DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.56K subscribers
9.82K photos
2.27K videos
13 files
6.17K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Xayit
Hayit

Qurbon hayit
Qurbon hayiti

Muborakbot etaman
Muborakbod etaman
Birpas

Bolalikdagi sheʼriy mashqlarimning birida, shabboda, toʻxta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri, oʻzbek adabiy tilida bir pas degan soʻz yoʻq, bir nafas deyish kerak, deb oʻzi qizil qalam bilan toʻgʻrilab qoʻygan.

Koʻp yillar oʻtib Navoiyning “Layli va Majnun”ida shunday baytni koʻrdim:
Bir pos chu tundin oʻtdi ul xayl,
Tushluq tushi qildi uyqugʻa mayl.

Lugʻatlarda Pos — tunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha часовой maʼnosidagi atama boʻlib chiqdi.

Ajabki, oʻz soʻzimiz boʻlgan pos jahon kezib, yana oʻzimizga post shaklida, qoʻriqlanadigan joy, soqchining oʻrni hamda lavozim maʼnolarini olib qaytibdi...

Demak, oʻzbekning bir pasi bir soat boʻlar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan soʻzning maʼnosini oʻzingiz tushunavering.

Erkin Vohidov, “Soʻz latofati”.

P/S. Hozirgi til meʼyorlari boʻyicha bu soʻz qoʻshib yoziladi:
Bir pas
Birpas

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#mutolaa

✔️“JADID” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!

📥Yuklab olish (2024-yil, 25-son)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 163-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Mavlono LUTFIY "Bu ko'nglidir, bu ko'ngil" g'azali
2. Tavakkal Qodirov "Yana” qo'shig'i
3. Tog’ay Murod “Oydinda yurgan odamlar” qissasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
📚 So'zlar bilan so'zlashuv

Jo‘yali gap

“Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da “jo‘ya” so‘zi “jo‘yak”, “ariq” ma'nosini anglatishi ta'kidlangan. Dehqonlar poliz arig‘ini «jo‘ya» deyishadi. Tilimizda ma'noli gapning “jo‘yali gap”, mantiqsiz fikr­ning “nojo‘ya fikr” deyilishi ham shundan kelib chiqqan. Jo‘yasiz ekin unmaydi, tez qurib qoladi. Jo‘yasiz gapning holi ham shu.

Toki bir jo‘ya aro kesmakta tok,
Ayladi oni yilon sanchib halok.

(Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asaridan)

✍️ Eshqobil Shukur, "Boboso‘z izidan".

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Avtobiografiya – biror shaxsning o‘zi yozgan tarjimayi holi.

Tаrjimаyi hоl – kishining o‘z shaxsiy hаyoti vа fаоliyati hаqidа yozilgаn bаyon; аvtоbiоgrаfiya.

Kechmishnoma – kam qoʻllaniladi hasbi hol, avtobiografiya.
(Kechmish – oʻtgan hayot, oʻtmish.)

Sizning tanlovingiz qanday?

🔥Avtobiografiya
👍Tаrjimаyi hоl
❤️Kechmishnoma

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 163-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Cho'lpon "Ko'ngil" she'ri
2. Ma'murjon To'xtasinov "Yaxshilig'" qo'shig'i
3. Tog’ay Murod “Oydinda yurgan odamlar” qissasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitob oʻqib, 20 million soʻm yutib olish mumkin boʻlgan tanlov boshlandi! Shoshiling!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oyina.uz portali sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start berdi!

4 bosqichdan iborat marafonda 8 kitobni oʻqing va maxsus sinovlardan oʻtib, gʻolib boʻling!

Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun manzil: @oyinatanlovbot

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
Forwarded from OYINA.UZ
#oʻzbekcha_gapiramiz

Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qo’llaniladigan o’zbekcha so’zlarni eslatib o’tishda davom etadi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
#mutolaa

✔️“JADID” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!

📥Yuklab olish (2024-yil, 26-son)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ