DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.55K subscribers
10.3K photos
2.35K videos
15 files
6.4K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

TILING BIRLA KO‘NGLINGNI BIR TUT


So‘z erurki, o‘q-yoy nishonga,
Mo‘ljalni ham aniq olarkan.
Do‘stga shodlik, anduh dushmanga,
Bitta so‘z ham mangu qolarkan.
Kutgil meni, faqat meni kut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Charaqlaydi qalbim osmoni,
Yulduzlarim ishq dardin so‘zlar.
Oydir ming bir kecha dostoni,
Tong nutqidan ochilgay ko‘zlar.
Quyosh yo‘lin to‘solmas bulut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Men ergashdim so‘zga, navoga,
Haq diydorin ko‘rdim o‘shanda.
Berilmadim ortiq da’voga,
O‘z gulimni topdim gulshanda.
Asrashni bil, boshqasin unut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Ming yilda ham zanglamas oltin,
O‘zing meni yetkazding Haqqa.
Neki olsam, men sendan oldim,
So‘z durlarim qolgaydir xalqqa.
Bo‘lsin desang toleing bus-but,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Til va ko‘ngil egizak erur,
Biri qolib biri o‘lmasun.
Ona tilim, o‘zligim, g‘urur,
Har ikkisi ayro bo‘lmasun.
Bo‘lmasin hech yuzimiz shuvut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

O‘z tilingni asragil, yurtdosh,
Toza bo‘lsin iymoning, qalbing.
Tiling erur tilingga dildosh,
Rozi bo‘lsin hamisha xalqing.
Rozi bo‘lsin sendan ona yurt,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.


✍️ASHURALI BOYMUROD,
shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 41-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Baxtiyor HASANOV:
"Shahidlar xotirasi va tarixiy adolatning tiklanishi"
Oqil SALIMOV:
"O‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir"
Ro‘zimboy HASAN:
"Kunchiqarga yetaklagan ilm. Yaponiyani salohiyati bilan zabt etayotgan Zokirovlar"
Gulbahor ASHUROVA:
"Vatan! Bor qismatim shu bir so‘zda hal..."
Bahora AHMEDOVA:
"Ozod qalb"
Bahrom IRZAYEV:
"Ko‘pga kelgan balo yoxud yozuvchi Boris Cheprunov taqdiri"
Rustambek SHAMSUTDINOV, O‘ktambek UBAYDULLAYEV:
"Milliy ittihod”chi Mahmudxon Ahmadxonov"
Gulchehra UMAROVA yozib oldi:
"Ulug‘imsan, Vatanim"
Muhammad YUSUF:
"Qora quyosh"
Azizullah ARAL:
"Afg‘oniston navoiyshunosligi yoki 1001 bino – Navoiyning niyati"
Shahriyor SHAVKAT:
"Abadiy yashamoq, kulmoq istayman"
Iqbol QO‘SHSHAYEVA:
"Hukm soati yetdi” yoxud Mixail Lermontov “Demon”i"
Moʻtabar Xushvaqtova bilan suhbat:
"Dunyoni asrab, o‘zimizni qutqaraylik"
Eshqobil SHUKUR:
"Barsetka”ning o‘zbekchasi nima?"
Forwarded from SamTVR | MTRK
⚡️Samarqand tumanida bayram shukuhi

🔰 "21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni”  hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan tumanning markaziy ko‘chalariga ona tilimizni ulug‘lovchi targ‘ibot materiallari joylashtirildi.

🔵 Qadring baland bo’lsin, ona tilim!

Bunyod YARASHEV
Samarqand tumani hokimining maslahatchisi
#onatilimfaxrim

💥Shirin shahrida 21-oktabr "Oʻzbek tili bayrami" munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
Forwarded from ALISHER
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Jarayon

Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 11-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻisidagi qonun hujjatlariga riоуа etilishini ta’minlash mаsаlаlаri boʻyicha maslahatchilari uchun Respublika seminari tashkil etildi.

Erta tongdan tadbir tashkilotchilari tomonidan Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gul qo‘yish marosimi tashkil etildi. Adiblar xiyobonidagi gul qo‘yish marosimi adabiy suhbatga aylanib ketdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep