DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.74K photos
2.26K videos
11 files
6.12K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#savollar

7-savol

Ertalab bilan tush payti orasi o'zbek tilida nima deb ataladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Bugun tug‘ilgan kun

💐 19-sentabr “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va telejurnalist – Orif To‘xtash tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Orif To‘xtashga Davlat tilini rivojlantirish departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐 Orif To‘xtashga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
#jarayon

MAKTAB – BU BIZNING YUZIMIZ

📝Xorazm
viloyati Tuproqqal'a tumanidagi maktablarda davlat tilida ish yuritilishi holati o'rganildi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida o‘zbek tilida nutq so‘zladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
«Habibiy»
#Nodir_ovozlar
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 36-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Habibiy she'rlari
2. "Unutma meni" qo‘shig‘i. Kumush Razzoqova
3. "Farzandnoma" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Лола УРОКОВА
#joy_nomlari_tarixi📍

XOʼJАISPАROZ– Kitob tumani Oqsuv mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Tarkibi xoʼja va isparozdan iborat. Nosirjon Oxunovning “Joy nomlari taʼbiri” kitobida yozilishicha, xoʼja musulmon mamlakatlarida oqsuyaklar tabaqasi sifatida sayidlardan keyin turib, maʼlum imtiyozlarga ega boʼlgan shaxs hisoblanadi.

🟢 Professor Toʼra Nafasovning yozishicha, soʼzning isparoz/isparaz/isparas qismini tarkibiy boʼlaklarga ajratish qiyin. Bosh qismidagi is soʼzi Iskana (Kitob), Isfara (Fargʼona), Isfayromsoy (Sirdaryoning irmogʼi) kabi nomlarning bosh qismidagi soʼzga oʼxshash. Maʼnosi aniqlanmagan. Joy maʼnosidagi iston soʼzining oʼzgargan shakli boʼlishi mumkin. Soʼz oxiridagi paroz/paraz, paras soʼzi baraz soʼzining oʼzgargan shakli, sugʼd tilida kichik baland degan maʼnoni bildiradi, deyilgan.

🟢Mahalliy aholining fikricha, Xoʼjaisparozdagi paroz/paraz, paras soʼzi parvoz soʼzining oʼzgargan shakli, yaʼni Xoʼjaparvozdir. Chunki qishloqdagi Oqsuv ziyoratgohida karomatgoʼy avliyo Shayx Shamsiddin Parrandaning qabrlari boʼlib, u kishi haqida el orasida juda koʼp rivoyatlar yuradi. Rivoyatlardan birida aytilishicha, Shayx Shamsiddin Parranda namozning sunnatini qishloqda, farzini Makkada oʼqiganlar. Yaʼni parrandalik (uchish) xislati bor avliyo boʼlganlar. Shuning uchun keksalar qishloq nomi aynan avliyo ota bilan bogʼliq, deyishadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube
#bilib_oling

⚠️Hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari
asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.

✔️«Aкт» shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisayoki biron-bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga birnecha kishining guvohligi keltiriladi.

✔️Shunday ekan, bu hujjatni o‘zbek tilida «dalolatnoma» so‘zi bilan atayverish mumkin, bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g‘ri va to‘liq aks ettira oladi. Mazkur so‘zdagi «noma» qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi.

✔️«Инструкция» so‘zi o‘rnida o‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkin.

📖"DAVLAT TILIDA
ISH YURITISH"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
​​Yurt, yurak va yoʻrgʻa

Maʼnosi bir-biridan tamoman farqlanadigan bu soʻzlarning ildizi bir soʻzga – qadimgi turkiy tildagi yoʻrimoq – harakatlanmoq, yurmoq feʼliga borib taqaladi. Yurt soʻzi qadimgi turkiy tilda chodir, boshpana, qoʻnib oʻtiladigan er maʼnosini anglatgan. “Devonu lugʻatit turk”da esa xaroba holidagi bino izlari, qoʻrgʻon va boshqalar deb izohlangan.

Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, yurak soʻzi ham yoʻrimoqdan hosil boʻlgan. Turkiy tillar etimologik lugʻati esa bu maʼlumotni shubha ostiga oladi. Bunga yurak soʻzi eskiligi, Oʻrxun-Enasoy bitiklarida ham mavjudligini asos qilib keltiradi. Bu soʻz “Devonu lugʻatit turk”da ham bor. Mahmud Koshgʻariy yuraklig, yuraklandi kabi soʻzlarni ham keltiradi. Bu soʻzlar mardlik va shijoat maʼnolarini ifodalash uchun ishlatilgan.

Yurak soʻzi tanadagi markaziy aʼzo, qalb, dil kabi maʼnolarni anglatishini bilamiz. U qardosh turkiy tillarda bu maʼnolardan tashqari ichak-chavoq, qorin, oshqozon, jigar, oʻt pufagi kabi maʼnolarda ham qoʻllanadi.

Yoʻrgʻa soʻzi oʻzbekchada mayda qadam tashlab, tez yuradigan degan maʼnoda ishlatiladi va ot yoki eshakning yurishini ifodalaydi. U juda koʻp turkiy tillarda ayni shu maʼnoda ishlatiladi.

@oriftolib
💐Bugun tug‘ilgan

💐21-sentabr Xorazm viloyati Tuproqqal'a tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulnoza Sobirova tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Gulnoza Sobirovani Davlat tilini rivojlantirish departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

💐Gulnoza Sobirovaga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Go‘zallik va latofat Sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan,
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#savollar 7-savol Ertalab bilan tush payti orasi o'zbek tilida nima deb ataladi? ⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin. 📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi. Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep Bizning manzil:…
#javoblar

✔️7-savolning javobi:

✔️Ertalab bilan tush payti orasi CHOSHGOH deb ataladi.

Biz shanba-yakshanba kunlari goh choshgoh, goh oqshom chog‘i mana shu qo‘lbola choyxonamizda to‘planib qartabozlik qilamiz. E.A’zam, Jannat o‘zi qaydadir.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 37-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Anvar Obidjon she'rlari
2. "Ey, yuzi gulyor" qo‘shig‘i. Bobomurod Hamdamov
3. "Farzandnoma" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉   https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?

🔰 Lalmikor – Bulung‘ur tumanidagi qishloq. Tojikcha so‘z bo‘lib, lalmi+kor. Dehqonchilik tarzi va suvdan foydalanish usuliga ko‘ra dehqon lalmikor va obikor deb atalgan.
🔵 Lalmikor sug‘orish inshootlari (ariq, kanal, band)dan foydalanmasdan, yerdagi nam va tabiiy yog‘inlar yordamida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari va usuli.

Manba: B.O‘rinboyev. Asrlardek barhayot nomlar. – Samarqand. 2003. -106 b.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
#savollar

8-savol

O‘z ichida vergul bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqilikka ega bo‘lgan sodda gaplar orasida  hamda har xil turdagi gaplarni o‘z ichiga olgan qo‘shma gaplarda ishlatiladigan tinish belgisi qaysi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#onatilimfaxrim

🌿“Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”
Abdulla Avloniy

Доверенность emas - ISHONCHNOMA
Доктор emas -SHIFOKOR
документ emas - HUJJAT
Дом emas - UY
Доставка emas -YETQAZIB BERISH
жевачка emas - SAQICH
Живой emas - JONLI
завтрак emas - NONUSHTA
Задаток emas - BO'NAK
Заказ emas-BUYURTMA
замена emas - ALMASHTIRISH
запчаст emas - EHTIYOT QISM
Зарядник emas - QUVVATLAGICH

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

TARJİMON
Tarjimon so'zi asli arabcha so'zdir. Eng qadimiy kasblardan biri sanaladi. İzohlab yozadigan bo'lsak tarjima qiluvchi shaxs deganidir.

Tilmoch so'zi ham tarjimon so'zining sinonimidir. Kamroq ishlatiladi.  O'zbek tilida fe'l o'laroq tarjima qilmoq, o'girmoq, ag'darmoq fe'llari  ishlatiladi.
Qardosh turkiy xalqlarda quyidagicha
🇹🇷Turkcha - tercüman, mütercim, çevirmen
🇹🇲Turkmancha- terjimechi;
🇦🇿Ozarbayjoncha- tercüməçi;
🇰🇿 Qozoqcha- audarmashi, tilmash;
🇰🇬Qirg'izcha- tilmech; kotormochu;
Tatarcha- tərjəməche, terjeme ituche;
@shevashunos

⚠️"Perevodchik" dan ko'ra "Tilmoch" ancha jarangdor emasmi?

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Diyor yangiliklari

📝Davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish bo'yicha targ'ibot tadbirlari

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
«O‘tkir Hoshimov»
#Nodir_ovozlar
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 38-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. O‘tkir Hoshimov monologi
2. "Xayol" qo‘shig‘i. Sevara Nazarxon
3. "Farzandnoma" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook