DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.73K photos
2.26K videos
11 files
6.12K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#jarayon

🇺🇿Farg‘ona viloyati

✒️Qo‘qon shahrida joylashgan Imom Buxoriy ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi hamda xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari mas’ullari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

✒️Margʻilon shahar hokimining maslahatchisi tomonidan "Reklama toʻgʻrisida"gi hamda “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi yuzasidan markaziy koʻchalardagi ommaviy targʻibot vositalarining holati o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰 ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"

Kanalga
ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolasi rus tilini bilishi uchun rus maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun muhim ogohlantirish...

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
KOMBINAT KORXONALARIDA QAROR IJROSI O‘RGANILDI

➡️ Navoiy kon-metallurgiya kombinatida davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish maqsadida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishning amaldagi ijro holatini о‘rganish bо‘yicha ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi Markaziy kon boshqarmasi bо‘linmalari – Avtomobil transporti boshqarmasi va “Muruntov” shaxtasida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida korxonalardagi targ‘ibot-tashviqot bannerlari, kirish-chiqish joylari va bino peshtoqlaridagi yozuvlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha joyida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK TILI


Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘il,
Hayotingning zanjirli yili,
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Ulug‘ tarixingga qilaman xitob,
Navoiy she’rining guli,
Kechmish zamonlarning tirik guvohi,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Seni naqadarlik sevaman, ona,
Oh, yuragimning bulbuli
Bo‘lib sayragansan go‘dak chog‘imdan,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.


✍️Rauf Parfi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida muntazam ravishda Davlat tiliga e’tibor qaratib kelinmoqda.

Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan e’tibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda, bobomiz aytgan Mahmudxo‘ja Behbudiy quyidagi purma’no fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”

Shu asosda, ona tilimizga e’tibor qaratgan holda, tumandagi 7-sonli umumta’lim maktabidagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi yozuvlar ko‘zdan kechirildi.

Monitoring jarayonida xodimlarning xizmat vazifalarining ijrosi, ish hujjatlarining yuritilishi, ijtimoiy ma’naviy-muhit, tashqi targ‘ibot vositalarining talab mezonlariga asoslangan holatlari o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Birga kitob o‘qiymiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!

Unda respublikamizning barcha hududlaridan 3 nafardan jami 42 nafar ishtirokchilar o‘zaro 2 shart: test savollari va insho yozish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar har ikkala shartda 50 balldan, jami 100 ballik tizimda baholandi.

✔️1-shartda ishtirokchilarga jami 50 ta ochiq va yopiq testlar berildi. Testlar uchun 40 daqiqa vaqt belgilandi.
✔️2-shartda ishtirokchilar “Umrning har oni g‘animat” mavzusida insho yozdilar. Insho uchun 90 daqiqa vaqt berildi.

🏛 Shartlar yakunlangach, tanlovni yuqori saviyada tashkil qilishda mehnat qilgan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi xodimlari hamda Hakamlar hay’ati a’zolariga markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomalari topshirildi.

Tanlov natijalari va g‘oliblar ertaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Parij Olimpiadasida O‘zbekiston tarixida ilk bor taekvondo sport turida kumush medalni qo‘lga kiritgan ayol sportchi Svetlana Osipova.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Jadid.uz
👉
JADIDLIK: TIL, IMLO VA ALIFBO

Jadid ziyolilari mamlakat madaniy, siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan til, alifbo-imlo masalalari bilan ham jiddiy shug‘ullangan. Yozuv islohoti va o‘zgarishi, bularga doir o‘tkazilgan tadbirlar, anjuman va qurultoylarda faol ishtirok etishgan.

Batafsil: jadid-media.uz/jadidlik-til-imlo-va-alifbo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
👉 Sof o'zbek adabiy tilida gaplashamiz!

1) musor emas, chiqindi,
2) obed emas, tushlik,
3) aktiv emas, faol,
4) morojniy emas, muzqaymoq,
5) magazin emas, do'kon,
6) opasni emas, xavfli,
7) skidka emas, chegirma,
8) fontan emas, favvora,
9) dostavka emas, yetkazib berish,
10) podarka emas, sovg'a.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim