Forwarded from To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Toqqa yoki togʻga?
Kirill alifbosida
Ғ harfi bilan tugaydigan soʻzlarga -га, -ган, -ганча, -гунча, -гани kabi qoʻshimchalar qoʻshilsa, nutqda ham, yozuvda ham tovush almashishi (қ + қа) kuzatiladi:
Тоғ + га = тоққа
Боғ + га = боққа
Тоғга ❌
Тоққа ✅
—
Lotin alifbosida
Gʻ harfi bilan tugaydigan soʻzlarga -ga, -gan, -gancha, -guncha, -gani kabi qoʻshimchalar qoʻshilsa, faqatgina nutqda tovush almashishi kuzatiladi (q + qa), yozuvda esa aslicha qolaveradi (gʻ + ga):
Togʻ + ga = togʻga
Bogʻ + ga = bogʻga
Toqqa ❌
Togʻga ✅
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

👍4🔥1👏1
✨Otashin shoirni yod etib – Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi oʻtkazildi.
🔅Bugun, 15-dekabr kuni Oʻzbek Milliy akademik teatrida otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi boʻlib oʻtdi.
🔅Kechada taniqli adiblar, ilm-fan, madaniyat, sanʼat namoyandalari, ijodkorlar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.
Batafsil
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Forwarded from Orif Tolib
Maqol va matal: farqi nimada?
Maqol xalq hayotiy tajriba asosida yaratgan, ixcham, obrazli, tugal maʼnoli va hikmatli ibora yoki gapdir. Uni oʻz oʻrnida qoʻllash nutqni taʼsirli, jozibador qiladi.
Izohli lugʻatga koʻra, matal tugal maʼno ifodalamaydigan obrazli ibora, hikmatli soʻzdir. Kitobda qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga tekkanda kabi iboralar matalga misol sifatida keltirilgan.
Biroq milliy ensiklopediyaning yondashuvi boshqacharoq: matal bir yoki bir necha jumladan tuziladi. Ular orasida qofiyalanish hamisha ham saqlanmaydi. Matalda oʻxshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy iboraning oʻz asl maʼnosi bilan koʻchma maʼnosi oʻrtasida yaqinlik, mantiqiy bogʻlanish boʻlishi kerak.
Milliy ensiklopediya “Shamol boʻlmasa, daraxtning shoxi qimirlamas”, “Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit” kabilarni matalga misol qilib keltirgan.
Matallar koʻpincha boshqa bir jumla ichida qoʻllanadi, uni toʻldiradi, yumor belgilariga ega boʻladi. Maqollar koʻchma va oʻz maʼnosida qoʻllanishi mumkin, matallar esa faqat koʻchma maʼnoda ishlatiladi. Manbalarda “Qil uchida turibman”, “Semizlikni qoʻy koʻtaradi”, “Tuyaga yantoq kerak boʻlsa, boʻynini choʻzar”, “Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi” kabilar matal sifatida koʻrsatilgan.
Bir-biriga juda oʻxshash boʻlgani sababli jumla shaklidagi matallar aksariyat hollarda maqollar qatoriga qoʻshiladi.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Notavon koʻngilga qoʻtir jomashov.
🔹 Dunyoni suv olsa, oʻrdakka nima gʻam?
🔹 Men nima deyman-u, qoʻbizim nima deydi?!
🔹 Yalqov togʻni koʻtarib yurishga majbur boʻladi.
🔹 Istaging qancha koʻp boʻlsa, koʻngling shuncha koʻp qoladi.
@oriftolib

👍1
Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇮🇹 Italiyalik xonanda Marcello Ma afsonaviy Botir Zokirovning "Ra’no" qo‘shig‘ini kuyladi.
@Rustam_Mirvokhid
@Rustam_Mirvokhid
❤4👍4
Forwarded from Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
⚜️“SHEʼRIYAT SHOHSUPASI” KOʻRIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI MUHAMMADRIZO OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGIGA BAGʻISHLANDI
🔸Muhammadrizo Ogahiy - Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining Zahiriddin Muhammad Bobur lafzi bilan aytganda “eng ko‘b va eng xo‘b” ijodkori va peshqadami edi. Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, xassos muarrix, davlat arbobi – mirob.
Final bosqichda ishtirok etishga muvaffaq boʻlgan Filologiya fakultetining 6 nafar talaba-qizlari ulugʻ ajdodimizning ana shu qirralarini madh etib, sahnada uning sheʼrlarini mahorat bilan ijro etdilar. Barcha ijro etilgan sheʼrlar, kuy-qoʻshiq va raqslar, Ogahiy ijodiy faoliyatiga doir sahna koʻrinishlari tadbir qatnashchilari uchun adib ijodi boʻylab yana bir bora sayohat qilish imkonini berdi.
✍️Batafsil ushbu havolada tanishing!🔍
Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍2
#Jarayon
📜“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash har birimizning burchimizdir.
🔸 Joriy yilning 14-dekabr kuni Buxoro viloyatida “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga muvofiq G‘ijduvon tumanida joylashtirilgan barcha turdagi reklamalar, e’lonlar, peshlavhalar va boshqa axborotlarni davlat tiliga moslashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja grafigi asosida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Yuldashov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari U.Ergashev bilan hamkorlikda tumandagi mahallalar hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish sektorlarida tashqi reklama peshlavhalarining qonun talablariga hamda milliy qadriyatlarga mosligi o‘rganildi.