Elektron kutubxona
54.2K subscribers
786 photos
9 videos
1.69K files
1.24K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.iss.one/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.iss.one/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
Download Telegram
"Pdf" va "djvu" shaklidagi elektron kitoblarni oson va qulay o'qish uchun ushbu dasturlardan birini o'rnating.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEHv2TCu6ZEs1MEDnQ
1⃣
📚 O'zbek adabiyoti durdonalari
👤 Abdulla Qodiriy
📙 "O'tkan kunlar"

📚 @e_kutubxona
2⃣
​​​​🌐 O'zbek adabiyoti durdonalari
👤 O'tkir Hoshimov
📙 "Dunyoning ishlari" (qissa)
🔎 PDF (5.6 MB, 210 sahifa) | APK

O’tkir Hoshimovning bu asari har biri o’ziga mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi “Gilam paypoq”, “Oq-oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O’ris bolaning oyisi”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o’g’li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o’zida mujassam etgan ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorlikdan xoli. Shu tufayli ham katta qiziqish va hayajon bilan o’qiladi. Bu qissa, ulug' adibimiz, O’zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, “…dostondek o’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz…”

📚 @e_kutubxona
3⃣
​​🌐 O‘zbek adabiyoti durdonalari
👤 Pirimqul Qodirov
📙 "Yulduzli tunlar" (roman)
🔎 PDF / APK

"Yulduzli tunlar" — mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy ‎romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, ‎Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ‎ko'targan og'a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali ‎o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli ‎urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan ‎xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon ‎qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.‎
Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik, bir-birini ko'rolmaslik, ‎xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g'oyat erta, o‘n ikki yoshida taxtga o‘tirganida ‎ro‘baro‘ bo‘ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo‘lgan shoxning kuygan yuragi - shoir ‎qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr Vatan ishqida ‎yonib, sog’inch bilan o‘rtanib, "Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim..." deya iztirob chekkan ‎bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.


📚 @e_kutubxona
4⃣
📚 O'zbek adabiyoti durdonalari
👤 Cho'lpon
📙 "Kecha va Kunduz"

📚 @e_kutubxona