DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.58K subscribers
10.1K photos
2.31K videos
15 files
6.29K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#savollar

8-savol

O‘z ichida vergul bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqilikka ega bo‘lgan sodda gaplar orasida  hamda har xil turdagi gaplarni o‘z ichiga olgan qo‘shma gaplarda ishlatiladigan tinish belgisi qaysi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#onatilimfaxrim

🌿“Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”
Abdulla Avloniy

Доверенность emas - ISHONCHNOMA
Доктор emas -SHIFOKOR
документ emas - HUJJAT
Дом emas - UY
Доставка emas -YETQAZIB BERISH
жевачка emas - SAQICH
Живой emas - JONLI
завтрак emas - NONUSHTA
Задаток emas - BO'NAK
Заказ emas-BUYURTMA
замена emas - ALMASHTIRISH
запчаст emas - EHTIYOT QISM
Зарядник emas - QUVVATLAGICH

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

TARJİMON
Tarjimon so'zi asli arabcha so'zdir. Eng qadimiy kasblardan biri sanaladi. İzohlab yozadigan bo'lsak tarjima qiluvchi shaxs deganidir.

Tilmoch so'zi ham tarjimon so'zining sinonimidir. Kamroq ishlatiladi.  O'zbek tilida fe'l o'laroq tarjima qilmoq, o'girmoq, ag'darmoq fe'llari  ishlatiladi.
Qardosh turkiy xalqlarda quyidagicha
🇹🇷Turkcha - tercüman, mütercim, çevirmen
🇹🇲Turkmancha- terjimechi;
🇦🇿Ozarbayjoncha- tercüməçi;
🇰🇿 Qozoqcha- audarmashi, tilmash;
🇰🇬Qirg'izcha- tilmech; kotormochu;
Tatarcha- tərjəməche, terjeme ituche;
@shevashunos

⚠️"Perevodchik" dan ko'ra "Tilmoch" ancha jarangdor emasmi?

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Diyor yangiliklari

📝Davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish bo'yicha targ'ibot tadbirlari

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
«O‘tkir Hoshimov»
#Nodir_ovozlar
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 38-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. O‘tkir Hoshimov monologi
2. "Xayol" qo‘shig‘i. Sevara Nazarxon
3. "Farzandnoma" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰Alifbo islohoti haqida — 4 ta harfning yangi shakli loyihasi e’lon qilindi.

🔰Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tayotgan respublika ilmiy-nazariy konferensiyada ishchi guruhning xulosalari eʼlon qilindi.

🔰Taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi ishlab chiqildi.

🔰Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz o‘zgartirish taklif etilmoqda:

O‘ => Õ õ
G‘ => Ğ ğ
Ch => C c
Sh => Ş ş

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Nega lotin alifbosini isloh qilish kerak?

Bugun Qoraqalpoq davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalariga “Davlat tilida ish yuritish” fanidan ma’ruzam bor edi. Mavzu “O‘zbekistonda davlat tiliga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar”. Rejaning bir bandi 2021-yil 10-fevralda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 61-sonli qarori edi. Mavzuning bugungi kunga to‘g‘ri kelgani ayni muddao bo‘ldi. Chunki talabalar orasida kechagi lotin alifbosi islohiga bag‘ishlangan anjuman takliflari qizg‘in muhokama qilinayotgan ekan. Avvalo, talabalarga savol berdim: Alifboga kiritilayotgan o‘zgarishlarni ma’qullaysizmi? 101 nafar talabadan 93 nafari qarshi bo‘ldi, 5 nafar betaraf va 3 nafari ma’qulladi. Sababini so‘raganimda, kimdir masalaning iqtisodiy tomonini, kimdir hozirgi alifbo shakliga o‘rganib qolganini aytdi. Ko‘pchilik esa nima uchun qarshiligini o‘zi ham bilmas ekan. Men ham o‘z munosabatimni bildirdim…

Nega lotin alifbosini isloh qilish kerak? Buning bir qancha sabablari bor:

1. Hozirgi lotin alifbosidagi o‘ va g‘ harflari o‘zgartirilmasa, kompyuter imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmaymiz. Bu harflarni yozish uchun klaviaturada 6ta tugmani bosish kerak: o(yoki g)+bo‘shliq+’(belgi tugmasi)+orqaga qaytish+oldindagini o‘chirish+keyinga o‘tish=o‘(yoki g‘). Bu texnik muammo, buni hal qilish uchun klaviaturaga biror ishlatilmaydigan harf o‘rniga (masalan w) o‘ (yoki g‘) harfini joylashtirish mumkin. Biroq kompyuter (sun’iy intelekt) bu harfni tanimaydi va tan olmaydi. Chunki Yunikod belgilar tizimida bunday harfiy belgi yo‘q, uni kiritib ham bo‘lmaydi. Shu sababli hozirgi alifboda yozilgan matnlar ustida turli xil amallar qilganimizda aynan shu harflar qatnashgan so‘zlarda kutilgan natijaga erisha olmaymiz. Ya’ni o‘zbek tilini hozirgi alifbo bilan kompyuter tiliga aylantirib bo‘lmaydi. To‘liq kompyuterlashmagan til halokatga uchrashi muqarrar.

2. Sh harfi yoshlar uchun noqulaylik tugdirmoqda. Sh harfi ifodalaydigan tovishni berish uchun yoshlar orasidagi shaxsiy yozishmalarda w (kirilcha ш harfiga o‘xshagani uchun) harfidan foydalanish urfga kirgan. Islohot bahonasida bu qusurdan qutilish imkoni paydo bo‘lmoqda. Bu imkoniyatdan albatta foydalanish kerak.

3. Ch harfiga c belgisining qabul qilinayotganligi ham to‘g‘ri qaror. Turk va ozarbayjon alifbolaridagi kabi bu tovush uchun ç harfini (oldingi loyihada shunday edi) qabul qilish mumkin. Biroq alifboda c harfi bo‘lmasdan undan hosil qilingan yasama ç qo‘llanilishi mantiqsiz bo‘lar edi. Shu bois bu qarorni ham to‘g‘ri qabul qilish kerak.

4. ng harfiy birikmasini alifbodan chiqarish masalasini uzil-kesil hal qilish lozim. Mazkur harfning alifboga kiritilishi harfiy birikmani doim bir tovush sifatida talaffuz qilishni taqazo etadi. Vaholanki, ng birikmasi ko‘plab o‘rinlarda ikkita mustaqil tovushni ifodalaydi (menga, unga, senga, vatanga va h.). Mazkur harflar qaysi holatlarda bir tovushni, qaysi holatlarda ikki tovushni ifodalashini imlo qoidalari bilan tartibga solish mumkin.

Islohotga qarshi chiquvchilarning etirozlariga javoblar:
Islohot iqtisodiy jihatdan hech qanday zarar keltirmaydi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, tashqi yozuvlar, yo‘l ko‘rsatkichlari uzog‘I (avtomatik tarzda kattalashib ketgan harfni ataylab tuzatmadim, bu holat islohot zarurligining yana bir isboti) bilan besh o‘n yil ichida joyiga tushadi. O‘ttiz yil bo‘ldi ikki yozuv orasida sarson bo‘lib yuribmiz-ku, to‘rt harfning to‘rt besh yillik muammosi nima bo‘libdi. Hozircha faqat birinchi sinf alifbo kitobini yangilasa yetarli. Qolganlari vaqti-soati bilan amalga oshirilaveradi.
Yoshlar hozirgi alifboga o‘rganib qolishgan ekan!? Axir biz (yoshim ellikdan oshgan, kiril yozuvida savod ochganman) siz uchun o‘z yozuvimizdan butunlay voz kechyapmiz-ku, to‘rtta harfning o‘zgarishini qabul qilish shunchalik qiyinmi?! Unda siz boshqa tillarni qanday o‘rganasiz?
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Nega lotin alifbosini isloh qilish kerak? Bugun Qoraqalpoq davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalariga “Davlat tilida ish yuritish” fanidan ma’ruzam bor edi. Mavzu “O‘zbekistonda davlat tiliga oid qabul qilingan normativ-huquqiy…
Auditoriyada jimlik. Keyin bir-ikki ahamiyatsiz savollar bo‘ldi va ularga ham aniq va asosli javoblar berdim.
Dars tugash arafasida savolimni yana takrorladim: Alifboga kiritilayotgan o‘zgarishlarni ma’qullaysizmi? 101 nafar talabadan 2 nafari qarshi bo‘ldi, 2 nafar betaraf va 97 nafari ma’qulladi. Xudoga shukur! Tushuntirsa bo‘lar ekan…

Qadrli vatandoshlar, millatdoshlar! Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar! Tilimiz taqdiri hal bo‘lmoqda, masalaning mohiyatini anglashga harakat qiling, yuzaki yondashib, tushunmasdan fikr bildirmang! Aslida alifbo islohoti Sizning foydangizga, sizning kelajagingiz uchun bo‘lmoqda, buni unutmang!

Aslida, menga qolsa, barcha turkiy davlatlar uchun mushtarak alifbo qabul qilinsa ayni mudao bo‘lar edi. Biroq bu orzuyimizni amalga oshishini uzoq kutishga to‘g‘ri keladi nazarimda. Nima bo‘lganda ham alifbo islohoti bo‘yicha hamjihat bo‘laylik. Aks holda bu imkoniyatni ham qo‘ldan chiqarib yana yillar davomida alifbodagi og‘riqlarni ko‘tarib yurishga to‘g‘ri keladi…

Farhod Bobojonov — Filologiya fanlari nomzodi,
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bo'linmasi rahbari.
#Tavallud

💐Bugun tugʻilgan kun 💐

💐25 - sentabr – Shoir, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mas'ul xodimi Rustam Tursunov tavallud topgan kun.

💐 Koʻp yillardan buyon davlat tili rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan ajoyib inson, dilkash, samimiy, oʻz kasbining fidoyisi boʻlmish Rustam Tursunovni ushbu sana munosabati bilan Davlat tilini rivojlantirish departamenti, qolaversa barcha davlat tashkilotlari rahbar maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐 Fidoyilik va jonkuyarlik bilan olib borayotgan ishlarida hamisha omad yor boʻlib, uzoq umr koʻrib, oilasi va yaqinlari baxtiga sogʻ-salomat boʻlishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 She’rga haykal qo‘yilganini eshitganmisiz?

Ijroda Rustam Mirvohid.

Kanalga
ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 39-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Orif To‘xtash she'rlari
2. "O‘rtar" qo‘shig‘i. Murodjon Ahmedov
3. "Farzandnoma" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
61%
Rosmana
39%
Rostmana
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Britanyaning yetakchi va jahonga mashhur ilm dargohi - Oksford universitetida bu yildan boshlab O'zbek tili va adabiyoti darslari yo'lga qo'yilmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook