#Ziyolilar
Bugungi ziyolilar kim? Dostoyevskiyni o‘qimasdan ziyoli bo‘lish mukinmi? Pushkinnichi? Ehtimol, "Kichkina shahzoda"ni o‘qimaganlarni yosh ziyolilar qatoriga qo‘shishmas?!
Balkim, ziyoli Abdulla Qodiriyning asarlarini to‘liq bilgan odamdir? Ehtimol, ziyoli jadidlar haqida tadqiqot qilib, doktorlik darajasini olgan odamdir? Shumi ziyoli?!
"Xix, kutubxonaga Lermontovni qidirib kirsam, turk adabiyotini olib tashlashibdi", deyish ziyolilikmi?!
Aslida, ziyoli degani nurli deganidir. Nurli odam o‘zidan nur tarqatadi, boshqalar esa o‘sha nurdan foydalanadi. Bu huddi sirotdan o‘tayotganda orqadagilar "nuringizdan bizga ham bering" deb so‘ralganidek, o‘ziga ham boshqalarga ham manfaat keltiradigan nur bo‘ladi.
Barcha fanlarning otasi, birinchi muallim unvoniga ega bo‘lgan yunon mutafakkiri Arastu ziyolimi? O‘z davri uchun ha, lekin bugun uchun yo‘q. Nimaga? Chunki uning ziyosi bugunni yoritolmaydi. Xuddi o‘ninchi asrni ham yoritolmagandek.
O‘shanda nima bo‘ldi? Oramizdan Forobiy chiqib, Arastuning fikrlarini zamonasiga moslab berdi. Uning fikrlaridagi hikmatni topib, o‘zining falsafasi bilan sayqallab, o‘z davridagi eng ilg‘or g‘oyalarni ilgari surdi. Shuning uchun ham, u Arastudan keyingi Ikkinchi muallim unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bugun Forobiyning asarlarini ming martta o‘qigan ziyolimi? Yo‘q, bugun uning asarini o‘qigan inson xuddi Ibn Sino Arastuning asarini o‘qib tushunmaganidek, qirq marta o‘qisa ham darrov tushunmaydi. Bugungi ziyoli, xuddi Forobiy qilganidek, Ibn Sino, Beruniy, Ibn Xoldun, Ibn Rushd, Ibn Arabi, Ibn Tufayl, Kindi kabi sharq allomalarining asarlarini o‘qib, undagi hikmatni bugungi kun haqiqatlari bilan sayqallab, bugungi kun o‘quvchisining qalbiga yetkazib berolgan kishidir.
Ming kitob o‘qiganing bilan undan jamiyatga manfaat chiqarib bermasang, ilmli bo‘lasan, ziyoli emas. O‘sha ilmga amal qilsang qilding, agar qilmasang, kitob ortilgan eshak bo‘lasan, ilmli emas. Garchi u kitoblar Lermontovniki bo‘lsa ham.
- Said Komil
📚 @e_kutubxona

O‘qidingizmi?
📖 Ibn Xaldun: «Muqaddima»
📖 Ibn Xaldun: «Muqaddima»
Anonymous Poll
5%
O‘qiganman; o‘qidim
5%
O'qiyapman
63%
O'qimoqchiman
27%
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
#Tildan_saboqlar
Afsus, go‘zal o‘zbekchamiz ko‘zimiz o‘ngida kundan-kunga mustaqilligini boy berib boryapti. So‘zlik ma’nosida ham, ifoda xosligi ma’nosida ham.
Bugun ko‘cha (olomon) o‘zbekcha gapirayotib ham ko‘p o‘rinlarda xayoliga birinchi bo‘lib o‘rischa so‘z yoki o‘rischa ifoda keladi va shosha-pisha (pala-partish) tarjima etib gapiraveradi yoki shundog‘icha o‘rischalab qo‘yaqoladi.
"Кухня", спалний", "детский", "коридор", "гостиница", "пол", "потолок", "краска", "лестница" — bunaqa bosqinchi so‘zlarni sanab oxiriga yetish qiyin. Holbuki, deyarli hammasining o‘zbekchasi bor: "oshxona", "yotoqxona", "bolalar xonasi", "yo‘lak" yoki "dahliz", "mehmonxona", "ship", "bo‘yoq", "zina", "shoti", "narvon"!!!
Bular so‘zlikdagi buzilishlarga misol. Ifoda yo‘sinida ahvol bundan battar. "O‘yin boshlandi" demaydi, tarjima tilda "o‘yin start oldi" deydi. "Boshladi" yo "boshlatdi" demaydi, tarjima tilda "start berdi" deydi. "To‘p tepildi" demaydi, yasama va tarjima tilda "zarba amalga oshirildi" deydi. Va hokazo.
Ikki fojia qarshisida turibmiz:
1. Chetdan so‘zlar pala-partish kiritilib tilimiz kambag‘allashib va buzilib ketyapti;
2. O‘zbekona tabiiy ifoda yo‘qolib, o‘rnini yasama va tarjima ifoda bosib ketyapti.
Men to‘rtta-beshta misol keltirdim, aslida bunaqa misol minglabdir, balki o‘nminglabdir.
Gapirayotganda ham, yozayotganda ham sal e’tiborli bo‘laylik, azizlar. Ozgina ham milliy hamiyat, milliy or-nomus, milliy g‘urur qolmadimi bizda?!
- Nurulloh Muhammad Raufxon

Elektron kutubxona
Kanalda e'lon qilingan va o‘zbek tilidagi nashri kutilayotgan kitoblarning holati: ✅ Why Nations Fail ✅ Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451 daraja ✅ Aleksandr Soljenitsin: Gulag arxipelagi ♻️ Nassim Taleb: Qora oqqushlar ♻️ Yulo Vooglayd. Vatandoshlik dasturi…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qayrilgan_qanotlar
"Hozirgi kunda nikoh – yigitlar va qizlarning otalari o‘rtasida tuziladigan kulgini qo‘zg‘atuvchi va alamdan yig‘latuvchi bitimdir. Birinchilar, ya’ni yigitlar, bu bitimda yutib chiqadilar, ikkinchilar, ya’ni otalar, hamisha yutqizadilar. Qizlarni esa bir buyum-mol singari bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga beradi; shu bilan ular bor quvonchidan mahrum bo‘ladilar, ularning qismati eski jihoz singari uylarning qorong‘i burchaklarida ohista so‘nish bo‘lib qoladi.
Hozirgi tamaddun ayolning aqlini biroz oshirdi, lekin uning azoblarini ham ko‘paytirdi, erkakning hirs-mayllari uchun yanada kengroq yo‘l ochib berdi. Kechagina u baxtiyor cho‘ri edi, bugun baxtsiz bekaga aylandi. Kechagina u ko‘r, kunduzi yorug‘da yurardi, bugun esa ko‘zi ochiq tun qorong‘isida yurmoqda. U o‘zining nodonligi bilan go‘zal, soddaligi bilan mehribon, ojizligi bilan kuchli edi. Endi bo‘lsa o‘zining nazokati bilan badbashara, dunyoqarashida yuzaki, xatti-harakatlarida rejali bo‘lib qoldi. Ayolda go‘zallik va oqilalik, nazokat va mehribonlik, tana ojizligi bilan qalb quvvati mutanosibligi uyg‘unlashadigan kun kelarmikin? Men ma’naviy ravnaq — insoniyat yo‘li deb hisoblayman. Kamolotga yaqinlashuv asta-sekin bo‘ladigan, lekin muqarrar jarayondir. Agar ayol bir sohada oldinga siljisa-yu, boshqa sohada orqada qolsa, bu shuning uchunki, tog‘ cho‘qqisiga olib boruvchi tik qiyalikda qaroqchilar pistirmasi va bo‘rilar g‘ori ham uchrab turadi. Bu ko‘tarilish – uyg‘onish oldidan mudrab qolishday bir gap; o‘tgan avlodlar xoki bu yerda kelajak urug‘lari bilan qorishib ketganidadir. Ajoyib shijoat va mayl tug‘diradigan bu ko‘tarilishda qariyb hamma shaharda ayolni – kelajak qizi ramzini uchratish mumkin. Bayrutda shunday ramz Salma Karamiy edi; biroq u dunyoga ancha barvaqt kelgan ko‘plab qizlardan biri sifatida o‘z davrining qurboni bo‘ldi."
- Jubron Xalil Jubron, "Qayrilgan qanotlar"

#TAZOD
O‘LGAN OT TEORIYASI
• Bir alkash bizning millatni «it» deb haqorat qiladi!
• O‘zbek sigmentimizning bir bo‘lagi esa bu mavzuda gapirmaganni «it» deya boshlaydi!
• Yana bir bo‘lagi bu haqda gapirmaganni «it» demaganni «it» deydi.
• Alkash bir chetda qolib, asosiy janjal o‘zaro bo‘lib ketadi.
• Bir-birlarini o‘sha alkashning haqoratidan ham oshirib haqorat qilishadi.
• O‘z millatdoshini haqorat qilib o‘tirgan guruh o‘sha alkashning asl maqsadini vatanparvar niqobi ostida amalga oshirayotgan bo‘ladi xolos!
• Bular millat bo‘lolmagan johil olomon!
• Millat shakllanishi ziyoli xalqni tarbiya qilish bilan bo‘ladi.
• Bu guruh bor ekan fitna har zamon olovlana oladi.
• Shoir balki shu to‘daga qarata aytgan edi:
Qachon xalq bo‘lasan, ey sen olomon!
©️ Abror Muxtor Aliy

#Saboqlar
Og‘riqni kuchliroq og‘riq unuttiradi.
Qayg‘uni undan ulkanrog‘i davolaydi. Hazratim Alisher Navoiy aytganlaridek: “Gʻam yo‘qlig‘i asru g‘amdur”.
Insonni nasihat va ibratlar emas, og‘riq va qayg‘ular ulg‘aytiradi. Musibat singari bir murabbiy bormi yaratiqlar olamida?!
Hayotimizdagi zulm katta zulm gulxanidan bir uchqun, xolos. Eng katta zulm bizga o‘zgalar emas, o‘zimiz qilgan zulmdir. Inson o‘ziga o‘zi zulm qilmaguncha odamlardan zulm ko‘rmaydi. Ilohiy rahmat ilohiy g‘azabdan ustundir. O‘zimiz uchun zulm gulxanini yoqdik, Alloh uning bir uchqunini vujudimizga tegishi uchun izn berdi. Biz bu uchqunda olam kuyib ketgandek faryod qildik. Uchqunning tegishi ogoh bo‘lmog‘imiz uchundir. Zulm gulxani esa bizdan avval jahannamga borib turadi. Nauzubillah!
Insonning o‘ziga zulmi ilohiy hadlarni buzish va ilohiy qaytariqlardan qaytmaslik bilan boshlanadi.
Inson bu zulmga shu qadar chuqur sho‘ng‘iydiki, zulm va azobni idrok qilishdan mahrum bo‘ladi.
Farazan chetdan kelgan zulm, og‘riq insonni sergak torttiradi. Uyg‘otadi. Inson boshiga kelayotgan zulm va og‘riqlarni tekshira-tekshira silsilaning ilk halqasi o‘ziga — niyat va amallariga qadalganini ko‘rganda lol qoladi va eng katta Gʻamga uchraganini anglaydi. Va qolgan barcha anduhlar kichrayib ketadi. Shu qadarki, tilga olish tugul, nazar solishga loyiq topmaydi.
- Akrom MALIK

#Marketing
Raqobatchilik
Coca-Cola kompaniyasining marhum boshlig‘i Roberto Gisueta raqobatchilarning mavjudligini hech qachon unutmagan. Unga bozor aylanmasidagi kompaniyaning solishtirma og‘irligi eng yuqori cho‘qqiga chiqqanligi haqida xabar berishganida, u yelkasini qisib: Sayyoramizning 4,4 mlrd. aholisining har biri tomonidan kundalik iste'mol qilinayotgan 64 ml litr suyuqlikning atigi 2 foizi Coca-Colaga to‘g‘ri kelayotgani haqida gapirdi. U «Bizning dushman bu — kofe, choy, sut va suv» - dedi xodimlariga.
- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan

Hamid Sodiq: Mutolaa haqida
Avvallari kitoblarni ommaviy tavsiya qilmaslikka harakat qilar, kitob tavsiyasi shaxsiyroq masala deb hisoblardim. Lekin shu kunlarda faollarning tavsiyalari, ular o‘qiyotgan yoki tarjima qilayotgan kitoblar boshqalarning, xususan, yoshlarning mutolaaga berilishiga turtki beradi, degan fikrdaman.
Kitob — bu informatsiyalar to‘plami. Unda nazariyalar — hayotni modellashtiradigan tushunchalar, bilimlar yig‘iladi. Har qanday nazariya sizning o‘rganish predmetingizni, hayotni ma’lum bir rakursdan ko‘rsatib beradi, uni tushunishga imkoniyat beradi. Mening o‘rganish predmetim, bu — politologiya, uning eng markazida esa hokimiyat turadi: men mana shu hokimiyatni tushunishni istayman. Mening o‘rganish predmetim, qiziqadigan mavzum, bu — hokimiyat. Mutolaadan bosh maqsadim shu. Chunki jamiyatimizdagi hozirgi har qanday muammoning sababi hokimiyatni yaxshi tushunmasligimiz va uning portretini to‘liq ko‘rolmayotganimizda, deb o‘ylayman.
Shu bois so‘nggi vaqtlarda men asosan siyosiy adabiyotlarni, hokimiyatning mohiyatini ochib beruvchi kitoblarni mutolaa qilyapman va ularning tarjimasi bilan shug‘ullanyapman. Hozirgacha uchta kitobni tarjima qildim, yana bir kitob tarjimasida muharrir sifatida qatnashdim. Tarjima men uchun mutolaaning bir turi. O‘qiganim esimda qolishi nuqtai nazaridan ham tarjima men uchun muhim, bu xuddi konspekt qilishga o‘xshaydi. Tarjima jarayonida har bir fikrning mohiyatiga kirib borasiz, har bir berilayotgan nazariyani daqiq tushunishga harakat qilasiz.
Kitob o‘qish juda muhim. Olimlar aytadiki, fuqarolarning oliy ma’lumotliligi, kitobxonlik darajasi bilan davlatning demokratikligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyatsiya bor. Ya’ni, adolatli jamiyat qurish uchun odamlar albatta kitob o‘qishi kerak. Mutafakkirlar yana aytadiki, mutolaa vatandoshlarga ma’lum bir ijtimoiy, siyosiy munosabatlarga bog‘liq tushunchalarni bir xil tushunish imkoniyatini beradi. Ya’ni, biz ko‘p kitob o‘qisak, masalan, demokratiya tushunchasini Xorazmdagi oddiy inson ham, Andijondagi oddiy inson ham — ular bir-birini tanimasa-da — bir xil tushuna boshlaydi, harakatlarimiz bir xil bo‘ladi.
Shunday ekan, kitob, uning mutolaasi, tarjimasi va targ‘iboti huquqqa asoslangan adolatli davlat qurish yo‘lidagi uzoq muddatli, ayni damda eng sifatli ham ishonchli yo‘nalishlardan biri, deb hisoblayman. (c)

Qiziq,
Bizni qaysi yosh toifasidagi insonlar ko‘proq kuzatib boradi?
Bizni qaysi yosh toifasidagi insonlar ko‘proq kuzatib boradi?
Anonymous Poll
32%
18 yoshgacha
41%
18-25 yosh
18%
26-35 yosh
8%
36-50 yosh
1%
50 yoshdan yuqori
#bizgatozahavokerak
“Aholi o‘zini tashvishga solayotgan muammo bilan yolg‘iz qoldirilmoqda”
“Seshanba kuni Toshkent havosi yil boshidan beri eng iflos darajaga yetdi…
Poytaxt aholisi ifloslanishni hech bir uskunasiz his qildi — havoda so‘nggi yillarda tanish bo‘lib ulgurgan kuyundi hidi paydo bo‘ldi, lekin shu kuni u ayniqsa o‘tkir bo‘ldi. Olisdagi ko‘plab binolar tuman tushgandek deyarli ko‘rinmay qoldi.
Biroq bu tumanmidi yoki chang — ko‘plab ijtimoiy tarmoq blogerlari va oddiy aholi orasida bu savol paydo bo‘lganiga qaramay, biror davlat organidan javob bo‘lmadi…
Aholi o‘zini tashvishga solayotgan muammo bilan yolg‘iz qoldirilmoqda. O‘zini ijtimoiy deb e’lon qilgan davlat hokimiyati ishga yoki o‘qishga ketayotgan odamlarga derazani ochish xavfsiz yoki yo‘q, niqob kiyish kerak yo shart emas yoki tashqarida qancha vaqt qolish mumkinligi haqida xabar berishni shart deb hisoblamayapti”.
“O‘z uyingni o‘zing asra” degan davlat o‘z funksiyalaridan fe’lan voz kechganini anglatadigan g‘alati shior bo‘lardi o‘tgan yomon zamonda. Shunday yondashuv faqat kengayib borayotganga o‘xshaydi:
Ta’lim bir ahvol: O‘z bolangni o‘zing o‘qit;
Tibbiyot falaj: O‘zingni o‘zing davola;
Energetikaga kasofat tekkan: O‘z uyingni o‘zing isit,
Svetingni o‘zing top.
Mana endi navbat nafasga yetdi: havo kerak bo‘lsa, o‘zing qidir. Endi havoni sotishga, tijoriylashtirishga o‘tishadimi?
- Otabek Bakirov

Baliq ovida boshqa baliqchilarning odatini yaxshi biladiganlarga qaraganda, baliqlarning odatini yaxshi bilganlar yutadi.
- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan
📚 @e_kutubxona
Baliq ovida boshqa baliqchilarning odatini yaxshi biladiganlarga qaraganda, baliqlarning odatini yaxshi bilganlar yutadi.
- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Bilim olish darajasi
Inson turli mizojli, turlicha dunyoqarashli va turlicha aqliy qobiliyatga ega bo‘ladi. Qadimdan faylasuflar inson aqliy salohiyatiga qarab, unga turlicha yo‘llar bilan bilim berilishini aytganlar.
• 1) Shulardan eng quyi daraja, sezgi a’zolaridir. Bu odatda dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishga xizmat qiladi.
• 2) Keyingisi safsata (sofistika)dir. Bu odatda yolg‘on, fantaziya, fantastika, ertak, chiroyli so‘zlar, xatto mantiqqa zid bo‘lsa ham so‘z o‘yinlari qilish kabilar kiradi. Inson yoshligidan eshitishni boshlaganda, unga ertaklar orqali, bilim beriladi. Safsataning bir turi shudir.
• 3) Uchinchisi xitob (ritorika)dir. Bu badiiy adabiyot va notiqlik san’ati orqali, mantiqqa to‘g‘ri lekin majoziy so‘zlar bilan ma’lumotni yetkazish hisoblanadi. She’r va asarlar, siyosatchilarning nutqlari va hokazolar shularga kiradi. Bu va bundan avvalgi darajalardan har bir so‘z zohiriy ma’noda qo‘llanilavermaydi va har bir so‘z aniq ilmga asoslangan bo‘lishi talab etilmaydi.
• 4) To‘rtinchisi jadal (dialektika) bo‘lib, bunga bahs ham deyiladi. Bu usul odatda mavjud ilmni himoya qilish, boshqalarning qarashlarining yo‘qqa chiqarishga asoslangan bo‘ladi. Buni xatolarni inkor qilish orqali haqiqatni topish ham desa bo‘ladi. Kalom ilmi mana shu darajadadir.
• 5) Beshinchisi hikmat (falsafa), aniqrog‘i fandir. Bunda har bir amal inson inkor qilib bo‘lmaydigan fakt va mantiqiy burhon (aniq dalilga) asoslangan bo‘lishi talab etiladi. Insonlarning ko‘pchiligi bu darajaga yetib ololmaydi. Shuning uchun ham, auditoriyaning darajasidan kelib chiqib, bundan quyidagi usullar orqali ta’lim beriladi.
Ibn Rushd "Parvardigoringiz yo‘liga (5) hikmat va chiroyli (3) mav’iza ila chaqiring. Ular bilan eng go‘zal tarzda (4) mujodala qiling" degan amrni yuqoridagi fikrlarga asos qilib keltiradi.
Olimlar nazdida ilm bir, haqiqat bir, biroq, insonlarning qabul qilish saviyasi turlicha bo‘ladi. Afsuski, eng birinchi darajada, faqat ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolariga ishonib qolgan, biroq aql kabi ilohiy ne’matdan unumli foydalanolmaydigan insonlar ham yo‘q emas. Ular faqat tashqaridan ko‘ringan narsa bilan xulosa chiqaradi.
Masalan, evolyutsiya haqidagi tushunchasi maymunning asta-sekin odamga aylanishiga oid rasm asosida shakllangan bo‘ladi. Unga osmonlar-u yerning tartib-intizom asosida harakatlanishi, har bir narsaning juft-juft yaratilishi, tirilish va o‘lish ortidagi hikmat nima, deyilgan savol kor qilmaydi. Chunki, u "hikmat" so‘zining mohiyatini anglamaydi.
Huddi shu tariqa, safsata (ertak, illuminati, masonlar, isroilning sirli kuchi) kabi narsalarga ishonadigan insonlarga ham shu yo‘sinda haqiqatni yetkazish lozim bo‘ladi.
Xitobga xitob, jadalga jadal, hikmatga hikmat.
Yuqorida ilm bir, haqiqat bir dedim. Biroq uni o‘rganish va o‘rgatish usullari turlicha. Shuning uchun ham, ilm berayotgan, ma’lumot tarqatayotgan insonlarning usuliga emas, balki ilmiga, tarqatilayotgan ma’lumotlarining mohiyatiga qarash bo‘ladi.
"Falon domlani yoqtirmayman, faqat va’z qiladi", "Falon domlaning kitoblarini o‘qib tushunmayman, yaxshi yozmaydi. Odamni ilmdan bezdiradi", "Falon domla nuqul bahs qiladi, o‘tirib odobdan dars o‘tsa bo‘lmaydimi" deyish to‘g‘ri emas. Siz shunchaki o‘zingiz uchun noto‘g‘ri darajani tanlab qo‘ygan bo‘lasiz. Siz qaysi darajada ilm olish ma’qul bo‘lsa, o‘sha darajada ta’lim beradigan ustozlarni topish kerak bo‘ladi.
Faqat bir darajada qotib qolish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, bugun bizga kirib kelayotgan turk adabiyoti aslida bizning yoshlarimizning ongining safsata va xitob darajasida qotib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Agar shu asarlardan qiyinrog‘ini, ulardan yuqori darajaga ko‘tarilishni reja qilmasangiz, bu asarlar bilan yetinsangiz, unda ilm lazzatini tatiy olmaysiz.
Haqiqiy ilm lazzati, eng yuksak darajaga, hikmatga chiqanida bo‘ladi. O‘sha darajada "oyat-belgilarimizdandir" degandagi mohiyatlar ko‘rina boshlaydi.