DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
10.2K photos
2.34K videos
15 files
6.37K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha

🔰Kitob sevarlar uchun ajoyib loyiha!

📺 "Madaniyat va Maʼrifat" telekanalida "SIZ EFIRDASIZ" intelektual o'yini.

✔️ Oʻyinda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar ajoyib kitoblar bilan birgalikda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdim qilingan sovgʻalar va bebaho kitoblar bilan taqdirlanadi.

⚠️ Ushbu koʻrsatuvni navbatdagi sonlarini kuzatib boring va Siz ham ishtirok eting.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 103-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Ona tabiat" she'ri. G‘ayratiy
2. "Savti chorgoh" qo‘shig‘i. Zamira Suyunova
3. "Muhabbat" qissasi. Abdulla Qahhor

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat

⚠️Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Elbek Murodullayevning tumandagi davlat organlari, tashkilot, muassasa, idora, korxona hamda tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga murojaati

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Prezident Murojaatnomasining lingvistik tahlili

Murojaatnoma 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojaatnomasida 6502 ta so‘z ishlatgan. Eng uzun so‘zlar 15 harf bo‘lib, o‘rtacha bitta so‘z 7 harfdan iborat edi.

Murojaatnomaning asosiy mavzulari — “ta’lim”, “aholi”, “maktab”, “xalq”, “investitsiya”, “tadbirkorlik”, “Konstitutsiya”, “aholi”, “mahalla” va "energetika" bo‘ldi. Jumladan, “ta’lim” so‘zi 25 marta, “maktab” so‘zi 23 marta, “shaxs” va “xalq” so‘zlari 22 marta, “Konstitutsiya” va “investitsiya” so‘zlari 20 marta, “tadbirkor” so‘zi 19 marta va “mahalla” so‘zi 18 marta ishlatilgan.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#bilib_oling

SANALAR IMLOSI

1. Hujjatlar odatda imzolangan kundan kuchga kiradi, shu bois ularga imzo qoʻyilgan sanasi yoziladi.

2. Sanalarni yozishda arab raqamlari ishlatiladi (yilni ifodalash uchun toʻrtta, oyni ifodalash uchun ikkita va kunni ifodalash uchun ikkita raqam), ular nuqta bilan ajratiladi: 2020.13.09, 2020.08.01.

3. Sanani raqamlar bilan yozganda, avval kun, keyin oy va yillarni yozish maqsadga muvofiq emas: 13.09.2020

4. Shunday yozilgan taqdirda, soʻnggida yil soʻzi yoki uning qisqartmasi (y.) qoʻyilmaydi: 13.09.2020-yil

5. Yilni ikkita raqam bilan ifodalash maqsadga muvofiq emas: 20.09.13

6. Sanani harf va raqamlar bilan ham yozish mumkin: (1992-yil 1-sentabr)

7. Vaqt oraligʻini ifodalovchi ikki sana orasiga chiziqcha (–) qoʻyiladi va ularning orasida boʻsh joy boʻlmaydi: 2015–2020-yillar, 12–13-sentabr.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰Murojaatnomaga munosabat!

“Milliy oʻzligimiz timsoli, maʼnaviyatimiz asosi boʻlgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, —Sh. Mirziyoyev.

📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan

⚡️Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchisi Go‘zal Qodirova munosabat bildirdi.

👉 Maqolani o‘qish

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Kabir" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 104-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Qish" she'ri. Abay Qo‘nonboyev
2. "Ko‘zimning qorasi" qo‘shig‘i. Omongeldi Shaharboyev (Abay o‘lani asosida)
3. "Muhabbat" qissasi. Abdulla Qahhor

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqola

🔰Eng qadrli boylik

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid ko‘plab masalalar o‘z yechimini topmoqda.

🔰“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 7 ta korxonada maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimi joriy etildi va ushbu lavozimga tanlov asosida saralangan xodimlar tayinlandi.

✍️Sanobar ABDURAHMANOVA
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
boshqaruvi raisi maslahatchisi

👉 Maqolani o‘qish

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

📋O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasiga
Osiyo Tinch Okeani texnologiya va innovatsiya universiteti talabasi Savlatjon Melikovning video munosabati

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from OYINA.UZ
Qozog‘iston poytaxtida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

❗️Shavkat Mirziyoyev: Bugun ikkita tarixiy hujjatni imzolaymiz. Qardosh xalqlarimizning tub manfaatlariga javob beradigan hamda O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari tarixida yangi bosqich boshlaydigan Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani alohida qayd etmoqchiman.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/12954

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Ona tilini bilish har birimizning muqaddas burchimizdir!

🔅 Prezidentning Oliy Majlisga va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan Xorazm viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchisi Ravshan Xudoyberganovning munosabati

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
​​#bilib_oling

Igna bilan bitadigan ishga juvoldiz tiqma: “juvoldiz” nima?

Bu maqolni qisqa qilib farosatni ishlatishga chaqiriq deyish mumkin. Igna oʻrniga juvoldizdan foydalanish – qoʻpollik, aqlni tejash belgisi. Juvoldiz qop tikish uchun ishlatiladigan yoʻgʻon, egik ignani bildiradi. Qop tikadigan igna bilan kiyim tikilsa, kiyimning sifati qopday boʻlib qolishi aniq.

Hozir bunday ignalar turmushimizda ishlatilmaydi. Shu sababli soʻz ham isteʼmoldan chiqqan. Badiiy asarlarda, maqollardagina uchraydi. Lekin maʼnosini bilish kerak. Shunda jumlani toʻla-toʻkis anglaysiz:

Soʻngra lattaga oʻralgan ikkita *juvoldizni* yerdan olib, ikkalasini terakka sanchdi.
M. Osim, “Karvon yoʻllarida”.

Oʻktam... supachada o'tirib *juvoldiz* bilan yirtiq qop-qanorlarni tikayotgan kampir qoshiga keldi.
Oybek, “Oltin vodiydan shabadalar”.

“Devonu lugʻatit-turk”da juvoldiz soʻziga maʼnodosh sifatida teman yigna birikmasi qoʻllangan. Obunachilarimiz yozishicha, baʼzi hududlarda tevana, tabana, taban igna kabi atamalar ishlatilar ekan. Bular Koshgʻariy izohlagan soʻzning tovush oʻzgarishiga uchragan shakllari ekani aniq koʻrinib turibdi.

manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
31%
Salavot
69%
Salovat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Murojaatnomaga munosabat!

⚡️Chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak.

💫Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan Madaniyat vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Ortiqovning munosabati.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
​​#bilib_oling

Chiziqchaning turlari

Bugun siz hamma mutaxassislar ham bilavermaydigan muhim maʼlumotga ega boʻlasiz. Quyida keltiriladigan qoidalarga qonun hujjatlarida ham, nufuzli kitoblar nashrida ham, ommaviy axborot vositalari maqolalarida ham koʻpincha rioya qilinmaydi.

Umuman olganda, chiziqchalarning oʻndan ziyod turi bor, lekin biz eng asosiy uchtasini bilib olsak, shuning oʻzi yetarli boʻladi.

1. Defis (-)
Defis — bu soʻzlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft soʻzlar, takror soʻzlar orasida, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Boʻgʻin koʻchirish uchun ham defis qoʻllanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.

Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.

Telefon yoki kompyuter klaviaturalarining hammasida bu belgini osongina topib olasiz.



2. Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana “em-desh” (ing. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan boʻsh joy bilan ajratib yoziladi.

Misol:
Til — bu millat gʻururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yoʻnalishi.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.



3. Qisqa tire (oʻrtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo boʻlganiga 10-15 yil boʻldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng boʻlgani uchun “en-desh” (ing. n-dash) ham deyishadi. Nima uchun “raqamli tire” deyilishiga sabab esa uning raqamlar koʻlamini ifodalashi uchun ishlatilishida. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan boʻsh joy tashlamay yoziladi.

Misol:
3–4 dona, 1941–1945-yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.


manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#munosabat

🔰Ertaga emas, hozirdanoq maqsadlarimizni isloh etaylik!

🔰Davlatimiz rahbari, muhtaram Prezidentimizning kuni kecha Oliy Majlis hamda butun xalqimiz hukmiga yo‘llagan Murojaatnomasini barcha birdek katta qiziqish bilan qarshiladi. Murojaatda tilga olingan barcha masalalarni jamlagan holda bir so‘z bilan odamiylik ifodasi, deyish mumkin.

🔰Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, rejalarimiz bisyor, ammo bularning barchasini o‘z hayotimiz misolida mustajobligini ko‘rishni xohlasak, ertaga emas, balki hozirdanoq o‘z kayfiyat va maqsadlarimizni isloh etaylik!

✍️Orif TO‘XTASH,
“O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi,

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Habba" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook