DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.66K subscribers
9.67K photos
2.25K videos
10 files
6.08K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#jarayon

Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.  


    Bugun  To‘raqo‘rg‘on tumandagi 51-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi xodimlari o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, madaniy merosimiz, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosatini yuritish, davlat tiliga bo‘lgan hurmat, millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish yuzasidan tuman hokimi maslahatchisi D.Vaxabova tomonidan muloqot o‘tkazildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

Qo‘ng‘irot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Farmon va Qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh bilan birgalikda joriy yilning 25-oktabrida Qo‘ng‘irot tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘rganildi.

O‘rganish natijasida texnikumdagi ayrim ichki yozuvlar, ya’ni bannerlar taxtachalar va is hujjatlari qoraqalpoq tilining eski lotin alifbosida xato-kamchiliklar bilan yozilganligi aniqlandi. Xato-kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida texnikum xodimlariga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Texnikumda is hujjatlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limida bir oylik muddatli dasturiy shaklda tashkil etilgan “O‘zbek va qoraqalpoq adabiy til me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish” kurslarida o‘qib o‘z malakasini oshirish kerakligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

🇺🇿Farg‘ona viloyati

✒️Qo‘qon shahrida joylashgan Imom Buxoriy ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi hamda xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari mas’ullari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

✒️Margʻilon shahar hokimining maslahatchisi tomonidan "Reklama toʻgʻrisida"gi hamda “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi yuzasidan markaziy koʻchalardagi ommaviy targʻibot vositalarining holati o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Jarayon

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida muntazam ravishda Davlat tiliga e’tibor qaratib kelinmoqda.

Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan e’tibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda, bobomiz aytgan Mahmudxo‘ja Behbudiy quyidagi purma’no fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”

Shu asosda, ona tilimizga e’tibor qaratgan holda, tumandagi 7-sonli umumta’lim maktabidagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi yozuvlar ko‘zdan kechirildi.

Monitoring jarayonida xodimlarning xizmat vazifalarining ijrosi, ish hujjatlarining yuritilishi, ijtimoiy ma’naviy-muhit, tashqi targ‘ibot vositalarining talab mezonlariga asoslangan holatlari o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

⚠️Noqonuniy reklama bannerlari bartaraf etilmoqda.

Toshkent shahri Mirobod tumani bo‘ylab “Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarning ijrosi yuzasidan tuman hududida o‘rnatilgan turli reklama va e’lonlar tumanda tashkil etilgan ishchi guruhi bilan hamkorlikdagi o‘rganishlarda aniqlangan amaldagi qonunlarga zid bo‘lgan tashqi yozuvlar (peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlari) olib tashlanmoqda.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#JARAYON

Joriy yilning 21-noyabr kuni Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy boʻlinmasida "Oʻzbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish" malaka oshirish bo’yicha noyabr oyida tashkillangan an’anaviy kurs tinglovchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tinglovchilarga "Davlat tili haqida"gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabr kungi PQ-5850-son Farmoni hamda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi mavqeyini tubdan oshirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

Reja grafik asosida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash ishlari olib borilmoqda.


Toponimikaga ko‘ra, xalqlarning tarixiy oʻtmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning oʻtmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yoʻllari va shahar hamda qishloqlar geografiyasini tavsiflashga yordam beradi.

To‘raqo‘rg‘on tumani Uzumzor, Shoxidon, Sohilobod mahallalariga tegishli Ahmad Yassaviy, Barhayot, Koinot, Yoshlar, Tojimahal, Nurli kabi ko‘chalarning asosiy, tor va berk ko‘chalari kadastr palatasi, mahalla raislari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Hokim maslahatchisi tomonidan ko‘chalarga takliflar berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

🔰Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasi tinglovchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Dars sifati, ustozlarning kasbiy mahorati, o‘quv kursi bo‘yicha taassurotlari xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔰Kurs yakuni bo‘yicha faol tinglovchilar rag‘batlantirildi.


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#Jarayon

Olmazor tumani hokimligi xodimlariga malaka oshirish sertifikatlari hamda kitoblar topshirildi
.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Olmazor tumani hokimligida tashkil etilgan «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» o‘quv kursi tashkil etilgan edi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Farg‘onada qonunlar ijrosi amalga oshirilmoqda.

Davlat tili haqidagi va reklama to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi maslahatchisi S.Tongotarova axboroti.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi VM 24/24-171-sonli majlisi bayoni va Jizzax viloyati hokimining 2024-yil 24-oktabrdagi 01-1547-sonli chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzacho‘l tuman ishchi guruhi, tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish o‘tkazdi.

✔️O‘rganish davomida mazkur tashkilotning ma'sullari bilan suxbatlar o‘tkazilib, Davlat tili to‘g‘risidagi qonunni buzish javobgarlikka sabab bo‘lishi xaqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#JARAYON

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy boʻlinmasida “Oʻzbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” malaka oshirish bo‘yicha 2025-yil uchun an’anaviy kurs tinglovchilarining ro ‘yxati shakllantirildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook