DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.75K photos
2.26K videos
11 files
6.13K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Buvam gohida “xumpar” deb urishishardi. Ko’pchilik bunday dakkilardan nasibasini olgan bo’lsa kerak! “Xumpar” nimaning bolasi?

@shevashunos
Anonymous Poll
15%
Eshshakning bolasi
10%
İtning bolasi
55%
Mushukning bolasi
3%
Sigirning bolasi
9%
Qushning bolasi
8%
Bilmayamn
Binafsha
Cho'lpon
❗️
BINAFSHA

Binafsha, senmisan, binafsha, senmi,
Ko‘chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi? Binafsha menmi,
Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho‘zilding?
Binafsha,
Ayt menga,
Kimlardir ularkim,
Ignani bag‘ringga sanchalar?
Binafsha,
Bir so‘yla,
U qanday qo‘llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yancharlar?
Binafsha, shunchalik chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalik tortg‘uvchi tusing bor,
Ko‘nglimga isriqlik to‘kmaysan?
Binafsha, yig‘lama, binafsha, kel beri,
Qayg‘ingni qayg‘umga qo‘shgil.
Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri,
Bu yerdan ko‘klarga uchgil.
Binafsha, go‘zalim, qayg‘ulim, kelmaysan,
Qayg‘ung zo‘r, qayg‘umni bilmaysan,
Menga bir kulmaysan.

Abdulhamid CHO‘LPON

1922

Jadid.uz

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 219-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Usmon Nosir “Yurak” she’ri

2. Yulduz Usmonova “Aylansin” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
💐Bugun tug‘ilgan kun

💐 4-dekabr Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori Azizjon Eminov tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Azizjon Eminovga Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi xodimlari, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Azizjon Eminovga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Davlat tilini rivojlantirish departamenti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️
📎Ishda oʻzbekcha tushuntirish menga osonroq

🎙Davlat soliq katta inspektori Ulyana Filimonova bilan suhbat.

Jadid.uz

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#ona_tilim_mangu_makonim

TO‘QQIZINCHI FЕVRAL


Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sen bu kecha boshimda
O‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni aytib turmasang.

Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sening kelinlaring bu kecha
Buyuk shoirlarni tug‘masa agar.

Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sening baxshilaring bu kecha
Tonggacha tugatolmasa «Alpomish» dostonini.

Men ertaga o‘laman, ona,
Daraxt shoxlarida qushlar bu kecha
«Lison ut-tayr»ni takror etmasa,
Men ertaga o‘laman, ona.

Uxlay olmadim men...
Boshimda qadimiy qo‘shiqlar aytding,
Kelinlaring tug‘di ulug‘ shoirlaringni.

Baxshilar...
Nafasi tiqilib bo‘g‘izlariga
«Alpomish» so‘ngini aytdilar tongda.

Qushlar...
Daraxt shoxlarida titragan qushlar,
Navoiy tilida gapirib chiqdi.
Men hech qachon o‘lmayman, ona!


✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Hurmatli fuqarolar!

Yashnobod tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yashnobod tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi
“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yashnobod tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected]  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 4-dekabr kunidan 18-dekabr kuniga qadar qatnashishi mumkin.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
#Jarayon

Olmazor tumani hokimligi xodimlariga malaka oshirish sertifikatlari hamda kitoblar topshirildi
.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Olmazor tumani hokimligida tashkil etilgan «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» o‘quv kursi tashkil etilgan edi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ