IT taʼlim
18.1K subscribers
2.25K photos
2.77K videos
3.86K files
2.97K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#Hikmatlar
Oq varaq va qora nuqta

Ustoz shogirdlarini chaqirib, ularga oq qogʻoz koʻrsatdi.
— Bu yerda nima koʻryapsiz? — deb soʻradi.
— Nuqta, — javob berdi shogirdlardan biri.
Boshqa barcha talabalar ham bu nuqtani koʻrganliklarini bildirib, boshlarini qimirlatdilar.

— Diqqat bilan qarang, — dedi oʻqituvchi.
— Bu yerda qora nuqta, — dedi yana bir talaba.
— Yoʻq! — uchinchi talaba eʼtiroz bildirdi, — bu yerda kichik qora nuqta.

Shunday qilib boshqa barcha talabalar rozilik belgisi sifatida boshlarini qimirlatdilar.
Biroz sukunatdan soʻng barcha talabalar oʻqituvchiga umid bilan qarashdi.

- Afsuski, barcha talabalarim faqat kichik qora nuqtani koʻrdilar va hech kim toza oq varaqni koʻrmadi…

Va uzoq sukunatdan soʻng qoʻshib qoʻydi:
- Shunday qilib, men sizga oʻrgatishim kerak boʻlgan hali ancha narsa bor ekan…

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
#Hikmatlar
Yaxshi muallim - yaxshi maktab

Bir badavlat ota –ona farzandi uchun yaxshi muallimni izlar edi. Erta tongda bobo nabirasini olib farzandlari tanlagan maktabga yoʻl olibdi. Maktab juda mahobatli va chiroyli edi. Maktabga yetib kelgach, ular maktab hovlisiga kirishdi va bir zumda ularni bolalar oʻrab olishdi. Kimdir mana bu gʻalati cholga bir qarang deb kulimsirar, kimdir bolakayni tortqilar va uning doʻmboqligi ustidan kular edi. Maʼlum bir vaqtdan soʻng tashqarida turgan muallim qoʻngʻiroqni chaldi va bolalar darsga otlandi. Bobo esa maʼlum bir muddat xayolga berilib turdida nabirasi maktabga olib kirmay uyga olib ketdi. Uyga qaytgach bolakayni buvisining qaramogʻiga qoldirib oʻzi yaxshi ustoz izlagani ketibdi.

Kuni bilan maktablarni kezibdi, eng chiroyli eng katta maktablarni koʻzdan kechiribdi, kech boʻlganda toliqib bir kichik maktabning yonida bir daraxtga suyanib dam olishga qaror qilibdi. Tanaffus vaqtida birdaniga boboni bir to`p bolakaylar yugurib kelib, biri:
- Bobojon mazangiz yoʻqmi, - deya soʻradi.
Ikkinchisi:
- Maktabimiz hovlisida oʻrindiqlar bor, yuring bir pas dam olib oling,- dedi.

Yana biri zudlik bilan suv keltirdi, shu orada ularning biri ustozini chaqirdi. Maktabdan tabassum ila istarali bir yigit chiqib keldi, bobodan hol-ahvol soʻradi, bobo esa: "Mana eng yaxshi oʻqituvchi va eng zoʻr maktab", - deya bir gapni takrorlar edi. Ustozdan maktab haqida maʼlumot olib ertasiga nabirasini shu maktabga olib kelibdi.

Qissadan hissa shuki, chin goʻzallik joyda emas, balki shu goʻzallikni yaratadigan insonlarning qoʻlidadir. Muallimlar ham shu goʻzallikni yaratuvchilaridan biridir.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
#Hikmatlar
Oʻqituvchi haqida masal

Bir kuni qoʻshni bir ayol Rumiy hazratlarining oldiga kichik oʻgʻlini olib keldi.

- Nima qilishni bilmayman ustoz, men barcha yoʻllarni sinab koʻrdim, lekin farzandim menga quloq solmaydi. U juda koʻp shakar yeydi! Iltimos, unga bu yaxshi emasligini ayting. U sizni juda hurmat qilgani uchun sizga quloq tutadi.“

Rumiy hazratlari bolaning koʻziga qaradi-da: "Uch haftadan keyin keling", — dedi.

Ayol bu javobga hayron qoldi. Bu oddiy narsa! Nima uchun bu maʼrifatli odam faqat juda koʻp shakar yeyish kerak yemas, deb uning oʻgʻliga aytmadi.

- Axir uzoq oʻlkalardan Rumiy hazratlari huzuriga odamlar kelishdi va u bir yoʻla ancha jiddiy muammolarni hal qilishga yordam berdi.

Lekin nima qilishni bilmay itoatkorlik bilan uch haftadan keyin keldi. Rumiy yana bolaga qarab dedi: "Yana uch haftadan keyin qaytib kel“.

Bu yerda ayol oʻzini tutib turolmadi va nima boʻldi, deb soʻrashga jurʼat qildi ustozdan. Rumiy hazratlari esa faqat aytganlarini takrorlardi.

Uchinchi marta kelganlarida Rumiy bolaga qarab: “Oʻgʻlim, maslahatimga quloq sol, koʻp shakar yema, u sogʻliq uchun zarar boʻladi”, - dedi.

- "Men maslahatingizga amal qilaman", - dedi bola.

Shundan soʻng ona boladan uni tashqarida kutishini soʻradi. U chiqqach, Rumiy hazratlaridan nega birinchi marta bunday qilmaganini soʻradi, chunki buni aytish juda oson edi-da...

Rumiy hazratlari esa unga har doim shakarni isteʼmol qilishni xush koʻrishini tan olib, bunday maslahat berishdan oldin bu ojizlikdan oʻzi ham qutulishi kerak edi. Avvaliga u uch hafta yetarli boʻladi, deb oʻyladi, lekin bu notoʻgʻri edi...

Uning donoligi va ruhiy kuchi bilan mashhur boʻlgan hazrat Rumiy olti hafta davomida shirinliklarni isteʼmol qilmaslikning uddasidan chiqdi va faqat shundagina bolaga qarab: “Oʻgʻlim, maslahatimga quloq sol, koʻp shakar yema, u sogʻliq uchun zarar boʻladi”, - dedi.

Qissadan –hissa shuki, har doim ustoz shaxsi shogirdlarga oʻrnak boʻla olishi kerak.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram