DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.75K photos
2.26K videos
11 files
6.13K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
💐Bugun tug‘ilgan kun

💐30-noyabr Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tongotarova Sohibjamol Abdullayevna tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Sohibjamol Abdullayevnaga Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

💐Sohibjamol Abdullayevnaga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Go‘zallik va latofat Sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Yazdon" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

📍Tuman, mahallalar xaritasi qiyosiy o‘rganilib, mayjud tafovutlar bartaraf etilib, nomsiz ko‘chalar belgilab olindi

📌Joriy yilning 17-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tuzilgan ishchi guruhi Buxoroda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-son Qonuning mazmun-mohiyati, ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha dolzarb masalalar, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash, shuningdek, nomlarni davlat ekspertlzasidan o‘tkazish, tegishli qaror bilan tasdiqlash va davlat reyestriga kiritilishini ta'minlash hamda "GEONAMES.UZ" elektron axborot veb-portali bilan ishlash borasida seminar tashkil etildi.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🔰Sening olamdagi narxing Vatan, millat, tilingdadir.

Anvar Obidjon

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
«Jumaniyoz Jabborov»
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 89-sonini e’tiboringizga havola etamiz.

1. "Baxt" she'ri. Jumaniyoz Jabborov
2. "Keldim" qo‘shig‘i. Adham Soliyev
3. "Umr hikmati... saodati" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Dunyoning eng muhtasham besh kutubxonasi

Quyida e’tiboringizga eng mashhur va ma’naviy xazinaga boy kutubxonalar beshligini taqdim etamiz.

oyina.uz

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#onatilimfaxrim

🔰Odam o‘zligini unutmasligi uchun uch narsani qo‘ldan bermasligi kerak: Vatanini, dinini va tilini.

✍️Alixonto‘ra Sog‘uniy
“Turkiston qayg‘usi” asari muallifi

Хозтовары - XO‘JALIK MOLLARI
Холодильник - MUZLATGICH
Хорош - DURUST
Хулиган - BEZORI
Цвет - RANG
Центр - MARKAZ
Через - ORQALI
Чеснок - SARIMSOQ
Чехол - G‘ILOF
Шанс - IMKON
Шофёр - HAYDOVCHI
Штраф - JARIMA
Экономный - KAMXARJ
Этаж - QAVAT
Этап - BOSQICH

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ijro

📋Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tuman Davlat soliq inspeksiyasida ish hujjatlari davlat tili talablariga mos olib borilmoqda.

🔸2023-yilning yanvar oyidan e'tiboran barcha yozuvlar, ish hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga asosan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

🔹Shu maqsadda tuman hokimi maslahatchisi D.Xushvaqtova hududdagi barcha davlat tashkilotlari va korxonalarida o‘rganishlar olib bormoqda.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Yazna" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qaraqalpaq_tili_33_jasta

🇺🇿 Búgin Qaraqalpaq tiline mámleketlik til biyligi berilgenine 33 jıl toldı. Bul ullı bayramımız bárshemizge qutlı múbárek bolsın! Ana tilimizdi jırlaw, onı qásterlew hám húrmetke bólew hár birimizdiń perzentlik parızımız bolıp sanaladı. Ózbek hám qaraqalpaq xalqınıń birligi, doslıǵı máńgi bolsın.
______________

#Qoraqalpoq_tili_33_yoshda

🇺🇿 Bugun Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil bo'ldi. Ushbu bayram barchangizga muborak boʻlsin. Ona tilini madh etish va e’zozlash har birimizning burchimiz hisoblanadi. Oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining hamjihatligi va birodarligi mangu boʻlsin.

©️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Media jamoasi tomonidan tayyorlandi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijro

🕌XORAZM VILOYATIDA QONUN IJROSI TAʼMINLANMOQDA

📍Bugun Davlar kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi qonuni ijrosi doirasida viloyatdagi geografik obyektlarning nomlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi va uning birinchi kunida seminar-trening tashkil etildi.

📌Seminarda ishchi guruhi rahbari U.Mahmudov ma’muriy-hududiy birliklar, shaxs va tarixiy nomlar, ular bo‘yicha ekspert xulosalari olinishi, mahalliy kengashlarda tasdiqlanishi, davlat reyestri bazasiga kiritilishi masalalari muhokama qilinib, viloyatdagi mahallalarning aniq chegaralari, koʻchalarning toifalarga ajratilgan sxematik xaritalarini yaratish boʻyicha tushunchalar berdi.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 90-sonini e’tiboringizga havola etamiz.

1. Faxriyor she'rlari
2. "Yomg‘irlarda" qo‘shig‘i. Ozoda Nursaidova
3. "Umr hikmati... saodati" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

🔅Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bayram-tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

🔅Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan “Mámleketlik tilde is júrgiziw” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida Til fidoyilariga qimmatbaho sovg‘alar berildi.

🔅Ayni damda esa “Davlat tili haqida”gi Nizomning qabul qilinganligiga 33 yil to‘lgani munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lmoqda.

🔅Unda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishtirok etib ma’naviyat fidoyilariga “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirdilar.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep