DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.39K subscribers
10.5K photos
2.41K videos
16 files
6.54K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Maqollar_taʼrifi

Novvoy chaqirishga ham kekirdak kerak

Oʻtmishda shaharlarning bozorlarida novvoylar non solingan savatni boshlariga qoʻyib, tumonat odam orasida baland ovoz bilan: “Issiq non, shirmoy non!” — degancha nonlarini maqtab oʻtaverganlar. Olomon ichida, olagʻovurda ketayotgan novvoyning nonidan olishni istagan odam “Novvoy, hoy novvoy!”, deb unga tovush yetkazishi uchun uni baland ovoz bilan chaqirishi, yaʼni “kekirdak choʻzishi” kerak boʻlardi. Shu holat misolga olib aytilgan “Novvoy chaqirishga ham kekirdak kerak” maqolini majozan bu ishni qilish oson emas, koʻp kuch sarflash kerak boʻladi, degan maʼnoda qoʻllaydilar.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍4
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
53%
Koʻzboylogʻich
47%
Koʻzboylagʻich
#Maqola #Maslahatchi_faoliyati

🔰MALAYZIYA – MEZBON VA MING TURFA MEHMON

🔰Xabaringiz bo‘lsa kerak, joriy yil boshida O‘zbekiston xalqaro Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashi - IBBYga aʼzo bo‘lgan edi. Shu munosabat bilan yurtimizda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Milliy hamda respublika bolalar kutubxonalari, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi ishtirokida Milliy sho'ba tashkil qilindi. Endilikda o‘zbek yozuvchilari va ijodkorlari ham ushbu kengash tomonidan taʼsis etilgan tanlovlarda qatnashish va xalqaro miqyosda kitobxonlar eʼtirofiga sazovor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lganligi mutloq quvonarli holdir.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maslahatchi_faoliyati

❇️Bektemir tumani hokimi T.Maxamadziyaev, Toshkent shahar hokimining ma'naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Ro‘zitoev va Geografik ob'ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasi mas'ul kotibi G.Gapparovalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
❇️Tumandagi nomsiz ko‘chalarni aniqlashni jadallashtirish, takrorlanuvchi va nomsiz ko‘chalarni xatlov qilish va nom berish bo‘yicha komissiyaga takliflar kiritish ishlarini tashkil etishga oid masalalarga to‘xtalib o‘tishdi.
❇️Yig‘ilishda tuman hokimining maslahatchisi O.Sapayev “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi bilan ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍2👎1
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 40-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Eski shahar" she'ri. Xurshid Davron
2. "Sen bo‘lmasang yonimda" qo‘shig‘i. Milena Madmusayeva
3. "Anor" hikoyasi. Abdulla Qahhor

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
📋Lotin alifbosiga asoslangan Davlat tilida ish yuritish yuzasidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tugatgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.

📝Mirobod tumani hokimligida bugun malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan 30 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori,filologiya fanlari nomzodi, dotsent I.Azimov hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori, PHD, dotsent A.Eminovlar ishtirok etishdi.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook