DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.42K subscribers
10.4K photos
2.39K videos
15 files
6.5K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Davlat_tili
#Jarayon

♻️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonada davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, ish yuritishning to‘liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi, davlat tili targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, kerakli tavsiyalar berildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati