DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.74K photos
2.26K videos
11 files
6.12K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#tanlov_savollar

20-savol

Dunyo xalqlari necha-xil yozuvdan foydalanadilar?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Tabrik

💐Qadrli o‘qituvchi va muallimalarimiz!

💐Sizlarni 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

💐Siz bergan munavvar saboqlar, avvalo, yosh avlod qalbida milliy o‘zligimiz ramzi – ona tilimizga mehru muhabbat uyg‘otadi.

💐Ushbu shukuhli kunlarda barchangizni kasb bayramingiz bilan qutlab, Sizlarga mustahkam sog‘lik kabi, oilangizga fayzu baraka, maʼrifat sohasidagi ezgu va xayrli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti
#Ona_tilim_faxrim

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasida rahbar va xodimlar ishtirokida seminar tashkil qilindi.


Unda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, shuningdek, idora tarkibida ish yuritish va idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilish masalasi alohida ta’kidlab o'tildi.

Seminarda Farg‘ona viloyati hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalari bo‘yicha maslahatchisi S.Tongotarova, Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Mashrapov hamda Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi F.Mamajonovlar ishtirok etdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola

Balchiq, Balxash, Bolqon gidronim va toponimlari buloq so‘zidan yasalganmi?

👉maqolani_oʻqish

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tanlov_savollar

21-savol

Hujjatlar qachondan kuchga kiradi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 204-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Muhammad Yusuf “Iqror” she’ri

2. Zulayho Boyxonova “Gar sog’insam” qo’shig’i

3. Abdulla Oripov “Sohibqiron” dramasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 40-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Nurislom TO‘XLIYEV:
"Turkiy meros va turizm"
Ikrom ISKANDAR:
"Ustozlarga bag‘ishlov"
Sherkon QODIRIY:
"Kitobga otilgan o‘q"
Bahodir KARIM:
"Sharafli maqom"
Fozil FARHOD:
"Hozirjavoblik namunasi"
Muslimbek ALIJONOV:
"Moziy manzaralari"
Mamatqul HAZRATQULOV:
"Bulbul tan bergan"
Shahodat ULUGʻ:
"Meduza” soli"
Abdulla QAHHOR:
"Uyat"
Nozima HABIBULLAYEVA:
"Adibdan qolgan ertaklar manzili"
Sayyora JABBORZODA:
"O‘zbekning piyolasi"
Ahmadjon MELIBOYEV:
"Sohibjonga buyurgan sarlavha"
Rustam JABBOROV:
"Amir Temur avlodiman xoh bo‘lsam-da ozari"
Bahodir NURMUHAMMAD:
"Muallim Shakuriy iztiroblari"
Gavhar NASRULLOH:
"Kattalar ibrati"
Muyassar IBROHIMOVA:
"Psixologik kindik"
Eshqobil SHUKUR:
"Lo‘killash yoki tuyayurish"
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zni belgilang.
Anonymous Quiz
26%
Davomad
74%
Davomat
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Hujjatni oluvchi»
zaruriy qismi hujjatning O‘NG BURCHAGI YUQORISIGA qo‘yiladi.

✔️Hujjat tashkilot, uning tarkibiy bo‘linmasiga yoki aniq mansabdor shaxsga yo‘naltiriladi.

Bunda tashkilot nomi, tarkibiy bo‘linma va mansabdor shaxs
lavozimi bosh kelishikda, familiyasi esa jo‘nalish kelishigida
ko‘rsatiladi.

Masalan:
Dehqonobod kaliy zavodi
Axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i
Omon Hamroyevga


✔️Hujjat tashkilot rahbariga jo‘natilganda, tashkilot nomi oluvchi lavozimi tarkibiga kiradi.

Masalan:
«O‘zdavyerloyiha»
instituti direktori
S. Qayumovga

✔️Yuqorida ko‘rsatilgan tartib tashkilot ichidagi yozishmalarda, xususan, tashkilot yoki bo‘linma rahbari nomiga bildirishnoma, tushuntirish xati va sh.k. tayyorlanayotganda ham qo‘llanadi.
Agar hujjat bir turdagi bir necha tashkilotlarga jo‘natilayotgan bo‘lsa, ularni umumlashgan holda ko‘rsatish lozim.

Masalan:
Bosh boshqarmalar,
boshqarmalar va bo‘limlar
boshliqlariga

✔️Hujjat turli tashkilotlarga jo‘natilayotganda, «Oluvchilar» rekviziti to‘rttadan oshmasligi kerak. «Nusxa» so‘zi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi oluvchilar oldida ko‘rsatilmaydi. Hujjatni to‘rttadan ko‘p manzilga jo‘natganda, tarqatish (yuborish) ro‘yxati tuziladi va har qaysi hujjatda faqat bitta oluvchi
ko‘rsatiladi.

Hujjatni xususiy shaxsga jo‘natayotganda, avval pochta manzili, keyin ismi va otaismi (bosh harflari), familiyasi yoziladi.

Masalan:
100000. Toshkent sh.,
Hamid Olimjon ko‘chasi,
5-uy,18-xonadon,
T. Ahmedovga

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#tanlov_savollar

22-savol

“Hayot-mamot” juft so‘zidagi mamot qanday ma’no anglatadi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook