DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.73K photos
2.26K videos
11 files
6.12K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#jarayon

Reja grafik asosida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash ishlari olib borilmoqda.


Toponimikaga ko‘ra, xalqlarning tarixiy oʻtmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning oʻtmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yoʻllari va shahar hamda qishloqlar geografiyasini tavsiflashga yordam beradi.

To‘raqo‘rg‘on tumani Uzumzor, Shoxidon, Sohilobod mahallalariga tegishli Ahmad Yassaviy, Barhayot, Koinot, Yoshlar, Tojimahal, Nurli kabi ko‘chalarning asosiy, tor va berk ko‘chalari kadastr palatasi, mahalla raislari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Hokim maslahatchisi tomonidan ko‘chalarga takliflar berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#ona_tilim

Kecha bittasi azbaroyi zerikkanidan Fb(!)ga yozibdi: “Xolodes”ning o‘zbekchasi nima bo‘ladi?”

Topqir o‘zbegim bir dunyo variantlarni qalashtirib tashlaganki, o‘qib maza qivorasiz! Mana ular: “liqqildoq”, “kilkildoq”, “qilpildoq”, “bilqildoq”, “jippildoq”, “dirildoq”, “hilhildoq”, “biliq-biliq”, “muzsho‘rva”, “yumshoqsovuq”, “ilvira”, “yaxnama”, “liq-liqa”, “liqliqi”, “aspiq”, “hashlama”, xorazmliklar “do‘ngdirmo” derkan, bittasi jonini ko‘p koyitib o‘tirmay “pishirib, sovutilgan yaxna go‘sht” deb qo‘ya qoldi. Mana sizga olam-olam so‘z! Xalq ziyrak. Xalq dono. Xalq topqir.

Sh.IBROHIMOV
Facebook

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 215-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Mansur Jumayev “Esingdami aka, yoz oqshomlari” she’ri

2. Orolmirzo Safarov “Gul” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Qoraqalpog‘istondagi OTMlar orasida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi.

1-dekabr Qoraqalpoq tili bayrami munosabati bilan 2024-yil 26-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpog‘istondagi OTMlar orasida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 216-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Abdulla QODIRIY “To’y” she’ri

2. Tavakkal Qodirov “Janon” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

🔰Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasi tinglovchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Dars sifati, ustozlarning kasbiy mahorati, o‘quv kursi bo‘yicha taassurotlari xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔰Kurs yakuni bo‘yicha faol tinglovchilar rag‘batlantirildi.


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 217-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Erkin Bozorov “Vatan unutmasin otalarini” she’ri

2. Jenisbek Piyazov “Hamon” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bayram_tadbiri

Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligiga 35 yil to‘ldi.


Ushbu munosabat bilan Qoraqalpog‘istonda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook