DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.37K subscribers
10.5K photos
2.4K videos
15 files
6.53K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
​​#bilib_oling

“XOBBI”NING OʻZBEKCHASI YOʻQMIDI?

Shunisi aniqki, “xobbi”ni hamma “xobbi” dey­di. Hatto, ikki jildlik “Ruscha-oʻzbekcha” lugʻatda ham u “xobbi” deb “tarjima” qilinib, qavs ichida: “Asosiy ishidan boshqa biror narsaga qiziqish, sevgan mashgʻuloti” (Ruscha-oʻzbekcha lugʻat. Ikki tomli. T. 2. ‒ Toshkent: oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1984. ‒ B. 689).

✔️Nima, ruscha terminlar kirib kelgunicha odamlarimizning “xobbi”si boʻlmaganmi? Boʻlgan. Bor. Navoiy shatranj oʻynamaganmi, soz chalmaganmi?!

✔️Faqat biz oʻzbekchasini topib, joy-joyiga qoʻymaganmiz. Ishlatilavermasa, soʻz nofaol (passiv), timsoliy qilib aytilsa, dangasa boʻlib qoladi.

✔️Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol “Anvarmirzo hikoyatlari” kitobida “xobbi” ning sof oʻzbekchasini topib, juda oʻrnida ishlatgan:

Bir ajoyib koʻngilxushi yamoqchiga yor edi,
Uning yetti bedanasi, uch bulbuli bor edi (B. 270).

Yana:

Uchinchisi ‒ oʻziga bir koʻngilxushi saylasin
Va oʻshanga mashgʻul boʻlib, koʻnglini shod aylasin (B. 271).

✔️Marhamat, bundan keyin hammamiz “xobbi” emas, “koʻngilxushi” deyaveraylik! Aytaversak, faollashib, korimizga yarab qoladi.

✔️Axir, pichoqni ham ishlatmay qoʻysak, zanglaydi-ku. Tappa-tayyor ish qurolimizni zang bostirib, zarur boʻlib qolganida qoʻshnidan soʻrab yurmaylik!

✍️Sultonmurod OLIM,
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍4
#Taqdimot

📘O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
.

📚Oʻzbek tili rivoji uchun nashr etilgan “Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lug'ati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Ona tilim-mangu makonim” "Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug'ati" kitoblarining taqdimoti oʻtkazildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

📌REKLAMALAR SOF O'ZBEK TILIDA VA IMLO XATOLARDAN HOLI BO'LSIN!

🔹Ilm-fan, texnika shiddat bilan rivojlanayotgan davrda ona tilimiz sofligini saqlash, joylarga nom tanlashda ma’naviyatimiz va mentalitetimizga xos o‘zbekcha nomlar berish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir.

🔸Bugun tilimizga kirib kelayotgan yangi atamalarni o'zbekcha muqobillarini yaratish, оna tilimiz bilan bog'liq og'riqli nuqtalarimizni hal qilish ishiga barchamiz mas'ulmiz.

🔹Shu maqsadda ishchi guruh markaziy ko'chalar bo'ylab savdo do‘konlari va maishiy xizmat uylarining yozuvlarini monitoringdan o'tkazishdi.

⚠️O'zgartirish bo'yicha ishchi guruh tomonidan muhlat belgilandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#oʻzbekchasi_bor

Oʻz tilingizni qanchalik yaxshi bilasiz?

Marhamat, bilimingizni sinab koʻring: javobni yashirin jumlani ochishdan oldin topishga harakat qiling.

«Диагностика» oʻzbek tilida «Tashxisot» deyiladi.

👉 @mening_tilim
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
68%
Xayolot
32%
Xayolat
🤔2
#oʻzbekchasi_bor

Oʻz tilingizni qanchalik yaxshi bilasiz?

Marhamat, bilimingizni sinab koʻring: javobni yashirin jumlani ochishdan oldin topishga harakat qiling.

«Гепард» oʻzbek tilida chita deyiladi.

👉 @mening_tilim
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 116-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Mirtemir she'rlari
2. "Parvona" qo‘shig‘i. Abdulla Shomag‘rupov
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍2
#Seminar

🔰Qonunning mustahkamligi qonun tilining mukammaligidadir

🔰Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan aynan ushbu qaror mazmun-mohiyatini ochib berishga bagʻishlangan “Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini lingvistik ekspertizasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

🔰Til qonunning asosiy tamoyili, uning organizmi, bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan koʻp narsalardan leksik birliklar – qonun ijodkorlarining hech bir inkorsiz va aniq ifodalaydigan soʻzlari hisoblanadi.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍1