DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 99-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Muhabbat" she'ri. Abdusaid Salomiy
2. "Qirmizi olma" qo‘shig‘i. Ulug‘bek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova
3. "Muhabbat" qissasi. Abdulla Qahhor

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#O‘rganish

Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N. Mirzayeva tomonidan  Ishchi guruh a'zolari bilan birgalikda shahardagi "Mustaqillik"," Baxt" mahalla fuqarolar yig'inida davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o'rganildi.

O‘rganish davomida Vazirlar Mahkamasining  2021-yil 10 fevraldagi 61-sonli qarorning "Yo'l xaritasi" da belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash, bo‘lim xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganishni targ‘ib qilish borasida tavsiyalar berildi.

Jumladan, mazkur bo‘limdagi barcha tashqi yozuvlar monitoring qilindi. Shuningdek, aniqlangan xato va kamchliklar yuzasidan tegishli mas'ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 "Mening Yurtim" telekanali hamda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan hamkorlikda tayyorlangan "5 ketdim" ko‘rsatuvining navbatdagi soni.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Toqqa yoki togʻga?

Kirill alifbosida
Ғ
harfi bilan tugaydigan soʻzlarga -га, -ган, -ганча, -гунча, -гани kabi qoʻshimchalar qoʻshilsa, nutqda ham, yozuvda ham tovush almashishi (қ + қа) kuzatiladi:
Тоғ + га = тоққа
Боғ + га = боққа

Тоғга
Тоққа



Lotin alifbosida
harfi bilan tugaydigan soʻzlarga -ga, -gan, -gancha, -guncha, -gani kabi qoʻshimchalar qoʻshilsa, faqatgina nutqda tovush almashishi kuzatiladi (q + qa), yozuvda esa aslicha qolaveradi (gʻ + ga):
Togʻ + ga = togʻga
Bogʻ + ga = bogʻga

Toqqa
Togʻga

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Otashin shoirni yod etib – Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi oʻtkazildi.

🔅Bugun, 15-dekabr kuni Oʻzbek Milliy akademik teatrida otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi boʻlib oʻtdi.

🔅Kechada taniqli adiblar, ilm-fan, madaniyat, sanʼat namoyandalari, ijodkorlar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.

Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Orif Tolib
​​Maqol va matal: farqi nimada?

Maqol xalq hayotiy tajriba asosida yaratgan, ixcham, obrazli, tugal maʼnoli va hikmatli ibora yoki gapdir. Uni oʻz oʻrnida qoʻllash nutqni taʼsirli, jozibador qiladi.

Izohli lugʻatga koʻra, matal tugal maʼno ifodalamaydigan obrazli ibora, hikmatli soʻzdir. Kitobda qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga tekkanda kabi iboralar matalga misol sifatida keltirilgan.

Biroq milliy ensiklopediyaning yondashuvi boshqacharoq: matal bir yoki bir necha jumladan tuziladi. Ular orasida qofiyalanish hamisha ham saqlanmaydi. Matalda oʻxshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy iboraning oʻz asl maʼnosi bilan koʻchma maʼnosi oʻrtasida yaqinlik, mantiqiy bogʻlanish boʻlishi kerak.

Milliy ensiklopediya “Shamol boʻlmasa, daraxtning shoxi qimirlamas”, “Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit” kabilarni matalga misol qilib keltirgan.

Matallar koʻpincha boshqa bir jumla ichida qoʻllanadi, uni toʻldiradi, yumor belgilariga ega boʻladi. Maqollar koʻchma va oʻz maʼnosida qoʻllanishi mumkin, matallar esa faqat koʻchma maʼnoda ishlatiladi. Manbalarda “Qil uchida turibman”, “Semizlikni qoʻy koʻtaradi”, “Tuyaga yantoq kerak boʻlsa, boʻynini choʻzar”, “Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi” kabilar matal sifatida koʻrsatilgan.

Bir-biriga juda oʻxshash boʻlgani sababli jumla shaklidagi matallar aksariyat hollarda maqollar qatoriga qoʻshiladi.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Notavon koʻngilga qoʻtir jomashov.
🔹 Dunyoni suv olsa, oʻrdakka nima gʻam?
🔹 Men nima deyman-u, qoʻbizim nima deydi?!
🔹 Yalqov togʻni koʻtarib yurishga majbur boʻladi.
🔹 Istaging qancha koʻp boʻlsa, koʻngling shuncha koʻp qoladi.

@oriftolib
Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇮🇹 Italiyalik xonanda Marcello Ma afsonaviy Botir Zokirovning "Ra’no" qo‘shig‘ini kuyladi.

@Rustam_Mirvokhid
⚜️“SHEʼRIYAT SHOHSUPASI” KOʻRIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI MUHAMMADRIZO OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGIGA BAGʻISHLANDI

🔸Muhammadrizo Ogahiy - Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining Zahiriddin Muhammad Bobur lafzi bilan aytganda “eng ko‘b va eng xo‘b” ijodkori va peshqadami edi. Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, xassos muarrix, davlat arbobi – mirob.

Final bosqichda ishtirok etishga muvaffaq boʻlgan Filologiya fakultetining 6 nafar talaba-qizlari ulugʻ ajdodimizning ana shu qirralarini madh etib, sahnada uning sheʼrlarini mahorat bilan ijro etdilar. Barcha ijro etilgan sheʼrlar, kuy-qoʻshiq va raqslar, Ogahiy ijodiy faoliyatiga doir sahna koʻrinishlari tadbir qatnashchilari uchun adib ijodi boʻylab yana bir bora sayohat qilish imkonini berdi.

✍️Batafsil ushbu havolada tanishing!🔍

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube