DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.56K subscribers
9.82K photos
2.27K videos
13 files
6.17K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Orif Tolib
“Barchalarimiz”, “aytinilgan”, “har ikkisi” – matbuot, teleradio, anjumanlarda eng ko‘p uchraydigan qo‘pol xatolar

Matbuotda ko‘zimiz tushadigan va teleradioda qulog‘imizga chalinadigan gaplardan biri afsuski so‘zi bilan boshlanadi. Bunday jumlalarning aksariyati achinarlidir so‘zi bilan yakunlanadi. Afsuski, falon narsa bo‘lmadi yoki falon ish-harakat tufayli falon narsa bo‘lmadi deganda, ko‘rsatilayotgan muammoning mohiyati ochilgan bo‘lardi.

Ko‘p hollarda aytish kerakki deb boshlangan jumla deyish mumkin degan so‘zlar bilan yakunlanyapti. Ehtimol, efirda bu nuqson bilinmasligi mumkindir, lekin chop qilingan narsada yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.

Yaqinda hayotimni qo‘yganman degan gap chiqdi. Videofilm ko‘rasizmi, radio eshitasizmi, matbuot o‘qiysizmi – baribir. Ota bolaga, o‘g‘il onaga, kuyov kelinga shunday va’da beryapti. Hayot hech qayerga qo‘yilmaydi! Hayot tikiladi. Tikilganidan keyin undan qaytib bo‘lmaydi. Bu – juda og‘ir gap. Uni har kim aytavermasligi kerak. Hatto videofilmda ham.

Eng ko‘p uchraydigan jiddiy xato – to‘g‘ri kelsa-kelmasa har so‘zini hamma yoqda ishlatish. Har bir Alloh taoloning so‘zi, har bir Imom Buxoriyning asari. Bu o‘rinda, diniy tomondan qaraydigan bo‘lsak, gunohlarning eng kattasi bo‘lgan shirkka yo‘l qo‘yilyapti. Har bir Alloh taolo deganda bir necha iloh tushuniladi, Alloh taoloning har bir so‘zi emas. Yana Har bir prezidentning farmoni yoki to‘rtta prezidentning qarori deganda esa prezidentlarning qarori tushuniladi. Aslida bu gap prezidentning har bir farmoni va prezidentning to‘rtta qarori deb aytilishi kerak...

Keyingi paytlarda haqiqatdan, barchalarimiz deyishga o‘rgandik. Ma’nan, jismonan, tabiatan deyilgani kabi haqiqatan demay qo‘ydik. Hammamiz deganda ko‘pchilikni, barchani tushunamiz, lekin barchalarimiz, barchalaringiz deyishni madaniyat, odob belgisi deb qabul qilib oldik. Ya’ni savodsizlik adabga aylanib boryapti. Boshqa misol kerakmi?! O‘qinilgan, aytinilgan degan so‘zlar kunda-kunora quloqqa chalinyapti. O‘qimoqning majhul nisbati – o‘qilmoq, aytmoqniki – aytilmoq. O‘qinilmoq degan fe’l yo‘q!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Anvar Boboyevning maqolasidan

Maqolani toʻliq oʻqish: 👉 oyina.uz/uz/article/3104

Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Nazorat haqida qayd

✔️«Nazorat haqida qayd» faqat ijrosi nazorat ostiga olingan hujjatlarga qo‘yiladi. Ushbu qayd rangli qalam yoki maxsus shtamp bilan «N» harfi yoki «nazorat» so‘zi orqali ifodalanadi.

✔️Ushbu belgi hujjatning chap chekkasiga, «Matn sarlavhasi» qismi qarshisiga qo‘yiladi.

✔️Agar hujjat elektron hujjat aylanish tizimi orqali qabul qilingan bo‘lsa, «Nazoratdagi hujjatlar» yig‘majildiga joylashtiriladi va «nazorat» belgisi bilan toifalanadi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

O‘zbekcha so‘ylaganim rost

✍️Shahlo Axrorova

🎻Abduxoshim Ismoilov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.  


    Bugun  To‘raqo‘rg‘on tumandagi 51-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi xodimlari o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, madaniy merosimiz, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosatini yuritish, davlat tiliga bo‘lgan hurmat, millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish yuzasidan tuman hokimi maslahatchisi D.Vaxabova tomonidan muloqot o‘tkazildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

Qo‘ng‘irot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Farmon va Qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh bilan birgalikda joriy yilning 25-oktabrida Qo‘ng‘irot tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘rganildi.

O‘rganish natijasida texnikumdagi ayrim ichki yozuvlar, ya’ni bannerlar taxtachalar va is hujjatlari qoraqalpoq tilining eski lotin alifbosida xato-kamchiliklar bilan yozilganligi aniqlandi. Xato-kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida texnikum xodimlariga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Texnikumda is hujjatlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limida bir oylik muddatli dasturiy shaklda tashkil etilgan “O‘zbek va qoraqalpoq adabiy til me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish” kurslarida o‘qib o‘z malakasini oshirish kerakligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
212
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 212-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Sirojiddin Sayyid “Ona” she’ri

2. G’iyos Boytoyev “Turnalar” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook