DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.74K photos
2.26K videos
11 files
6.12K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
TA'ZIYA

🍃Oʻzbekiston xalq shoiri, taniqli tarjimon Jamol Kamol 84 yoshida vafot etdi.

🍃Jamol Kamol 1938-yili Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Chitkaron qishlogʻida tugʻilgan.

🍃Jamol Kamol adabiyotimizdagi munosib xizmatlari uchun 1992-yilda “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor boʻlgan.

🍃Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti shoirning oilasi hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

👉Jamol Kamolning uy manzili🏠
MA`RIFAT VA MA`NAVIYAT

Bilimdan yetsa gar zehningga zarra. Bu – maʼrifatdir,
Ko‘ngilga tushgan har ne shuʼla borkim – maʼnaviyatdir.

Ko‘ngil har kimsada bir o‘zga bo‘lgay, zehniyat o‘zga,
Maʼrifat, maʼnaviyat ichra ham shundoq vaziyatdir...

Qayerda qadru qiymat yuksalib, inson aziz ersa,
U yerda maʼrifiy ham maʼnaviy yuksak jamiyatdir.

Agar olamni bilsang, oqibat odamni bilgaysen,
Ki olamdan murod ham, muddao ham – odamiyatdir.

Bilib odamni, so‘ng tushgay yo‘ling dargohi oliyga,
U dargoha yetishmoq bandasiga ezgu niyatdir.

Xudodandir basharga maʼrifat ham, maʼnaviyat ham,
Agar bir zarra himmat aylasa, ming bir hamiyatdir.

Nasib ayla, Xudoyo, maʼrifatni, maʼnaviyatni,
Maʼrifatsiz kishidan har qadamda ming aziyatdir.

Ayo inson, tafakkur aylabon olamni idrok et,
Umr karvoni shoshqin yo‘l bosar, damlar g‘animatdir.

Senga shaklu shuur berdi, yana ko‘nglingga nur berdi,
Yaratganga shukur qil, qilmasang, kufroni neʼmatdir...

✍️ Jamol Kamol

"G‘azal g‘izoli" bayozidan olind
i.
«Erkin Vohidov»
#Nodir_Ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 44-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Erkin Vohidov she'rlari
2. "Shom-u sham" qo‘shig‘i. Rustam Mirvohid g‘azali asosida
3. "Xazina" hikoyasi. Said Ahmad

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🔰Qadri baland ona tilim!

⚠️O'zbek tilini o'rganish qiyinmi?

🎙Mutaxassislar hamda chet ellik talabalar fikri.

👉davomini_ko'rish

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Yog‘ bo‘lmasa, chalpak qil, un bo‘lmasa — patir

Bu maqol xalq o‘rtasida yuradigan bir latifadan kelib chiqqan:
Bir maqtanchoq odam o‘z odatiga ko‘ra choyxonada maqtanib o‘tirgan ekan, bolasi kelib: «Dada, uyda yog‘ tamom bo‘libdi, yog‘ olib berarmishsiz”, debdi. Shunda dadasi: «Bor, oyingga borib ayt, yog‘ bo‘lmasa, chalpak qilsin!» degan ekan. O‘g‘li shunda: «Ie, dada, chalpak qilishga uyda un yo‘q-ku”, debdi. Haligi odam atrofdagilarga sir boy bermaslik, o‘z mavqeini saqlash uchun: «Un bo‘lmasa, patir qila qolsin” degan ekan, choyxonadagi odamlar xaxolab kulib yuborishibdi.

Mazkur maqolni mana shunday quruq maqtanchoq odamlarga nisbatan istehzo bilan aytadilar.

O‘zbek maqollarining izohli lug‘atidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
79%
Tomosha
21%
Tamosha
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

"Turbat" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

REKLAMA VOSITALARINING O‘ZBEK TILIGA MUVOFIQLIGI TA’MINLANADI: “Dolzarb 5 kunlik”

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni 6-moddasining joylardagi tushuntirish-targ‘iboti davom etmoqda.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Axmedova boshchiligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi shahar bo‘limi bilan hamkorlikda tashqi reklama obyektlarining davlat tiliga muvofiqligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘tkazilayotgan “Dolzarb 5 kunlik” doirasida “Olchazor Aziya” savdo majmuasi hududi bo‘ylab o‘tkazilgan tushuntirish-targ‘ibot ishida 26 nafar tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatmaviy murojaat xatlari taqdim etildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

“O'zbek tilining davlat tili sifatidagi o'rni va nufuzini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida brifing.

🎥Toshkent shahri Bektemir tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi A.A.Sapayev.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
«O‘tkir Hoshimov»
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 45-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. O‘tkir Hoshimov monologi
2. "Xayol" qo‘shig‘i. Sevara Nazarxon
3. "Xazina" hikoyasi. Said Ahmad

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqola

🔰Til – bu millat ruhi

🔰Yer yuzida hozirgacha yashagan xalqlarning 7 mingga yaqin tili bo‘lib, ularning 96 tasiga davlat tili maqomi berilgan.

🔰Shu bilan bir qatorda, lug‘aviy jihatdan qadim o‘tmishga borib taqalgan va o‘zini jilosini saqlab qolgan qadimiy ma’lumot va tarixiy manbalardan bizgacha yetib kelgan turkiy tillar oilasiga kiruvchi o‘zbek tilimizning qanchalik beqiyos boy tarixiga ega ekanligini ko‘rsatadi.

✍️Boyqobilova Gulhayo Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash bo‘limi xodimi.

👉maqolani_o'qish

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
​​DIQQAT! RADIOVIKTORINA!
“O‘ZBEK TILIM – G‘URURIM!”

⚠️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” radiokanali hamkorligida o‘zbek tilining tarixi, go‘zalligi va boyligini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbek tilim – g‘ururim” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi!

⚠️Radioviktorina FM-103.1 to‘lqinida, haftaning seshanba va payshanba kunlari, soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda efirga uzatiladi.

⚠️Unda o‘zbek tili bilan bog‘liq savollar taqdim qilinadi. Ishtirokchilar telefon qo‘ng‘iroqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘z javoblarini aytishlari mumkin. Radioviktorinada faol qatnashib, eng ko‘p TO‘G‘RI javobni yo‘llagan yurtdoshlarimiz “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdirlanadilar.

⚠️O‘zbek tilini qadrlagan, uning qadri va qaddi baland bo‘lishini istagan barcha yurtdoshlarimizni radioviktorinada ishtirok etishga chorlaymiz.

⚠️Demak, “O‘zbekiston” radiokanali FM-103.1 to‘lqinida! Seshanba va payshanba kunlari,soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda Sizni radioviktorinada kutamiz. 71-233-92-04 yoki 71-286-31-32 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zbek tili borasidagi bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI pinned «​​DIQQAT! RADIOVIKTORINA! “O‘ZBEK TILIM – G‘URURIM!” ⚠️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” radiokanali hamkorligida o‘zbek tilining tarixi, go‘zalligi va boyligini…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

📹 O'zbek adiblarining ona tilimiz haqidagi fikrlari.

manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook