#Saboqlar
• Muhojiratda yurganimda muxolifat vakillari meni o‘zlariga qo‘shilishimni aytishgandi. Qo‘shilmadim, ilmiy ishlarimga mashg‘ul bo‘ldim va bu qarorim eng to‘g‘ri qaror bo‘lganini yigirma yil o‘tgach hayotiy o‘rnak sifatida ko‘rdim. Alloh taolo menga ilmiy ishlarimda baraka ato qildi.
• Muxolifat esa yigirma yil oldin qanday faoliyatda bo‘lsa hozir ham o‘sha faoliyatidan o‘zgarmagan. Ular hamon bir tarafni yomonlash bilan umrini o‘tkazmoqda. Afsuski ularning yomonlash faoliyatlari hech kimga foyda keltirmayapti.
(c) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning shaxsiy suhbatda aytgan gaplaridan
📚 @e_kutubxona

👍45🔥21⚡9
#Saboqlar
Jamiyat uni tiyib turuvchi kuchga muhtoj
Bu kuch ma’naviy, axloqiy yoki huquqiy bo‘lishi mumkin. Agar insonlar o‘zlariga xos ravishda hech qanday tiyib turuvchi kuchsiz erkin qoldirilsa, ular manfaat, obro‘-e’tibor, mulk va hokimiyat uchun o‘zaro kurashga kirishadilar.
Bu kurashlar esa nafrat, zo‘ravonlik va urushlarga sabab bo‘lib, jamiyatda tartibsizlik, buzg‘unchilik va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Shu bois jamiyatda uning a’zolarini zo‘ravonlik, tartibsizlik va yomonliklardan tiyib turuvchi kuchga ehtiyoj seziladi.
Saodat asrida bu kuch diniy-ma’naviy ko‘rinishda edi. Sahobalar va salaflarning ruhiy holati bugungi bizlardan farqli edi.
Ularning ijtimoiy hayoti bugungi bizlarnikidan farqli, ko‘ngilli ravishda, istak va umid bilan axloqiy qoidalar va tartib intizomga rioya qilar edilar.
Keyinchalik jamiyatning ruhiy holatida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Har bir inson ham ma’naviy jihatdan va nafs tarbiyasida sahobalar va salaflar darajasiga yeta olmaydilar. Ularda sahobalardagidek ko‘ngilli ravijda, istak va ajrga umid bilan axloqiy qoidalar va tartib-intizomga rioya qilish kuzatilmaydi.
Endilikda odamlarni axloq-odobga, etikaga, tartib-intizomga jalb qilish va ularni tashqi tiyib turuvchi kuch bilan tiyib turish lozim bo‘ldi. Bu vazifani esa albatta davlat bajaradi.
Shu boisdan ham, ma’naviy tiyib turuvchi kuchga ega jamiyatlarga qo‘llanilgan siyosat har doim ham huquqiy va axloqiy tiyib turuvchi kuchga asoslangan jamiyatlarga to‘g‘ri kelavermaydi. Buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak.
Shuning uchun ham saodat asridagi masalalarni bugun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, voqe’likni va jamiyatning ahvolini inobatga olmasdan, qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, bir masalani o‘sha davrdagi kishilar o‘z ma’naviy holatidan kelib chiqib, so‘zsiz, ko‘ngilli qabul qilgan bo‘lsa, bugun uni jamiyat qabul qilolmasligi mumkin.
Shuning uchun ham ijtimoiy masalalar har doim ham risoladagidek bo‘lavermaydi. Jamiyat qanday bo‘lsa, uni o‘sha jamiyatga mos tiyib turuvchi kuch kerak bo‘ladi.
Risoladagidek boshqaruv risoladagidek jamiyat shakllanganda bo‘ladi.
- Said Komil

👍21⚡6🤔4👀1😎1
#Saboqlar
Meni shundayligimcha qabul qil.
Haqiqiy do'stlar seni boringcha qabul qilishadi - bo'lmagan gap.
Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p tarqalgan statuslardan biri, yuqoridagi so'zlar. Juda yuzaki va pafos uchun aytilganligi 300 km dan bilinib turibdi. Seni boring bo'yicha faqat ota-onang qabul qiladi. Chunki boshqa yo'li yo'q (o'zing pishirgan osh deganlaridek).
Haqiqiy do'stlar (ulfatlar emas), seni qanday bo'lsang shunday qolishingga rozi bo'lmaydi. Ular seni o'sishingni, rivojlanishingni, odobliroq, aqlliloq, boyroq bo'lishingni xohlashadi. Xatolaring bo'lsa yuzingga aytishadi, gunoh qilishingga jim qarab turisholmaydi.
O'z fikrini va hayot tarzini (yaxshi tarafga) o'zgartirishdan bosh tortayotgan odam yutqazadi. Bu kibr belgisi. "Borim shu, shundayligimcha qabul qil" - o'z aybini (dangasaligini) berkitish uchun bir bahona xolos.
O'zingdan o'zing bir so'rab ko'r. Do'stlaring bilan nega vaqt o'tkazayapsan? Ulardan ilm, tarbiya, tajriba, axloq olayotganing uchunmi yoki ular ham rijovlanmaganligi sababli senga ular bilan vaqt o'tkazish qulay bo'lganigami?
Agar ikkinchi variant bo'lsa, ularni tark etishga shoshilma. Sen parovoz bo'l. O'zingda borini ularga ber. Qaysidir insonlar menga shunday qilganligi uchun ham men hozir ulardan o'ta minnatdorman.
P.S.
"Ezvordiz aka, bo'ldi o'zimni rivojlantirishga tayyorman, eting nima qilay?" degan nido paydo bo'lgan bo'lsa ichingda, bu maqola o'z vazifasini bajaribdi.
"Tursunboy tormoz bo'lgani uchun undan kechishim kerak ekan endi" degan fikr kelgan bo'lsa, maqolani oxirigacha o'qimabsan. Chiq tepaga.
(c)

👍68🔥32⚡10👀5🌚4✍3
#Saboqlar
Bugun yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi, degan gaplarga munosabatingiz qanday?
— Yoshlargina kitob o‘qimay qo‘ygan bo‘lsa yaxshi edi, hatto kattalar ham mutolaa qilmay qo‘ydi. Men bo‘lajak til va adabiyot fani o‘qituvchilariga dars beraman. Talabalarimning orasida «O‘tkan kunlar»ni, «Alpomish»ni o‘qimay kelganlarini ham uchrataman. Kitob ma’naviy ozuqa olish uchun o‘qiladi. Aslida kitob turmushimni yaxshilashga xizmat qiladi, deb o‘qilmaydi. Adabiyot odamga qanday moddiy manfaat berishi mumkin? Misol uchun, «Alpomish»ni o‘qiding, u qachondir qayerdadir bo‘lgan yo bo‘lmagan voqealar silsilasi, lekin bu muhim emas. So‘zning go‘zalligi va betakrorligi, so‘zning qudratini his qilish va undan ta’sirlanish qo‘lidan keladigan odamni tayyorlash kerak. O‘qirman shuning uchun kerak, kitob shuning uchun kerak.
Sizlarning avlod vakillarining (30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar nazarda tutilmoqda — tahr.) tili nimaga qashshoqlashib boryapti? Nega millatning katta qismi o‘zbek tilida jo‘yali, jozibali qilib so‘zlashni bilmaydi? Sababi — bugun odamlar badiiy asarni o‘qishga qiziqmay qo‘ydi. Buning nimasi fojia? Bunday odamlarning tuyg‘ulari qashshoq, quruqshab qoladi. Bunday odamlar 25 yoshida kampir va chol bo‘lib qolaveradi. Chunki tuyg‘u yangilanmaydi, ta’sirchanlik yo‘qoladi, birovning quvonchi va tashvishini qabul qilish pasayadi. Masalan, kitobxon Kumush yo Otabekning halokatini o‘qib yig‘laydi, sababi Kumushning dardi unga yuqadi. «O‘tkan kunlar» kabi asarlarni o‘qib, birovning tuyg‘usini yuqtirishga o‘rganmagan odamlar faqat foyda keltiradigan narsani o‘ylaydigan bo‘ladi.
Yoki «Ammangni ko‘rib kelish kerak», desa, «telefonda gaplashdik-ku», deydi. Amaliy jihatdan qaraganda, uning gapi to‘g‘ri: telefonda gaplasha oldi, qarindoshining ahvoli yaxshi. Vaqtni, pulni sarflab borib kelishdan nima foyda. Bu odat ertaga tog‘aga, keyin ota va onaga, undan so‘ng bolaga nisbatan shakllanadi. Shunday qilib bemehrlik paydo bo‘ladi. «Nimaga men endi ota-onamni quchoqlab yotishim kerak?», «14 yoshimdan keyin mustaqil yashayman» deydigan kunbotishcha qarashlar shu tariqa paydo bo‘ladi, deb o‘ylayman. Badiiy asar ana shu boylikni, ana shu ne’matni beradi.
- Qozoqboy Yo‘ldoshev

👍58🔥27⚡5😎4🌚3😇1
#Saboqlar
Bir kuni Pikasso restoranda ovqatlanib o'tirganida, bir kishi uning gapini bo'lib, salfetkani uzatdi va so'radi:
“Men uchun biror narsa chizib bera olasizmi? Haqqini beraman".
Pikasso salfetkani oldi-da, cho‘ntagidan ko‘mir qalam chiqarib, chiza boshladi. U bir necha daqiqada, ko'rgan odam shubhasiz Pikasso chizganini sezagidan echki rasmini chizdi. Va uni odamga ko'rsatdi.
Kishi tabassum qildi va eskizni olishga qo'l uzatdi. Ammo Pikasso rasmni ushlab turdi.
"Bu 100 000 dollar bo'ladi". - dedi Pikasso.
Erkak hayratda qoldi. “100 000 dollar?! atigi bir necha daqiqa sarflagan ishingiz uchunmi?"
Pikasso salfetkani g‘ijimlab, cho‘ntagiga solib, "Men buni 1 daqiqada chizishim uchun 40 yil kerak bo'ldi" dedi.

👍127🔥55⚡9🌚8🕊5👀1
#Saboqlar
«Kitobga juda ham bir muqaddas narsa, deb qaramayman. Kitob bu — ish quroli. Kitobga teginmang, uni buklamang, unga chizmang, deganlarga qarshiman. Kitobga chizish va uni o‘qib ketayotgan vaqtda taassurotlarni yozib ketish kerak. Chunki asarning hammasi yoppasiga odamning aqliga, tafakkuriga ko‘chib o‘tmaydi. Mutolaa vaqtida ikki-uchta fikr sizning tafakkuringizga mixlanib qoladi. O‘sha joylarni qayd qilib, tagiga chizib, belgi qo‘yish kerakki, keyingi safar shu kitobni varaqlaganingizda, o‘sha qismlarni qiynalmay topish mumkin bo‘lsin, uni qaytadan o‘qib o‘tirish shart bo‘lmasin».

⚡46👍25🔥23👀13🤔8😇2
#Saboqlar
Niyat musaffoligi yo‘lidagi eng ajoyib qissa
Tolha ibn Abdurrohman ibn Avf o‘z zamonasida Quraysh qabilasining eng saxiy kishilaridan biri edi. Kunlarning birida xotini: "Do‘stlaringiz malomat qilganchalik biror kishi sizni malomat qilganini ko‘rmadim", dedi. Tolha: "Nima uchun unday demoqdasan!" Desa, xotini: "Chunki pulingiz ko‘paysa do‘stlaringiz atrofingizda girdikapalak bo‘lishadi. Pulingiz qolmasa, sizni tashlab ketishadi", dedi. Shunda Tolha: "Allohga qasam, bu qiliqlari ayni oliyjanob ekanlaridandir. In’om qilishga qurbimiz yetadigan bo‘lganda ular huzurimizga kelishadi. Berishga qurbimiz yetmay qolganida, (xijolat chekmasligimiz uchun) bizni tashlab ketishadi", dedilar.
Imom Movardiy ushbu qissa xususida fikr yuritib: "Tolha do‘stlarining oliyjanobligini qanday izohlaganlariga qara! Hatto yomon xulqni yaxshi xulqqa aylantirdilar. Ochiqcha xiyonatni ayni vafodorlikka yo‘ydilar. Mana shunday xususiyat ayni sog‘lom qalb sohibi ekaniga dalolat qiladi. Sog‘lom qalb sohibi bo‘lish dunyoda rohat va oxiratda o‘ljadir. Mana shu jannatga kirish sabablaridan biridir. Alloh taolo bu haqda:
"Ularning dillaridagi g‘illi-g‘ishtlarni chiqarib tashladik. So‘rilarda bir-birlariga boqib, do‘st bo‘lgan hollarida o‘ltirurlar", deb aytgan (Hijr surasi, 47 oyat).
(Izoh: Inson qanchalik moddiy rohat-farog‘atga erishmasin, ko‘nglida bir oz g‘ashlik bo‘lsa, unga o‘sha rohat-farog‘at tatimaydi. Shuning uchun Alloh taolo O‘z rahmati ila jannatga sazovor qilgan taqvodor bandalarining dillarida g‘ashliklar, ya’ni, hiqdu hasad, ko‘ra olmaslik kabi ba’zi bir illatlar bo‘lsa, chiqarib tashlaydi.)

👍35🔥16😇10🕊3
#Saboqlar
Kitobchi akamiz aslida eng katta muammoni ko‘rsatib berdi. Bu uning aytganidek kitob o‘qimaslik emas, balki ilm haqidagi tasavvurning yo‘qligidir.
Darhaqiqat, ilm nima ekanligini bilmaganimiz uchun "ana rost gapirdi, haqni gapirdi" va hokazo hissiyotlarga beramiz va nodonlik qilamiz.
Imom Moturidiy donolik har bir narsani o‘z o‘rniga qo‘yishdir, nodonlik esa, bir narsani noo‘rin joyga qo‘yishdir, deganlar.
Ya’ni haqiqiy ilm bo‘lmagan narsani ilm deb turib, haqiqiy olimlar bilan esa bahslashib o‘tirishimiz haqiqiy nodonlikdir.
Bu yerda nodonlikning yana bir turi haqida so‘z bormoqda. U ham bo‘lsa, ilm egalariga bo‘lgan noloyiq munosabat.
Odamlarimiz orasida "har qanday odamning gapi olinadi ham, tashlanadi ham" degan so‘z aylanadi. Biz buni qayerdadir egitganmiz, va o‘zimizcha shunga amal qilamiz, biroq tafakkur qilmaymiz.
Bu so‘zni kim aytgan, kimga nisbatan aytgan va undan kim foydalanadi?!
Men masalan o‘zimcha Abu Hanifaning fiqhiy masalasini olishim yoki tark etishim mumkinmi?! Aslo, chunki men mutaxassis emasman.
Men Atom energiyasi bo‘yicha bir fizik bilan bahslashishim mumkinmi?! Aslo, chunki men fizik emasman.
Boshqa bir olimning so‘zini olish yoki tark etish, huddi o‘sha olim qilgan izlanishlarga o‘xshagan ilmiy izlanishlar natijasidagi ilmiy xulosa asosida bo‘ladi.
Demak, birinchi navbatda haqiqiy ilm nima ekanligini bilishimiz, keyin aqlimiz yetmagan narsada o‘zboshimchalik qilmasdan haqiqiy olimlarga ergashishimiz kerak.
Bo‘lmasa, "har qanday olimning fikri olinadi ham, tark qilinadi ham" degan aforizmga ko‘r ko‘rona amal qilish kitobchi akaning aforizmlarga amal qilishi kabi bo‘lib qoladi.
Unda ilm va olimlarning o‘rni qayerda qoladi?!

👍35🔥9⚡6🤔4🌚1
#Saboqlar
«70 ta kitobni o‘qib, shuni eslab qolgan yoshlarga mashina berilayotgani menga juda g‘alati ko‘rinadi. 70 ta kitobning hammasini eslab yurib, qahramon qayerda tirsagini qashladi, qahramon qayerda sochini taradi — bularni eslab yurish kitobxonlikka kirmaydi. Bu o‘sha yoshlarning ma’naviy boyishiga xizmat qilishiga unchalik ishonmayman. Ammo hech bo‘lmasa shu 70 ta kitobni o‘qiydigan odamlarning shakllanib qolayotgani yaxshi holat.
Ularning aksariyati faqat mukofotga intilsa, shular orasida kitobdan rohatlanib, mukofotsiz ham boshqa kitoblarni o‘qishda davom etaman, deydiganlari ham chiqib qoladi. Shu sababli bu kabi tanlovlar yo‘qdan ko‘ra foydali. Lekin ko‘proq maktab va oila yoshlarga kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Maktablarda adabiyot fani testga tayyorgarlik uchun o‘qitilmasligi kerak, maktabda adabiyot fani o‘quvchilarda so‘zning go‘zalligini his qilish, tuyg‘usini boyitish umidi va rejasida o‘qitilishi lozim».

🔥129👍74⚡15🌚4🤔1
#Saboqlar
Klassik musulmon ta’lim tizimining yutuqlaridan biri unda epistemiologiya — bilim, uning haqiqati va uni bilish yo‘llari haqida ta’lim berish bo‘lgan.
Yaʼni talabalar ilm olishni boshlashdan avvalroq uning o‘zi nima, bilimni qanday olinadi, ilmiy xulosalarga qanday kelinadi, ishonchli ilmiy xulosalar bilan vahimaning farqi kabi bilimlarni o‘zlashtirgan.
Bu sohada birinchi bo‘lib Imom Moturidiy ilmiy qadam tashlagan. Forobiy ham, boshqa mutafakkirlar ham shu yo‘ldan yurishgan.
Mumtoz atamalarga ko‘ra, ma’lumotlar ishonchlilik darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
1. Yaqiniy ilm (burhon, scientific fact) — ziddiga birorta dalil bo‘lmagan, aql yoki tajriba bilan mustahkamlangan ilm. Masalan, Yerning dumaloqligi, buni tajriba bilan ham aql bilan ham isbotlash mumkin. Aksincha, uni na tajriba va na aql bilan inkor qilish mumkin emas.
2. Nazariya, gumon, zonn — aniqligi yetarlicha bo‘lmagan, o‘zgacha bo‘lish ehtimoli bor, biroq ziddi tasdiqlanmagan ma’lumotlar. Masalan, Katta portlash nazariyasi, shunday bo‘lgan bo‘lish ehtimoli hali inkor qilinganicha yo‘q. Ammo shunday bo‘lgani ham 100% tasdiqlangani yo‘q. Ammo, ehtimollar shuni ko‘rsatmoqda.
3. Shak — to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi teng kelib qolgan holatlar. Masalan, inson necha rakat namoz o‘qigani esdan chiqib qolsa shunday shakka tushadi.
4. Vahm — asossiz fikrlar. Ishonchliligi haqida birorta ishonchli, quvvatli dalil bo‘lmagan xulosalar. Masalan, Isroil va Eron o‘zaro kelishib teatr qo‘yapti, degan.
Afsuski, oxirgi yuz yillik ta’lim asosan yodlash, mahorat va ma’lumot singdirish yo‘lidan borgani uchun bizda axborotni tahlil qilish malakasi oqsab qoldi.
Shuning uchun biz ba’zan vahm bilan aniq bilimning farqiga bormay qolamiz va vahima qilamiz. Vahima so‘zi ham vahmdan olingan.
Shuning uchun ham tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib biror harakat qilishga vahima deyiladi.
Bunday holda nima qilish kerak? Xulosa chiqarishni o‘rganish kerak va vahima qilmaslik kerak.

👍30🔥5🤔3🌚3😇2
#Saboqlar
KICHIK ISHLAR KATTASIDAN DARAK BERADI!
Insonlarni tanishingiz uchun ularning qalbi tubida yashashingiz shart emas. Ular turli vaziyatlarda o‘zliklarini oshkor qilishadi.
Kishilarning o‘zidan pastdagi insonlarga qiladigan muomalasidan ko‘ksidagi qadriyatlarini, olgan tarbiyasini anglasa bo‘ladi. Bizning haqiqiy axloqimiz oddiy qorovulga, ko‘chalarda ozgina narsani sotib o‘tirgan kishiga, ko‘cha tozalovchiga, uydagi xizmatkorga qilgan muomalamizdan bilinadi.
Vazirlarga, hokimlarga, raislarga, mudirlarga hamma o‘zini odobli tutaveradi.
Haqiqiy axloq g‘azab holatida bilinadi. Xursandchilikda hamma siyosatchi bo‘ladi. Shuning uchun arablar aytishadi: "Do‘st tutmoqchi bo‘lgan odamingni g‘azabini chiqar. Agar senga zarar bermasa do‘st tutaver!".
Er-xotinlarning axloqi yotoqxonada emas, hayot yo‘llarida bilinadi. O‘zaro ixtilof chiqqanida, maosh yetmay qolganida bilinadi. Vaziyat haq va burchlarga emas, chiroyli muomalaga ehtiyoj sezganida bilinadi!
Biz gohida kelishmovchiliklar oldida qarzdor bo‘lamiz. Chunki bu ixtiloflar bizni boshqalarga, boshqalarni esa bizga fosh qiladi, tanitadi!
Sizning haqiqiy xulqingiz masjidda bilinmaydi. Masjidda hamma o‘zini taqvodor va sipo ko‘rsatadi. Haqiqiy xulqingiz masjiddan chiqqaningizda, do‘koningizda, ko‘chada, mashina haydaganingizda, savdo qilganingizda, qarz oldi-berdingizda, bemor ko‘rganingizda, ustaxonangizda, mansabda turganingizda va qisqasi muomalotda bilinadi!
Sizning madaniyatga erishganingizni profilingizda kitob bilan qahva suratini qo‘yganingizdan emas, istirohat bog‘ini qanday holatda tark qilganingizdan, suvdan bo‘shagan yelim idishlarni qayerga tashlaganingizdan, g‘ijimlangan qog‘ozni mashinadan uloqtirgan yoki uloqtirmaganingizdan bilinadi!
Kichkina ishlar aslida katta ishlardan darak beradi, tushuning!
- Abdulqodir Samarqandiy

👍46⚡10🔥9
#Saboqlar
Kitob odamga axborot bilan birgalikda insoniy tuyg‘ularni va insoniy nuqtai nazarlarni ham beradi. Inson tafakkuriga tuyg‘u bilan qo‘shilib kirgan axborot hech qachon esdan chiqmaydi. Shunchaki axborot sifatida qabul qilingan ma’lumot bir necha kundan keyin hech kimning esida qolmaydi. Shu sababli badiiy asar odamning tafakkurini rivojlantiradigan, ayniqsa, his-tuyg‘ularini tozartiradigan bir vosita sanaladi.

🔥33👍11⚡3🤔1🕊1😎1
#Saboqlar
Sog‘lom aql egalari bo‘lgan jamiyatshunoslar va huquqshunoslar insonning tabiiy-fitriy ehtiyojlarini yaxshi biladilar.
Har qanday chora-tadbirlar, propaganda yoki rejalar qilma, yangi tug‘ilgan avlod albatta o‘sha tabiiy-fitriy ehtiyoj bilan tug‘ilaveradi va o‘sha ehtiyojlarini qondirish yo‘lini axtaraveradi.
Sen hozirgi avlodni ma’lum bir tadbirlar, o‘yin-kulgilar, muammo va tashvishlar bilan chalg‘itib turishing mumkin, biroq yangi avlod baribir o‘sha fitratda bo‘laveradi.
Shuning uchun ham inson fitratiga zid bo‘lgan g‘oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar albatta bir-ikki avloddan keyin rad etiladi.
Diniy ehtiyojlar ham inson fitratidagi ehtiyojlardir. Diniy ta’lim o‘sha ehtiyojning asosidir.
"Munosabat"da hujralar haqidagi ko‘rsatuvni ko‘rib, shunga amin bo‘ldimki, taklif etilayotgan choralar va "yechimlar" shundoq ham xujralarga bormaydigan aholi qatlamini bormaslikka, shundoq ham hujradan chora qidirayotganlarni yana da ko‘proq borishga undaydigan takliflar bo‘lyapti.
Faraz qiling, siz zamonaviy, madaniy va o‘ta chiroyli maktab ochgansiz, unda juda sifatli ta’lim berib kelmoqdasiz. Faqat, har kuni shu zamonaviy maktabga oyog‘i loy bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarni ostonada izza qilib, ularga poklik, ozodalik va zamonaviy talablar haqida dars o‘tyapsiz.
Lekin maktabgacha bo‘lgan yo‘lning asfalt qilinmagani haqida o‘ylamayapsiz.
Tabiiy ehtiyojlar xuddi shunday bo‘ladi. Agar maktabning yo‘lini asfalt qilib bermasangiz, o‘quvchilarga poklik-ozodalikning fazilatlari haqida gapirganingiz zarracha ta’sir qilmaydi.

👍26🔥11🕊1
#Saboqlar
Kitob shunday narsaki, u o‘qigan odam uchungina bor. O‘qilmagan kitob bu — foydalanilmagan imkoniyat, yeyilmagan non, kiyilmagan kiyimga o‘xshash narsa. Kitobni o‘qish kerak.

👍84🔥26⚡5🕊4😇3
#Saboqlar
Imom Ibn al-Asir aytadi:
“Qalblar qandayligiga qarab birlashadi va ajraladi. Shu sababli, yaxshi yaxshilarni sevadi va ularga intiladi, yomon esa yomonlarni sevadi va ularga intiladi”.

🕊48🔥22👍10🌚1
#Saboqlar
HALOL BU...
“Halol” bu – cheklov emas. Bu – yo‘nalish.
Ko‘plab musulmon blogerlar, tadbirkorlar, marketologlar o‘zlarini “ramkalar” ichida siqilgan kabi his qilishlarini aytishadi. (Men bilan ko‘p maslahatlashishadi: reklama, aksiya/rasprodaja, sovg‘a yoki sotuv kampaniyalar haqida – ularning xavotirini aniq his qilaman).
Ular shunday deyishadi: “Biz zo‘r narsalar qilishni, kreativ bo‘lishni xohlaymiz. Lekin har safar yangilik qilishga uringanimizda, xayolga savollar keladi:”
- Bu narsaga dinimizda ruxsat bormi?
- Mijozlar qanday qabul qiladi?
- Joiz va nojoiz o‘rtasidagi “qizil chiziq” qayerda?
To‘g‘ri, bu bosim ba'zida “bo‘g‘uvchi”dek tuyuladi. Lekin haqiqat shundaki: cheklovlar dushman emas, ular yo‘l ko‘rsatkichlar. Ular sizning kreativligingizni o‘ldirmaydi – yo‘naltiradi.
Qachonki siz o‘zingizning “qizil chiziqlaringizni” aniq bilsangiz – shu doirani Ichida bemalol harakat qilish erkinligingiz bo‘ladi. Va aynan shunday yondashuvdan buyuk g‘oyalar tug‘iladi (islom me’morchiligi va san’ati bunga misol).
Eng kuchli musulmon loyihalari va kampaniyalari aynan mana shu cheklovlar tufayli paydo bo‘lgan va kuchaygan. Ajralib turish uchun barcha chegaralarni buzish shart emas.
Muhimi – siz halol chegaralarni shunchalik chuqur tushunishingiz va qadrlashingiz kerakki, ishlaringiz va ijodingiz nafaqat dinimizga mos bo‘lsin, balki uni go‘zallikka aylantirsin.
Halol – bu panjara emas. Bu – kompas.
- Xondamir Nusratxo‘jayev

👍34🕊7
#Saboqlar
Millatning hozirgi shu ahvoliga kutubxonalar kerak emas, deb o‘ylaymiz. Lekin mavjud holatni o‘zgartirish yo‘lini izlashimiz kerak. O‘qimagan millat — tanazzulga yo‘liqqan millatdir. To‘g‘ri, chiroyli kiyimlar kiyish mumkin, yaxshi ovqatlar yeyish mumkin, chiroyli avtomashinalarni boshqarish ham mumkin. Lekin [odam] eng zo‘r mashinani mingan holda, eng zo‘r uyda yashagan holda g‘arib va kambag‘alligicha qolaveradi. Nimaga bizning millonlab odamlarimiz tashqariga chiqib ketdi va tashqarida nima ish qilyapti? Ha, boshqa davlatlarda ham fuqarolar tashqariga chiqadi. Lekin ular dunyoni egallash maqsadida chiqib ketadi. Millionlab o‘zbeklar esa nafsni qondirish uchun chet elga chiqyapti. Eng og‘ir, hech kim qilmaydigan, saviya talab qilinmaydigan ishlarni bajarish uchun chiqib ketyaptiki, bu millatning halokatidan dalolat.

🔥52👍29✍6⚡5🕊3