7 MB
📘 Fan: 11-sinf O'zbekiston tarixi
📝 Mavzu: O'zbekiston Resbublikasi tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishi va uning ustuvor yo'nalishlari
👩‍🏫 Muallif: Namangan viloyati Pop tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 32-maktabning tarix fani o'qituvchisi Istora Jo'rayeva

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
O'zbekiston Respublikasida saylov tizimi.ppt
5.2 MB
📘 Fan: 9-sinf Konstitutsiyaviy huquq asoslari
📝 Mavzu: O'zbekiston Respublikasida saylov tizimi
👩‍🏫 Muallif: Yangi hayot tumani 303-maktabning huquq fani o'qituvchisi Muhayyo Ahmedova

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Oʻzbekiston tarixi. Memorchilik va tasviriy sanʼat.pptx
11.6 MB
📘 Fan: 9-sinf O'zbekiston tarixi
📝 Mavzu: Me'morchilik va tasviriy san'at
👨‍🏫 Muallif: Samarqand viloyati Payariq tumani 91-maktabning tarix fani o'qituvchisi Hamidxon Mamirov

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ustozlar_uchun
Darsga kirish qismi qilish uchun metodlar: "Warm up" metodi

Hech kim ertalab uyg'ongandayoq joyidan sakrab turib marafonda yugurishni boshlamaydi. Nima uchun? Sababi mushaklarimiz yugurishga moslashishi uchun, avvalo, qizib olishga muxtoj bo'ladi. Xuddi shu vaziyat kabi, o'quvchilar bir fandan chiqib boshqa bir fanga kirganda, yoki "ko'cha", "uy" rejimidan "dars" rejimiga o'tib olishlari va moslashishlari, diqqatlarini ayni shu fanga qaratishlari uchun darsni "Warm up" ya'ni "qizib olish" metodi bilan boshlash kerak.

Warm up avvalgi darslarni takrorlash va muhim tushunchalarni mustahkamlash uchun ham muhimdir. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra biror tushunchani to'liq yodda saqlab qolish uchun uni kamida 4-5 marta takrorlash kerak. Warm-up esa yangi mavzuga tayyorgarlikdan tashqari, avvalgi mavzular yuzasidan o'sha foydali takrorlashlarni amalga oshirish uchun ham ayni muddao. Warm upning yana bir foydasi o'quvchilarning darsdagi sinovlar yoki loyihalarni boshlash oldidan shaxsiy tashvishlari va stresslarini unutishga yordam beradi.

Masalan:
👉 "Apelsin" warm up o'yini
O'quvchilar bir-birlariga tezkor savollar berishadi. Boshqalar esa har qanday savolga javobni apelsin bilan bog'lagan holda qaytarishlari kerak bo'ladi. Siz apelsin o'rniga istalgan narsani tanlashingiz mumkin. O'yinning yagona sharti esa: kulib yubormaslik. O'yinni tajribadan o'tkazib ko'rgan o'qituvchilar apelsin bilan berilgan javob butun sinfni taqiqlangan bo'lsada baribir kuldirishi, natijada sinfda ko'tarinki kayfiyat uyg'onishini ta'kidlashdi. Natijada o'quvchilarning kichik stresslari ularni darsda bezovta qilmaydi.

👉 "Rasmni tasvirlash" warm up o'yini
Bu boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan o'yin. O'yin jarayonida o'quvchilarga aytilgan rasmni ko'rsatishi va ko'rgan narsalarini tasvirlashi uchun 30 soniya vaqt berish kerak. Tanlangan rasmdagi tasvir aniq bo'lmasligi kerak. O'quvchini o'ylashga va kreativ javob axtarishga majbur qilsin. Har bir tog'ri ta'rifni baholab boring.

👉 "Bugunning yangiliklari" warm up o'yini
Bu katta sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan o'yin. Jarayonda o'quvchilarga kunning dolzarb mazular yuzasidan munozarali savollar bering. Sinfni ikki guruhga ajrating. Ikkala guruh bir-birga qarshi pozitsiyada tursin. Javoblarni argumentlar bilan isbotlasin. Bu o'quvchilarga darsni boshlashdan oldin kuch-g'ayrat, jo'shqinlik beradi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Халқ таълими вазирлиги вакилларидан иборат делегация Мисрда ўтаётган 17-Жаҳон таълим Саммитида иштирок этмоқда

Жорий йилнинг 25 март куни Миср Араб Республикасида “The Digital Path: New Directions in Education” 17-Жаҳон Таълим Саммити ўз ишини бошлади.

Саммитда Халқ таълими вазирлиги ҳамда “Инновация, технология ва стратегия маркази” вакилларидан иборат делегация ҳам иштирок этмоқда.

Саммит доирасида халқаро, жумладан Pearson, Egyptian Knowledge Bank, Educational Research Centre, International Arab Baccalaureate, Egyptian Scholastic Test, Discovery Education, Promethean, Innovera, GL Education and Teacher Created Materiales каби ташкилотларининг тажрибали экспертлари ўз тажрибалари билан ўртоқлашади.

Саммитда Миср Таълим ва техник таълим вазири, профессор Дарек Калал Шавки ва бошка маърузачилар томонидан таълим тизимини замонавий босқичга олиб чиқиш, ўқувчиларнинг билимларини баҳолаш, уларнинг иқтидори ва қобилиятларини аниқлаш ва ҳаётда муваффақиятга эришишини таъминлаш бўйича тақдимотлар қилинди.
Backen. Die 6.Klasse.pptx
4.1 MB
📘 Fan: 6-sinf Nemis tili
📝 Mavzu: Backen
👩‍🏫 Muallif: Buxoro viloyati Shofirkon tumani 28-maktabning nemis tili o'qituvchi Sadoqat Allamova

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
7th grade. Grammar Passive Voice.pptx
3.3 MB
📘 Fan: 7-sinf Ingliz tili
📝 Mavzu: Passive voice
👩‍🏫 Muallif: Xorazm viloyati Gurlan tumani 2-maktabning ingliz tili o'qituvchi Yulduz Madaminova

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Für die Zukunft planen.pptx
4.4 MB
📘 Fan: 11-sinf Nemis tili
📝 Mavzu: Fur die Zukunft Planen
👩‍🏫 Muallif: Buxoro viloyati Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-maktabning nemis tili o'qituvchisi Feruza Jo'rayeva

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Jismoniy tarbiya_4-chorak.docx
459.7 KB
#taqvim_mavzu_reja
📘Jismoniy tarbiya fanidan IV chorak uchun tig‘izlashtirilgan taqvim-mavzu reja
(5-11-sinf)

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from ITSM
⚡️17-Jahon ta’limi Sammiti 2-ish kunini yakunladi

📍24-27-mart kunlari Misr Arab Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan 17-Jahon Ta’lim Sammiti bugun 2-ish kunini davom ettirmoqda. Sammitda:
International Arab Baccalaureate (IAB) dasturining talabalar hayoti va o‘quv jarayonida muvaffaqiyatga erishishlariga ijobiy ta’siri;
Onlayn darslar va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari;
XXI asrda muloqot, hamkorlikda ishlash, ijodkorlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining zaruriyati va rivojlantirish usullari;
Til o‘rganishda talabalar bilimlarini kuzatib borish va o‘sishini to‘g‘ri baholash kabi mavzularda taqdimotlar namoyish etildi.

🤝Kunning ikkinchi qismida ITSM Bosh direktori Abduvali Haydarov va delegatsiya aʼzolari York Press tashkiloti rahbari janob Habib Sayegh va IAB kompaniyasi mas’ullari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda har ikki tomon ta’lim sohasiga oid raqamli mahsulotlar va ularning imkoniyatlari, baholash tizimini joriy etish borasidagi oʻzaro tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi.