Elektron kutubxona
61.5K subscribers
796 photos
9 videos
1.7K files
1.27K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.iss.one/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.iss.one/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
Download Telegram
ZakovArt – art, kino, musiqa.

Qoʻshilish uchun havola: https://t.iss.one/+JTYFMQflprZkNzcy
#Qayrilgan_qanotlar

"Hozirgi kunda nikoh – yigitlar va qizlarning otalari o‘rtasida tuziladigan kulgini qo‘zg‘atuvchi va alamdan yig‘latuvchi bitimdir. Birinchilar, ya’ni yigitlar, bu bitimda yutib chiqadilar, ikkinchilar, ya’ni otalar, hamisha yutqizadilar. Qizlarni esa bir buyum-mol singari bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga beradi; shu bilan ular bor quvonchidan mahrum bo‘ladilar, ularning qismati eski jihoz singari uylarning qorong‘i burchaklarida ohista so‘nish bo‘lib qoladi.
Hozirgi tamaddun ayolning aqlini biroz oshirdi, lekin uning azoblarini ham ko‘paytirdi, erkakning hirs-mayllari uchun yanada kengroq yo‘l ochib berdi. Kechagina u baxtiyor cho‘ri edi, bugun baxtsiz bekaga aylandi. Kechagina u ko‘r, kunduzi yorug‘da yurardi, bugun esa ko‘zi ochiq tun qorong‘isida yurmoqda. U o‘zining nodonligi bilan go‘zal, soddaligi bilan mehribon, ojizligi bilan kuchli edi. Endi bo‘lsa o‘zining nazokati bilan badbashara, dunyoqarashida yuzaki, xatti-harakatlarida rejali bo‘lib qoldi. Ayolda go‘zallik va oqilalik, nazokat va mehribonlik, tana ojizligi bilan qalb quvvati mutanosibligi uyg‘unlashadigan kun kelarmikin? Men ma’naviy ravnaq — insoniyat yo‘li deb hisoblayman. Kamolotga yaqinlashuv asta-sekin bo‘ladigan, lekin muqarrar jarayondir. Agar ayol bir sohada oldinga siljisa-yu, boshqa sohada orqada qolsa, bu shuning uchunki, tog‘ cho‘qqisiga olib boruvchi tik qiyalikda qaroqchilar pistirmasi va bo‘rilar g‘ori ham uchrab turadi. Bu ko‘tarilish – uyg‘onish oldidan mudrab qolishday bir gap; o‘tgan avlodlar xoki bu yerda kelajak urug‘lari bilan qorishib ketganidadir. Ajoyib shijoat va mayl tug‘diradigan bu ko‘tarilishda qariyb hamma shaharda ayolni – kelajak qizi ramzini uchratish mumkin. Bayrutda shunday ramz Salma Karamiy edi; biroq u dunyoga ancha barvaqt kelgan ko‘plab qizlardan biri sifatida o‘z davrining qurboni bo‘ldi."

- Jubron Xalil Jubron, "Qayrilgan qanotlar"

📚 @e_kutubxona
😱 Fotih Dumanning deyarli barcha kitoblari endi PDF shaklda!

Botga kirib, shunchaki, Fotih Duman deb yozing.

Va yana TRENDDAGI barcha kitoblarni ham topish mumkin!

(Qalb iffati, Men Robiya, Yo nasib, Ohing Allohga omonat, Moʻyna matoli Madonna, Imomning maneken qizi, Iskanja, Bir olima qiz bor edi)

🤭 ADMIN OʻCHIRMASIDAN TEZDA ULANIB OLING:👇👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAZOD

O‘LGAN OT TEORIYASI

• Bir alkash bizning millatni «it» deb haqorat qiladi!
• O‘zbek sigmentimizning bir bo‘lagi esa bu mavzuda gapirmaganni «it» deya boshlaydi!
• Yana bir bo‘lagi bu haqda gapirmaganni «it» demaganni «it» deydi.
• Alkash bir chetda qolib, asosiy janjal o‘zaro bo‘lib ketadi.
• Bir-birlarini o‘sha alkashning haqoratidan ham oshirib haqorat qilishadi.
• O‘z millatdoshini haqorat qilib o‘tirgan guruh o‘sha alkashning asl maqsadini vatanparvar niqobi ostida amalga oshirayotgan bo‘ladi xolos!
• Bular millat bo‘lolmagan johil olomon!
• Millat shakllanishi ziyoli xalqni tarbiya qilish bilan bo‘ladi.
• Bu guruh bor ekan fitna har zamon olovlana oladi.
• Shoir balki shu to‘daga qarata aytgan edi:

Qachon xalq bo‘lasan, ey sen olomon!

©️ Abror Muxtor Aliy

📚 @e_kutubxona
🎯 Yanvar oyida mutlaqo BEPUL jonli geometriya darslari davom etmoqda!

Siz ham 0 dan DTMga tayyorlanishni istaysizmi? Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!


Hozirgacha kanalimizda o'tilgan darslar

👉 1-dars videosi (1-qism)
👉 1-dars videosi (2-qism)
👉 2-dars videosi
👉 3-dars videosi
👉 4-dars videosi (1-qism)
👉 4-dars videosi (2-qism)
👉 5-dars videosi (1-qism)
👉 5-dars videosi (2-qism)
👉 6-dars videosi
👉 7-dars videosi (1-qism)
👉 7-dars videosi (2-qism)

Judayam kerakli mavzu:

👉 Trigonometriya

Darslarimizda qatnasha olmaganlar yoki esidan chiqib qolganlar ko'rib olishingiz mumkin♻️


Joylar cheklangan!
Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va bilimlaringizni oshiring!

📥 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:https://t.iss.one/abdixakimov_math

Murojaat uchun: ADMINGA YOZISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Azizlarim, yangi loyiha boshladik: quyidagi guruhga kiring va istalgan kitobni yozing. Biz sizga soniyalar ichida topib beramiz. Hammasi bepul. Ushbu guruhda:

Ingliz tili kitoblari;
Badiiy asarlar;
Bestseller kitoblar;
Hozirgi trenddagi kitoblarni BEPULGA topa olasiz!


Kiring va kitob nomini yozing!

👉 @Kitob_ulashamiz
👉 @Kitob_ulashamiz
👉 @Kitob_ulashamiz
#Saboqlar

Og‘riqni kuchliroq og‘riq unuttiradi.
Qayg‘uni undan ulkanrog‘i davolaydi. Hazratim Alisher Navoiy aytganlaridek: “Gʻam yo‘qlig‘i asru g‘amdur”.
Insonni nasihat va ibratlar emas, og‘riq va qayg‘ular ulg‘aytiradi. Musibat singari bir murabbiy bormi yaratiqlar olamida?!
Hayotimizdagi zulm katta zulm gulxanidan bir uchqun, xolos. Eng katta zulm bizga o‘zgalar emas, o‘zimiz qilgan zulmdir. Inson o‘ziga o‘zi zulm qilmaguncha odamlardan zulm ko‘rmaydi. Ilohiy rahmat ilohiy g‘azabdan ustundir. O‘zimiz uchun zulm gulxanini yoqdik, Alloh uning bir uchqunini vujudimizga tegishi uchun izn berdi. Biz bu uchqunda olam kuyib ketgandek faryod qildik. Uchqunning tegishi ogoh bo‘lmog‘imiz uchundir. Zulm gulxani esa bizdan avval jahannamga borib turadi. Nauzubillah!
Insonning o‘ziga zulmi ilohiy hadlarni buzish va ilohiy qaytariqlardan qaytmaslik bilan boshlanadi.
Inson bu zulmga shu qadar chuqur sho‘ng‘iydiki, zulm va azobni idrok qilishdan mahrum bo‘ladi.
Farazan chetdan kelgan zulm, og‘riq insonni sergak torttiradi. Uyg‘otadi. Inson boshiga kelayotgan zulm va og‘riqlarni tekshira-tekshira silsilaning ilk halqasi o‘ziga — niyat va amallariga qadalganini ko‘rganda lol qoladi va eng katta Gʻamga uchraganini anglaydi. Va qolgan barcha anduhlar kichrayib ketadi. Shu qadarki, tilga olish tugul, nazar solishga loyiq topmaydi.

- Akrom MALIK

📚 @e_kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Marketing

Raqobatchilik

Coca-Cola kompaniyasining marhum boshlig‘i Roberto Gisueta raqobatchilarning mavjudligini hech qachon unutmagan. Unga bozor aylanmasidagi kompaniyaning solishtirma og‘irligi eng yuqori cho‘qqiga chiqqanligi haqida xabar berishganida, u yelkasini qisib: Sayyoramizning 4,4 mlrd. aholisining har biri tomonidan kundalik iste'mol qilinayotgan 64 ml litr suyuqlikning atigi 2 foizi Coca-Colaga to‘g‘ri kelayotgani haqida gapirdi. U «Bizning dushman bu — kofe, choy, sut va suv» - dedi xodimlariga.

- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan

📚 @e_kutubxona
#Koʻrilma

"Bo‘ylab" turkumidan

📚 @e_kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamid Sodiq: Mutolaa haqida

Avvallari kitoblarni ommaviy tavsiya qilmaslikka harakat qilar, kitob tavsiyasi shaxsiyroq masala deb hisoblardim. Lekin shu kunlarda faollarning tavsiyalari, ular o‘qiyotgan yoki tarjima qilayotgan kitoblar boshqalarning, xususan, yoshlarning mutolaaga berilishiga turtki beradi, degan fikrdaman.

Kitob — bu informatsiyalar to‘plami. Unda nazariyalar — hayotni modellashtiradigan tushunchalar, bilimlar yig‘iladi. Har qanday nazariya sizning o‘rganish predmetingizni, hayotni ma’lum bir rakursdan ko‘rsatib beradi, uni tushunishga imkoniyat beradi. Mening o‘rganish predmetim, bu — politologiya, uning eng markazida esa hokimiyat turadi: men mana shu hokimiyatni tushunishni istayman. Mening o‘rganish predmetim, qiziqadigan mavzum, bu — hokimiyat. Mutolaadan bosh maqsadim shu. Chunki jamiyatimizdagi hozirgi har qanday muammoning sababi hokimiyatni yaxshi tushunmasligimiz va uning portretini to‘liq ko‘rolmayotganimizda, deb o‘ylayman.

Shu bois so‘nggi vaqtlarda men asosan siyosiy adabiyotlarni, hokimiyatning mohiyatini ochib beruvchi kitoblarni mutolaa qilyapman va ularning tarjimasi bilan shug‘ullanyapman. Hozirgacha uchta kitobni tarjima qildim, yana bir kitob tarjimasida muharrir sifatida qatnashdim. Tarjima men uchun mutolaaning bir turi. O‘qiganim esimda qolishi nuqtai nazaridan ham tarjima men uchun muhim, bu xuddi konspekt qilishga o‘xshaydi. Tarjima jarayonida har bir fikrning mohiyatiga kirib borasiz, har bir berilayotgan nazariyani daqiq tushunishga harakat qilasiz.

Kitob o‘qish juda muhim. Olimlar aytadiki, fuqarolarning oliy ma’lumotliligi, kitobxonlik darajasi bilan davlatning demokratikligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyatsiya bor. Ya’ni, adolatli jamiyat qurish uchun odamlar albatta kitob o‘qishi kerak. Mutafakkirlar yana aytadiki, mutolaa vatandoshlarga ma’lum bir ijtimoiy, siyosiy munosabatlarga bog‘liq tushunchalarni bir xil tushunish imkoniyatini beradi. Ya’ni, biz ko‘p kitob o‘qisak, masalan, demokratiya tushunchasini Xorazmdagi oddiy inson ham, Andijondagi oddiy inson ham — ular bir-birini tanimasa-da — bir xil tushuna boshlaydi, harakatlarimiz bir xil bo‘ladi.

Shunday ekan, kitob, uning mutolaasi, tarjimasi va targ‘iboti huquqqa asoslangan adolatli davlat qurish yo‘lidagi uzoq muddatli, ayni damda eng sifatli ham ishonchli yo‘nalishlardan biri, deb hisoblayman. (c)

📚 @e_kutubxona
Qiziq,

Bizni qaysi yosh toifasidagi insonlar ko‘proq kuzatib boradi?
Anonymous Poll
26%
18 yoshgacha
45%
18-25 yosh
19%
26-35 yosh
8%
36-50 yosh
2%
50 yoshdan yuqori
#bizgatozahavokerak

“Aholi o‘zini tashvishga solayotgan muammo bilan yolg‘iz qoldirilmoqda”

“Seshanba kuni Toshkent havosi yil boshidan beri eng iflos darajaga yetdi…

Poytaxt aholisi ifloslanishni hech bir uskunasiz his qildi — havoda so‘nggi yillarda tanish bo‘lib ulgurgan kuyundi hidi paydo bo‘ldi, lekin shu kuni u ayniqsa o‘tkir bo‘ldi. Olisdagi ko‘plab binolar tuman tushgandek deyarli ko‘rinmay qoldi.
Biroq bu tumanmidi yoki chang — ko‘plab ijtimoiy tarmoq blogerlari va oddiy aholi orasida bu savol paydo bo‘lganiga qaramay, biror davlat organidan javob bo‘lmadi…

Aholi o‘zini tashvishga solayotgan muammo bilan yolg‘iz qoldirilmoqda. O‘zini ijtimoiy deb e’lon qilgan davlat hokimiyati ishga yoki o‘qishga ketayotgan odamlarga derazani ochish xavfsiz yoki yo‘q, niqob kiyish kerak yo shart emas yoki tashqarida qancha vaqt qolish mumkinligi haqida xabar berishni shart deb hisoblamayapti”.

“O‘z uyingni o‘zing asra” degan davlat o‘z funksiyalaridan fe’lan voz kechganini anglatadigan g‘alati shior bo‘lardi o‘tgan yomon zamonda. Shunday yondashuv faqat kengayib borayotganga o‘xshaydi:

Ta’lim bir ahvol: O‘z bolangni o‘zing o‘qit;

Tibbiyot falaj: O‘zingni o‘zing davola;

Energetikaga kasofat tekkan: O‘z uyingni o‘zing isit,
Svetingni o‘zing top.

Mana endi navbat nafasga yetdi: havo kerak bo‘lsa, o‘zing qidir. Endi havoni sotishga, tijoriylashtirishga o‘tishadimi?

- Otabek Bakirov

📚 @e_kutubxona