DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
9.82K photos
2.27K videos
13 files
6.17K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#jarayon

Qo‘ng‘irot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Farmon va Qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh bilan birgalikda joriy yilning 25-oktabrida Qo‘ng‘irot tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘rganildi.

O‘rganish natijasida texnikumdagi ayrim ichki yozuvlar, ya’ni bannerlar taxtachalar va is hujjatlari qoraqalpoq tilining eski lotin alifbosida xato-kamchiliklar bilan yozilganligi aniqlandi. Xato-kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida texnikum xodimlariga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Texnikumda is hujjatlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limida bir oylik muddatli dasturiy shaklda tashkil etilgan “O‘zbek va qoraqalpoq adabiy til me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish” kurslarida o‘qib o‘z malakasini oshirish kerakligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
212
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 212-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Sirojiddin Sayyid “Ona” she’ri

2. G’iyos Boytoyev “Turnalar” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zni belgilang.
Anonymous Quiz
31%
madomiki
69%
modomiki
#bilib_oling

Heshtegni o‘zbek tilidagi muqobili bormi?


Heshteg – inglizcha hash va tag so‘zlaridan olingan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqda biror mavzuga oid manbalarni oson topish uchun panjara belgisi (#) qo‘shib yoziladigan kalit so‘z yoki ibora.

Filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Dadaboyev tavsiya etadi:

Heshteg – qulavuz; yo‘lchi. Ilk bor “yo‘lchi, yo‘l ko‘rsatuvchi” ma’nosida XI asrda eski turkiy til obidalari “Qutadg‘u bilig” hamda “Devonu lug‘otit-turk”da qulavuz //qulabuz istilohi qayd etilgan:

Bu ko‘kdaki yulduz bir ancha bezak,

Bir ancha qulavuz, bir ancha yazak

(“Qutadg‘u bilig”).

O‘rxun yodnomalaridan To‘nyuquq bitigida qayd etilgan ma’no yerchi yasamasi bilan ifodalangan: Yerchi tiladim – Yo‘l ko‘rsatuvchi istadim.

Qadimgi Turfon matnlarida “yo‘lboshlovchi, yo‘lchi” anglami yo‘lchi-yerchi juft so‘zi yordamida anglashilgan. Ayni ma’noni bildirish uchun Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” pandnomasida qulavuzning ma’nodoshi yo‘lchi istilohini ishlatgan: Qamug‘ ishka yo‘lchi bilig bar uqush – Har qanday yumushda bilim va aql yo‘lchidir.

Qulavuz istilohi XIV asrda Xorazm adabiy muhitida yaratilgan “Guliston bit turkiy” hamda “Nahjul-farodis” asarlari so‘z boyligidan o‘rin olgan: Payg‘ambar alayhissalom aytdikim, bizga bir qulavuz kerak (“Nahjul-farodis”, 12-b. 110).

Hozirgi o‘zbek kompyuter tilshunosligi terminlari tizimida muayyan mavzuga tegishli manbalarni topish yengil kechishi uchun “#” belgisiga qo‘shib yozilayotgan inglizcha heshteg so‘zini ajdodlar tilida keng qo‘llangan qulavuz, yo‘lchi, yerchi so‘zlaridan biri bilan almashtirish mumkin.

Bu inglizcha so‘z o‘rnida qulavuz istilohini iste’molga kiritish tarafdoriman. Zotan, ushbu birlik tarixan bir ma’noda ishlatilgani bilan e’tiborga molik. Qolaversa, hozirgi turk tilida keng qo‘llanayotgan kulavuz 1) yo‘lboshlovchi; sayyohlarga tushuntirish beruvchi (gid); 2) yo‘lko‘rsatkich; ma’lumotnoma; 3) boshqaruvchi, yetakchi (uchaq); 4) sovchi; 5) tex. yo‘naltiruvchi (izga, yo‘lga) ma’nolarini ifodalashda qo‘l kelmoqda.

manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 1-noyabrdagi 45-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Ulugʻbek SOLIYEV:
“Taraqqiyotning qo‘sh qanoti”
Muhayyo PIRNAFASOVA:
“Yuragida quyosh tafti bor”
“Irodadan yaralgan inson”
Bahrom ZULFIQOROV bilan suhbat:
“Bugungi Vatan tayanchlari – ertangi yurt ustunlari”
Bobur ELMURODOV suhbatlashdi.
Jahongir SOIBJONOV:
“So‘z musavviri”
Qulman OCHIL:
“Seni deyman”
Ziyoda GʻAFFOROVA:
“Komilalik ta’rifi”
Roʻzimboy HASAN:
“Kibrimiz osmon qadar...”
Joʻrabek ROʻZMETOV:
“Ulug‘ murabbiy”
Bahrom IRZAYEV:
“Tarixiy xotira – barhayot”
Ma’sud RASULIY:
“Otam pokiza inson edi”
Rustambek SHAMSUTDINOV:
“Akbar O‘rozaliyev – jadid, diplomat”
AKANG LAPASHANG:
“Semizlikni kim ko‘tarar?”
Eshqobil SHUKUR:
“O‘rgimchak, o‘rmak va qirq o‘rim soch”
Bahodir ISKANDAROV:
“Bas qiling, ey “mehri daryo” onalar!”

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🇺🇿Farg‘ona viloyati

✒️Qo‘qon shahrida joylashgan Imom Buxoriy ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi hamda xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari mas’ullari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

✒️Margʻilon shahar hokimining maslahatchisi tomonidan "Reklama toʻgʻrisida"gi hamda “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi yuzasidan markaziy koʻchalardagi ommaviy targʻibot vositalarining holati o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰 ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"

Kanalga
ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolasi rus tilini bilishi uchun rus maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun muhim ogohlantirish...

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
KOMBINAT KORXONALARIDA QAROR IJROSI O‘RGANILDI

➡️ Navoiy kon-metallurgiya kombinatida davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish maqsadida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishning amaldagi ijro holatini о‘rganish bо‘yicha ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi Markaziy kon boshqarmasi bо‘linmalari – Avtomobil transporti boshqarmasi va “Muruntov” shaxtasida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida korxonalardagi targ‘ibot-tashviqot bannerlari, kirish-chiqish joylari va bino peshtoqlaridagi yozuvlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha joyida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook