Eco-schools Uzbekistan
1.67K subscribers
1.29K photos
99 videos
308 links
🌱Yoshlar eko-hamjamiyati / Молодежное эко-сообщество / Youth eco-community

#Ecoschools_Uzbekistan #ecoeducation #zamineco

Facebook: www.facebook.com/ecoschoolsuzbekistan
Instagram: www.instagram.com/ecoschools_uzbekistan

© Zamin Foundation
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😗 Bugun Butunjahon oziq-ovqat kuni.

📆 Dunyoda har yili ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 1/3 qismi yo‘qotiladi yoki chiqitga chiqariladi.

🌍 Shu bilan birga, butun dunyo bo‘ylab 870 000 000 kishi to‘yib oziqlanmaydi.

🍪 Mahsulotlarning katta hajmlari chakana savdoda va iste’mol darajasida ham buziladi.

🥧 Agar bu yo‘qotishlar kamida 20 foizga qisqartirilsa, dunyoda ocharchilik muammosi hal bo‘lardi.

🥫 Jahonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimlari samaradorligini oshirish zarur.

☝️ Va buni o‘zingizdan boshlashingiz kerak.

👍 Save food!
~~~
😗 Сегодня Всемирный день продовольствия.

📆 Каждый год в мире теряется или выбрасывается до 1/3 производимого продовольствия.

🌍 При этом 870 000 000 человек по всему мире недоедают.

🍪 Значительные объемы продукции также подвергаются порче в розничной торговле и на уровне потребления.

🥧 Если бы эти потери удалось сократить хотя бы на 20 процентов, проблема голода в мире была бы решена.

🥫 Миру необходимо повысить эффективность систем производства продовольствия.

☝️ И начинать нужно с себя.

👍 Save food!

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #FAO #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Zamin Foundation
"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8-noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "Zamin Creative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
4❤‍🔥2👍2
Forwarded from Zamin Foundation
В рамках проекта «Юный фермер» в Нукусе проходит образовательный экологический фестиваль «От поля к столу», посвящённый Всемирному дню продовольствия — дню, призванному напомнить о тех вызовах, с которыми мы сталкиваемся в сфере продовольственной безопасности, о том, как изменение климата угрожает сельскому хозяйству, снижая урожайность и увеличивая голод.

На мероприятии торжественно поднят Зелёный флаг — главный символ проекта Eco-schools Uzbekistan. В онлайн-формате к победителям из Каракалпакстана присоединились ещё 8 школ Узбекистана, получивших Зелёный флаг.

Зироат Мирзиеёва тепло поздравила ребят с заслуженной наградой, знаком приверженности молодёжи устойчивому развитию и охране окружающей среды, и свидетельством того, как молодое поколение может активно участвовать в решении глобальных проблем. К поздравлениям присоединились Виорел Гуцу, заместитель генерального директора ФАО, и Прамод Кумар Шарма, директор Фонда Экологического образования.

Экофестиваль, приуроченный к предстоящему COP-29, был насыщен событиями: лидеры программы «Молодые эко-чемпионы» презентовали инициативу по запуску Молодежного общественного экологического контроля в Каракалпакстане, получили навыки изучения состояния почв, переработки органических отходов и листвы в биогумус, мастер-класс по устойчивому тепличному хозяйству, посадили фруктовый сад, участвовали в дебатах, предлагая свои способы сокращения продовольственного пути «от поля к столу», прослушали мастер-класс нутрициологов по правильному питанию и удивили всех гостей зажигательным флэшмобом. На мероприятии был презентован конкурс плакатов ФАО по случаю Всемирного дня продовольствия, подача заявок на который завершится 8 ноября.

В рамках образовательного эко-фестиваля была представлена театральная постановка инклюзивной студии Zamin Creative — Tanho qayiq и открыта фотовыставка австрийского фотографа Клауса Пихлера «От фермы до урны» — серия восхитительно отталкивающих изображений пищевых продуктов, изображённых на разных стадиях порчи. Фотовыставка, посвящённая напрасно выращенным и произведённым продуктам будет открыта до пятницы.

#YoungFarmer #EcoSchoolsUzbekistan #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
❤‍🔥4👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👋😊 Hammaga salom!

😗 FAOning Rimdagi bosh qarorgohida Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlanmoqda va biz O‘zbekistonlik ekofaollarning ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchimiz!

☝️ Keling, birgalikda dunyoni yaxshilashga harakat qilaylik!
~~~

👋😊 Всем привет!

😗 В штаб-квартире ФАО в Риме проходит празднование Всемирного дня продовольствия, и мы с радостью сообщаем, что экоактивисты Узбекистана активно участвуют в этом важном событии!

☝️ Давайте вместе сделаем мир лучше!

#EcoSchoolsUzbekistan #FAO #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍2🤩1
👋😊 Buxoro, salom!

♻️ "Eco-schools" loyihasining yangi ishtirokchilari uchun tashkil etilgan tanishtiruv treningida 8 ta maktabdan 60 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Buxoro shahridagi Prezident maktabi ekofaollari yoshlarda ekologik ongni shakllantirishga qaratilgan "7 qadam" dasturi haqida so‘zlab berib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, bolalar iqlim o‘zgarishining inson hayotiga ta’siri, chiqindilarni saralash va qayta ishlash, batareyalarni utilizatsiya qilish haqida ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

👍 Barcha ishtirokchilarga dunyoni yaxshilashga bo‘lgan qiziqishlari va intilishlari uchun rahmat!

~~~

👋😊 Бухара, привет!

♻️ Более 60 человек из 8 школ приняли участие в ознакомительном тренинге для новичков проекта Eco-schools. Экоактивисты Президентской школы Бухары поделились своими знаниями и опытом, рассказав ребятам о программе «7 шагов», направленной на формирование экологического сознания у молодежи. Также ребята получили массу полезной информации о влиянии изменения климата на жизнь человека о сортировке и переработке отходов, утилизации батарей.

👍 Спасибо всем участникам за вовлеченность и стремление сделать мир лучше!

#EcoSchoolsUzbekistan #Bukhara

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👏7❤‍🔥2🥰1
👋😊 Hammaga salom!

🌲 Toshkentning Yunusobod tumanida yangi yashil bog‘ barpo etilmoqda va biz, albatta, daraxt o‘tqazish ishlarida ishtirok etdik!

🤝 Do‘stlarimiz, qo‘shnilarimiz, jamoat arboblari, shaharshunos mutaxassislar bilan birgalikda — chinakam yashil hashar bo‘ldi!Bu yerda shovqinli ko‘chalar o‘rnini endi ildiz otib, yangi hayot tarixini yoza boshlagan yosh daraxtlarning sokin shitirlashiga bo‘shatadi. Uning so‘qmoqlari go‘yo vaqt ipi kabi bizni XIX asr oxirida qurilgan ikkita qadimiy minora — Astrograf va Kometa qidiruvchiga olib boradi. Bu minoralar olimlar yulduzlarni kuzatgan rasadxonaning bir qismi bo‘lgan.

Bir zamonlar ular ajdodlarimiz uzoq dunyolar haqida orzu qurgan va osmon sirlarini yechishga intilgan Koinotga darcha vazifasini o‘tagan. Ularning ruhi shu yerda, ushbu bog‘da qolganday, shamol qadimiy kashfiyotlar aks-sadosini olib kelayotganday tuyuladi.

🎯 Aziz do‘stlar, oldimizda muhim vazifa turibdi! Keling, bog‘imiz davrlar o‘rtasidagi haqiqiy ko‘prikka aylanishi uchun unga ramziy nom beraylik.

🤔 O‘ylab ko‘ringlar, o‘tmish va bugun tutashgan, yer va osmon uyg‘unlashgan joyni qanday nomlash mumkin? Balki tarixga, bir paytlar insoniyatni haqiqatni izlashga ilhomlantirgan shaxslarga murojaat qilish kerakdir?

~~~

👋😊 Всем привет!

🌲 В Ташкенте в Юнусабадском районе создаётся новый зелёный парк и мы, конечно, приняли участие в посадках деревьев!

🤝 Вместе с друзьями, соседями, общественными деятелями, урбанистами — настоящий зелёный хашар!

🔭 Здесь шумные улицы уступают место неспешному шелесту молодых деревьев, начинающих врастать корнями и писать свою новую историю жизни. Его тропинки, словно нити времени приводят нас к двум старым башням — Астрографа и Кометоискателя построенных в конце XIX века, которые были частью обсерватории, где учёные наблюдали за звёздами.

Когда-то они служили окном во Вселенную, где наши предки мечтали о далёких мирах и разгадывали тайны небес. Кажется, что их дух остался здесь, в этом парке, что ветер приносит отголоски древних открытий.

🎯 Ребята, у нас с вами важная задача! Давайте придумаем символичное название нашему парку, чтобы он стал настоящим мостом между эпохами.

🤔 Подумайте, как назвать место, где переплетаются прошлое и настоящее, где встречаются в гармонии земля и небо? Может быть, стоит обратиться к истории, к тем, кто когда-то вдохновлял человечество на поиски истины?

#BirgaYashilZaminYaratamiz #YashilBoglar #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
👋😊 Hammaga salom!

💭 She’r yoki teoremani isbotlash bosqichlarini yodlash ularning "ichki mantig‘i"ni tushungan holda ancha osonligini payqagan bo‘lsangiz kerak.

🗝 Bu aynan "ongli yondashuv" degan biroz jonga tekkan iboraga to‘g‘ri keladi. Biroq, aynan shu ongli yondashuv muvaffaqiyatli ekologik ta’limning (va umuman ta’limning) kalitidir. O‘z harakatlarimizning tabiatga ta’sirini anglash orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantiramiz va atrof-muhit bilan bog‘liqlikni his qila boshlaymiz.

💡 Aynan shu maqsadda yosh eko-chempionlarimiz "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining barcha ishtirokchilari uchun 300 dan ortiq o‘qituvchi va 2000 ga yaqin o‘quvchini jalb etgan holda treninglar o‘tkazdilar.

☝️ Umid qilamizki, siz har bir qadamning ahamiyati borligini anglab yetdingiz.



👋😊 Всем привет!

💭 Вы наверняка замечали, что выучить стих или последовательность шагов в доказательстве теоремы значительно легче, поняв их «внутреннюю логику».

🗝 Это как раз то, что называется немного надоевшим словом «осознанность». Но именно осознанность — ключ к успешному экобразованию (и образованию в целом). Понимая последствия своих действий для природы, мы развиваем критическое мышление и начинаем чувствовать связь с окружающей средой.

💡 Именно для этого наши молодые эко-чемпионы провели тренинги всем участникам проекта Eco-schools Uzbekistan, задействовав более 300 педагогов и около 2000 учащихся.

☝️ И мы надеемся, что вы осознали, что…
каждый шаг имеет значение.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungClimateChampions

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥8👍31👏1
Samarqand xalqaro iqlim forumining ochilishi

~~~

Открытие Самаркандского международного климатического форума.

#SamarkandClimateForum
#EcoSchoolsUzbekistan
#YoungClimateChampions

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤‍🔥1👏1🎉1
🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇹🇷🇦🇿🇭🇺 Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi ishtirokchilari hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriyaning ekofaollari ekologiya vazirlari bilan muloqot o‘tkazdilar.

💬 Muloqot COP-29da imzolangan “Barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish va bolalar va yoshlarni iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kun tartibiga jalb qilishga doir xalqaro strategiya” va taʼsis etilgan Xalqaro maslahat qo‘mitasining faoliyatiga asoslandi. Sakkiz mamlakatdan tashrif buyurgan yoshlar iqlim bo‘yicha o‘z tashabbuslarini taqdim etdilar va global muammolarni qay tartibda hal qilishlari va o‘z mamlakatlaridagi ijobiy o‘zgarishlarga qanday hissa qo‘shishlari haqida gapirdilar.

~~~

🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇹🇷🇦🇿🇭🇺 В рамках Самаркандского международного климатического форума участники проекта Eco-schools Uzbekistan и экоактивисты из Узбекистана, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Туркменистана, Турции, Азербайджана и Венгрии провели диалог с министрами экологии.

💬 Диалог основывался на «Международной стратегии продвижения культуры устойчивого развития и вовлечения детей и молодежи в повестку дня по изменению климата», подписанной на COP-29 и работе учрежденного Международного консультативного комитета. Молодые люди из восьми стран представили свои климатические инициативы и рассказали каким образом они могут решать глобальные проблемы и вносить вклад в позитивные изменения в своих странах.

#SamarkandClimateForum
#EcoSchoolsUzbekistan
#YoungClimateChampions

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7❤‍🔥4👍3🎉3🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍 15-may — Xalqaro iqlim kuni. Ushbu kunda biz sayyoramizni himoya qilishning muhimligini va o‘tmishdan olishimiz mumkin bo‘lgan fojiali saboqlarni eslaymiz. Har bir o‘zbekistonlik uchun Orol fojiasi eng yorqin misol bo‘lib, bu nafaqat tabiatga, balki millionlab odamlarimiz hayotiga ta’sir ko‘rsatgan ekologik va insoniy fojia hisoblanadi.

🐳 Bugun biz qachonladir boy berilgan dengiz — Orol dengizini esga olamiz...

🎬 "Orol dengizi", Qozoqfilm 1963-yil.

~~~

🌍 15 мая — Международный день климата. В этот день мы вспоминаем о важности защиты нашей планеты и о тех трагических уроках, которые мы можем извлечь из прошлого. Самым ярким примером для каждого узбекистанца является Аральская катастрофа — экологическая и человеческая трагедия, затронувшая не только природу, но и жизни миллионов наших людей.

🐳 Сегодня вспоминаем об Аральском море... О море, которое мы потеряли.

🎬 «Аральское море», Казахфильм 1963 год.

#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌊 Halokat taymlapsi (manzarasi): 25 ming yildan buyon mavjud bo‘lgan dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘lni insoniyat 50 yil ichida cho‘lga aylantirishga ulgurdi.

🐟 Baliqlarning yo‘qolishi baliqchilik korxonalarining yopilishiga va ish o‘rinlarining tugashiga olib keldi. Iqlim o‘zgarishi qurg‘oqchilik va chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi. Ekologik falokat aholi turmush sharoitini yomonlashtirgan holda turli kasalliklar ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

~~~

🌊 Таймлапс катастрофы: Четвёртое по величине озеро в мире, просуществовавшее 25 000 лет, Человек превратил в пустыню за 50 лет.

🐟 Исчезновение рыбы привело к закрытию рыболовецких предприятий и потере рабочих мест. Изменение климата вызвало засухи и пыльные бури. Экологическая катастрофа привела к росту заболеваний, ухудшив условия жизни людей.

#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌊 Suv yo‘qolganda, umid ham yo‘qolishi mumkin.

⛏️ Ammo biz harakat qilmoqdamiz. Biz yechimlar topmoqdamiz.

🌲 Orol dengizining qurigan tubi maydoni 6 million gektarga yaqin, shundan O‘zbekiston hududida 3,2 million gektar. Bu yerda 2018-yil dekabr oyidan boshlab keng ko‘lamli o‘rmon barpo etish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 2 million gektar maydonga daraxtlar ekildi. Ishlar davom etmoqda.

🎯 Bir hudud. Bir maqsad. Bir kelajak.

~~~

🌊 Когда исчезает вода, может исчезнуть и надежда.

⛏️ Но мы действуем. Мы находим решения.

🌲 Площадь осушенного дна Аральского моря составляет около 6 миллионов гектар, из них на территории Узбекистана — 3,2 миллиона гектар. Здесь, начиная с декабря 2018 года начали проводиться крупномасштабные работы по посадке лесных насаждений. И сегодня уже высажено 2 миллиона гектар. Работа продолжается.

🎯 Один регион. Одна цель. Одно будущее.

#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61❤‍🔥1🤩1🕊1
👋😊 Hammaga salom!

Siz har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishi natijasida 600 millionga yaqin odam kasallanishini bilarmidingiz? JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan taxminan 420 ming kishi, jumladan, besh yoshgacha bo‘lgan 125 ming nafar bola halok bo‘ladi.

☝️ Mazkur raqamlar shunchaki oziq-ovqat xavfsizligi haqidagi savodxonlikni oshirish muhimligini anglatadi. Bu haqda bugun Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 9-umumta’lim maktabida suhbatlashdik.

🥗 "Yosh fermer" loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar yakdilligi muhimligini muhokama qildik. Maktab o‘quvchilari interaktiv mashg‘ulotlar, ma’ruzalar va ko‘rgazmali taqdimotlarda qatnashdilar va asosiysi, oziq-ovqat ta’minoti zanjirining barcha ishtirokchilari: ishlab chiqaruvchilardan tortib iste’molchilargacha xavfsizlik standartlariga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarini oshirdilar.

🥞 Mutaxassislar oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat salomatlik masalasi, balki ta’lim sifati va mamlakatning iqtisodiy barqarorligi ham ekanligini ta’kidlashdi.

❗️ Siz ham bu haqda o‘yab ko‘ring!

~~~

👋😊 Всем привет!

Вы знали, что каждый год около 600 миллионов человек заболевают из-за употребления небезопасных продуктов питания? По данным ВОЗ, из них погибает порядка 420 тысяч человек, включая 125 тысяч детей младше пяти лет.

☝️ Эти цифры просто кричат о важности повышения осведомленности о безопасности пищи. Об этом мы поговорили сегодня в школе №9 Юнусабадского района Ташкента.

🥗 В рамках проекта «Юный фермер» совместно с МДШО и Продовольственной и сельскохозяйственной организацией ООН (ФАО) мы обсудили важность единства образования, науки и технологий в сфере безопасности пищевых продуктов. Школьники участвовали в интерактивных занятиях, лекциях и наглядных презентациях и, что важно — повысили свой уровень знаний о важности соблюдений стандартов безопасности всех участников цепочки поставок продовольствия: от производителей до потребителей.

🥞 Эксперты подчеркнули, что безопасность питания — это не только вопрос здоровья, но и качество образования и экономическая стабильность страны.

❗️ Задумайтесь об этом и вы!

#WorldFoodSafetyDay #ЮныйФермер #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113🤩1
Forwarded from Zamin Foundation
Bugun, Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida, O‘zbekiston 1,3 million nafar yoshlarni iqlim o‘zgarishiga qarshi ta’lim va yetakchilik ko‘nikmalari bilan ta’minlashga qaratilgan uch yillik “O‘zbekistonda yoshlarning imkoniyatlarini iqlim ta’limi orqali kengaytirish va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish” loyihasini ishga tushirdi.

Loyiha atrof-muhitni muhofaza qilishni O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiyalash borasidagi muhim qadam hisoblanib, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Education Above All” fondi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Zamin” fondi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tashabbus doirasida 50 ming nafar pedagog ekologik yo‘nalishda ta’lim oladi, 4 ming nafar qishloq yoshlari qayta tiklanuvchi energiya manbalari, iqlimga mos qishloq xo‘jaligi va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitiladi.

Biz birgalikda dunyoni o‘zgartiramiz!



Сегодня, в преддверии Всемирного дня окружающей среды Узбекистан запустил трёхлетний проект «Расширение возможностей и развитие лидерских качеств молодёжи через климатическое образование в Узбекистане», направленный на обеспечение 1,3 миллиона молодых людей образованием в области борьбы с изменением климата и навыками лидерства.

Проект представляет собой важный шаг на пути к интеграции охраны окружающей среды в систему образования Узбекистана и будет реализовываться ПРООН в Узбекистане совместно с Фондом Education Above All, МДШО и Фондом Zamin.

В рамках инициативы 50000 педагогов пройдут экологическое обучение, 4000 молодых людей из сельской местности получат профессиональную подготовку в области возобновляемых источников энергии, климатически оптимизированного сельского хозяйства и рационального использования водных ресурсов.

Вместе мы изменим мир!

#WorldEnvironmentDay #EcoSchoolsUzbekistan #ClimateEducation

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🎉2
👋😊 Hammaga salom!

🤔 Esingizdami, biz siz bilan Yashil Bog‘lar loyihasi doirasida bunyod etilayotgan yangi Astronomiya parkida daraxt ko‘chatlarini ekkan edik.

O‘shanda biz bu yerni tabiat va bilimga yo‘g‘rilgan ajoyib go‘shaga aylantirishni orzu qilgandik. Oradan biroz vaqt o‘tib, bog‘ asta-sekin haqiqiy shahar vohasi qiyofasiga kirdi.

🔭 Astronomiya parki nafaqat dam olish uchun yashil maydon, balki ta’lim maskani hamdir. Bugun bu yerga biz Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning eko-o‘quvchilari bilan birga tashrif buyurdik. Maktab istirohat bog‘i yonida joylashganiga qaramasdan, bolalar astronom minorasiga ilk bor chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

👀 Ushbu kichik sayohat ona shahrimiz haqida qandaydir yangi ma’lumotni o‘rganish, ekologiya va ta’limni mustahkam tandemga birlashtirish uchun zo‘r imkoniyat bo‘ldi.

~~~

👋😊 Всем привет!

🤔 Помните, мы с вами сажали деревья в новом Парке астрономии, создаваемом в рамках проекта Yashil Bog‘lar?

Уже тогда мы мечтали превратить это место в живописный уголок, наполненный природой и знаниями. Прошло немного времени, и вот парк постепенно приобретает очертания настоящего городского оазиса.

🔭 Парк астрономии — не только зелёное пространство для отдыха, но и образовательная площадка. Сегодня мы пришли сюда с экошкольниками из Специализированной школы им. Мирзо Улугбека. Несмотря на то, что школа находится рядом с парком, восхождение на башню астронома стало первым для ребят.

👀 Это небольшое путешествие стало прекрасной возможностью узнать что-то новое о родном городе, объединив экологию и образование в крепкий тандем.

#YashilBoglar #AstronomiyaParki #ПаркАстрономии #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🥰3😍1
👋😊 Hammaga salom!

👩‍🌾 "Yosh fermer" loyihasi doirasida Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Sirdaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining yangi ishtirokchi maktablari uchun 20 ta issiqxona qurildi.

💧 Issiqxonalarga tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatildi va ularning hammasi kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Yozgi ta’tildan so‘ng bolalar va o‘qituvchilar uchun o‘quv kurslari tashkil etilib, ularda FAO ekspertlari ekologik dehqonchilik va resurslarni tejash tamoyillarini o‘zlashtirishga yordam beradi, mo‘l hosilni ta’minlaydigan issiqxona xo‘jaligini yuritish ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashadi.

🏗 Issiqxonalarni o‘rnatish jarayoni Eco-schools Uzbekistanning barcha ishtirokchilariga qishloq xo‘jaligi ta’limining amaliy usullaridan foydalanish imkoniyatini yaratgan holda mamlakatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

~~~

👋😊 Всем привет!

👩‍🌾 В рамках проекта «Юный фермер» в Ташкенте, Ташкентской, Бухарской, Сырдарьинской, Самаркандской и Навоийской областях были установлены 20 теплиц для новых школ-участниц проекта Eco-schools Uzbekistan.

💧 К теплицам проведена система капельного орошения и все они оснащены необходимым инвентарём. После летних каникул для ребят и преподавателей будут организованы обучающие курсы, на которых эксперты ФАО помогут освоить принципы экологичного земледелия и ресурсосбережения, поделятся навыками ведения тепличного хозяйства, обеспечивающими богатый урожай.

🏗 Процесс установки теплиц продолжается в других регионах страны, открывая доступ всем участникам Eco-schools Uzbekistan к практическим методикам аграрного образования.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoshFermer #ЮныйФермер

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍136