Eco-schools Uzbekistan
1.67K subscribers
1.29K photos
99 videos
308 links
🌱Yoshlar eko-hamjamiyati / Молодежное эко-сообщество / Youth eco-community

#Ecoschools_Uzbekistan #ecoeducation #zamineco

Facebook: www.facebook.com/ecoschoolsuzbekistan
Instagram: www.instagram.com/ecoschools_uzbekistan

© Zamin Foundation
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
“Zamin” fondi va YUNISЕF tomonidan Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlab gibrid formatda “Bolalarning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.

Forumda “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

— O‘zbekistonning Bolalar, yoshlar hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish harakatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga qo‘shilganini chin dildan olqishlaymiz. Bu muhim qadam, mamlakatimiz bolalarning tom ma’noda hayoti uchun, yorqin kelajagi uchun kurashishga sodiqligining belgisi. Sog‘lom sayyora, toza havo, xavfsiz muhit. Aynan shular bolalarning voqeligiga aylanishi shart.

Biz shunchaki qarab tura olmaymiz. Har birimizning hissamiz, tabiat uchun qilgan har bir harakatimiz barqaror atrof-muhitga erishish yo‘lida muhim o‘rin tutadi. Faqatgina birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va aniq amallarimiz bilan ushbu maqsadga erishishimiz mumkin, - dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston MDH hududida ushbu deklaratsiyaga qo‘shilgan birinchi davlat bo‘ldi.

Tadbirda BMT agentliklari rahbarlari, davlat tuzilmalari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy jamoat fondlari, O‘zbekistondagi diplomatik korpus va milliy muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Forum qonunchilik asoslarini takomillashtirish orqali ekologik muammo va tahdidlarning oldini olish bo‘yicha global va milliy miqyosda amalga oshirilayotgan harakatlar yuzasidan amaliy fikr almashish uchun samarali maydon bo‘ldi.

#Iqlim_ozgardi_biz_ham_ozgarishimiz_shart
#Climate_changed_and_we_have_to
#Климат_изменился_и_мы_должны

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Zamin Foundation
Фондом Zamin и ЮНИСЕФ проведен Международный форум «Обеспечение прав детей на здоровую окружающую среду», приуроченный ко Всемирному дню ребёнка.

На форуме выступила председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева.

- Искренне приветствуем присоединение Узбекистана
к «Декларации о детях, молодежи и действиях по борьбе
с изменением климата». Это важный шаг, это знак приверженности страны борьбе в буквальном смысле за жизнь, за лучшее будущее детей. Здоровая планета, чистый воздух, безопасная среда. Вот, что должно быть их реальностью.
Мы не можем бездействовать. И вклад каждого из нас, каждое наше действие в пользу природы играет важную роль на пути к устойчивой окружающей среде. Только совместными усилиями и конкретными действиями мы можем достичь этой цели, – отметила Зироат Мирзиёева.

Стоит отметить, что Узбекистан стал первым государством на территории СНГ, подписавшим Декларацию.
В форуме приняли участие руководители агентств ООН, представители государственных структур, международных и региональных организаций, зарубежных общественных фондов, дипломатического корпуса в Узбекистане и национальных учреждений.

Форум стал эффективной площадкой для практического обмена мнениями о действиях, предпринимаемых на глобальном и национальном уровнях для предотвращения экологических вызовов и угроз путём совершенствования законодательной базы.

#Iqlim_ozgardi_biz_ham_ozgarishimiz_shart
#Climate_changed_and_we_have_to
#Климат_изменился_и_мы_должны

Zamin | Facebook | Instagram
Forumda ekofaolimiz Gavharshodbegim Homidova ham ishtirok etdi. U O‘zbekiston ekoharakatining ovozi sifatida axborot tashabbusini ilgari surdi:

«Iqlim o‘zgarib bo‘ldi va vaziyat kundan-kunga yomonlashib borayapti, lekin buni kattalar - ota-onalar, qo‘shnilar, o‘qituvchilarimiz qanchalik tushunayapti?
Hattoki biz, bolalar, kech qolganimizni anglab turibmiz, lekin odatlarimizni o‘zgartirsak, turmush tarziga ta’sir ko‘rsata olishimizga ishonamiz. Aynan biz bugun ongli yondashuvga chaqirishimiz kerak.

Farzandlarimiz ham toza suv ichishi, toza havo bilan nafas olishi va sifatli mahsulotlarni iste’mol qilishini istaymiz. Chunki iqlim o‘zgardi, biz ham o‘zgarishimiz shart!"
__

В форуме приняла участие наша эко-активистка Хомидова Гавхаршодбегим. Она стала голосом экодвижения Узбекистана и выдвинула информационную инициативу:
«Изменение климата произошло, ситуация ухудшается с каждым днем, но понимают ли это взрослые – наши родители, соседи, учителя?
Даже Мы, дети, опоздали, но мы верим, что, изменяя привычки можно повлиять на экологическую культуру. Именно мы сегодня должны задать тон осознанности.
Мы хотим, чтобы наши дети тоже пили чистую воду, дышали чистым воздухом и питались качественными продуктами.
Потому что Iqlim o'zgardi, biz ham o'zgarishimiz shart! Климат изменился и мы должны!

#Iqlim_ozgardi_biz_ham_ozgarishimiz_shart
#Climate_changed_and_we_have_to
#Климат_изменился_и_мы_должны


Zamin | Facebook | Instagram