DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.68K photos
2.25K videos
10 files
6.08K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
REKLAMA, TASHQI YOZUVLAR, PESHLAVHALAR DAVLAT TILIDA VA AMALDAGI TARTIBGA MOS BO'LISHI NAZORATDA

“Davlat tili haqida”gi va “Reklama to’g’risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash va Xatirchi tumanida tashqi rеklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Xuddi shu maqsadda tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan “Bog’ishamol”, “Mustaqillik” va “Chechak ota” mahallalari hududida  faoliyat yuritayotgan  tadbirkorlar bilan tashqi yozuv, lavha, e'lon, narxnoma va boshqa ko'rgazmali axborot matnlarini davlat tilida bo'lishini ta'minlash bo'yicha suhbat o'tkazildi.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan targ'ibotlar natijasida O'zbеkiston Rеspublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuniga zid bo'lgan tashqi yozuv hamda axborot matnlari olib tashlandi. Barcha tadbirkorlarga O'zbеkiston Rеspublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 20-moddasi mazmun-mohiyati haqida tushuncha bеrilib, ijrosini ta'minlash choralari ko'rildi.

Shu o'rinda, Xatirchi tuman hokimligi targ‘ibot (reklama) vositalarini joylashtirishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya etishingizni so‘raydi.
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 149-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Habib Sa'dulla she'rlari
2. "O‘xshaydi-ku" qo‘shig‘i. Tavakkal Qodirov
3. "Gang daryosining qizi" dramasi. Robindranat Thokur

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Bugun tuman prokurori,
2-sektor rahbari G‘.Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Ravonak mahallasidagi markaziy ko‘chada “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga rioya etilish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, davlat tilida bo‘lmagan va shaharsozlik qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.

Kanalga qo‘shiling:👇
Veb-sayt | Telegram | Facebook
Zamzama nima?

Hech soʻz ishlatmay qoʻshiq aytganmisiz? Odatda gʻoʻngʻillab, burun bilan aytiladi. Yo soʻz oʻrniga tushunarsiz, lekin ohangli tovushlar ishlatib kuylash mumkin. Ana shu zamzama boʻladi.

Zamzama sekin, past ovoz bilan kuylangan qoʻshiqni va xirgoyini ham anglatadi. Koʻchma maʼnoda esa imo-ishora, shama, gʻoʻngʻillab gapirish mazmunida qoʻllanadi.

@oriftolib
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf

ONA TILIM

✍️ Muhammad Yusuf she'ri

🎙Behzod Muhammadkarimov ijrosida


Bizning manzil
:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 150-soni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlanandi.

1. "Izhori dil" she'ri. Muhammad Yusuf
2. "Ulug‘imsan, Vatanim" qo‘shig‘i. Sevara Nazarxon
3. Muhammad Yusuf ijodiga nazar


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Yashil_makon #Davlat_tili

🌱Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

🌱Ushbu loyiha yuzasidan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Toshkent shahar va Sergeli tumani hokimliklari hamkorligida 28-aprel Sergeli tumani Xontepa mahallasida "O‘ZBEK TILI" bog‘ini yaratish maqsadida hashar uyushtirildi.

🌱Hasharda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🌱Departament mudiri yig‘ilganlarni daraxt ekish va obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etishga chorladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook