Eco-schools Uzbekistan
1.61K subscribers
1.12K photos
91 videos
277 links
🌱Yoshlar eko-hamjamiyati / Молодежное эко-сообщество / Youth eco-community

#Ecoschools_Uzbekistan #ecoeducation #zamineco

Facebook: www.facebook.com/ecoschoolsuzbekistan
Instagram: www.instagram.com/ecoschools_uzbekistan

© Zamin Foundation
Download Telegram
👋☺️ Barchaga xayrli kech!
Buxorodagi 25-son o‘rta ta’lim maktabi bizni "Oy maktabi" ruknini tashkil etishga ilhomlantirdi! Ushbu maktab "Eco-schools"ga 2021 yil mart oyida qo‘shildi. O‘sha yilning kuzida "Eco-schools Uzbekistan"ning boshqa a’zolari bilan bir qatorda "Yosh fermer" loyihasi doirasida issiqxona va turli bog‘dorchilik anjomlariga ega bo‘ldi. Endi, ikki yil o‘tgach, bu go‘zal maktabni bir ko‘ring! Issiqxonada bolalar limon ham, ko‘kat ham, bodring ham yetishtirdi... va bu bilan to‘xtamoqchi emas.
Bolalar eko-qo‘mita tuzib, "To‘g‘ri ovqatlanish" hamda "Chiqindi va axlat" loyihalarini o‘z faoliyatining ikki yo‘nalishi sifatida tanlab oldilar, nafaqat maktabga tutash hududni, balki olcha, shaftoli, o‘rik, behi, olma va uzum yetishtirilayotgan katta bog‘ni parvarish qilmoqda.
Maktabda terak, gujum, pavlovniya, yapon soforasi, tilog‘ochlar o‘smoqda. Daraxtlar loyiha ishtirokchilarining orzulari kabi osmonga bo‘y cho‘zmoqda. Bolalarning yaqinda boshlangan mashg‘uloti - pista kurtaklarini yetishtirish.
Ilhom uchun, barchaning yanada sog‘lom va barqaror kelajagini barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz uchun rahmat sizga, o‘qituvchilar va bolalar.
❤️ Sizlar – Oy maktabisiz! 💚
#YoshFermer
#OyMaktabi

Zamin | Facebook | Instagram