DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.39K subscribers
10.5K photos
2.4K videos
15 files
6.52K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Bugun Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida O‘ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI VA NUTQ MADANIYATI O‘QUV KURSIni tamomlagan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi jurnalist va sharhlovchilardan yakuniy imtihonlar olindi.

📝 Imtihonda tinglovchilar Yozuv madaniyati, O‘zbek adabiy tili me’yorlari, Muloqot psixologiyasi, Nutq strategiyasi, Kasbiy nutq madaniyati, Nutqiy vaziyatlar bo‘yicha mahorat darslaridan olgan bilimlarini og‘zaki, esse hamda chiqish testi shaklida sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar davlat namunasidagi sertifikatlarga ega bo‘ladi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
🔥3👍1
Ommaviy diktantlar davom etmoqda

O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan takomillashtirish maqsadida Qo‘shtepa hamda Bag‘dod tumanlarida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlar ishtirokida navbatdagi ommaviy diktant yozish tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova tomonidan so‘nggi yillarda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda alifbo islohotlari masalasi haqida ma'lumotlar berildi.

Ushbu tadbirni tashkillashdan ko‘zlangan asosiy maqsad barcha darajadagi davlat xizmatchilarining yozma savodxonligini rivojlantirish hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘laqonli amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍32
#Maqollar_taʼrifi

Toʻyga borsang toʻyib bor, yomonliging qoʻyib bor

Bu nasihat shaklidagi maqolning maʼnosi quyidagicha: jamoat yigʻiladigan joyga — toʻyga, mehmondorchilikka “almoyi-aljoyi” boʻlib borma, durustroq kiyimingni kiyib bor; jamoat yigʻilgan joyda yomonlik qilma, nihoyatda odob saqla; toʻy-ziyofatda ovqatni boʻkkuningcha orqa-oʻngingga qaramay yema.

Boshqa shakllari:
• Toʻyga borsang toʻyib bor, toʻrqa toʻning kiyib bor (*toʻrqa — shoyi matodan tikilgan).
• Toʻyga borsang burun bor, burun borsang oʻrin bor.
• Toʻyga borsang toʻyib bor, boʻz xaltangni qoʻyib bor.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
3👍1
28-dekabr - O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🎉7
Mirzolar – Mishaga aylangan yillar,
Suvonlar – Sashaga aylangan yillar,
Alisher – Alikka, Kamol – Kolyaga,
Muattar – Mashaga aylangan yillar,
Men sizdan o‘kinib yashayman, xalqim.

Gulchehra ismini "Gulya "deganlar,
Zulxumor, Zumradni "Zulya" deganlar,
Rosmana nomini aytsang ortingdan,
"Madaniyatsiz bo‘lmay, o‘l-e", deganlar,
Men sizdan o‘kinib yashayman, xalqim.

"Borya" yozganlardan Bobur xafadir,
"Tolya" yozganlardan Temur xafadir,
"Fedya "yozganlardan Farhod ko‘ngli g‘ash,
Qolganidan yana kimdir xafadir,
Men sizdan o‘kinib yashayman, xalqim...


✍️O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov
👍10🔥3