#Maqollar_taʼrifi
Toʻyga borsang toʻyib bor, yomonliging qoʻyib bor
Bu nasihat shaklidagi maqolning maʼnosi quyidagicha: jamoat yigʻiladigan joyga — toʻyga, mehmondorchilikka “almoyi-aljoyi” boʻlib borma, durustroq kiyimingni kiyib bor; jamoat yigʻilgan joyda yomonlik qilma, nihoyatda odob saqla; toʻy-ziyofatda ovqatni boʻkkuningcha orqa-oʻngingga qaramay yema.
Boshqa shakllari:
• Toʻyga borsang toʻyib bor, toʻrqa toʻning kiyib bor (*toʻrqa — shoyi matodan tikilgan).
• Toʻyga borsang burun bor, burun borsang oʻrin bor.
• Toʻyga borsang toʻyib bor, boʻz xaltangni qoʻyib bor.
Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Sadir Japarov davlat xizmatchilari va organlarini qirg‘iz tiliga o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Qonunda qirg‘iz tilidan foydalanish shart bo‘lgan holatlar ro‘yxati keltirilgan.
Batafsil — https://dy.uz/4VMKo
📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android

#vaqti_keldi
⚠️ "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi muammo va yechimlari" to‘g‘risidagi bir teleko‘rsatuvda bir milliy Marg'ilon do‘ppisini kiygan shoir akamiz o‘zbek tili REANIMATSIYADA, biz tilimizni qutqarishimiz kerak deb baralla fikr bildirib o‘tdilar.(bo‘lgan voqea)
⚠️Biz bilgan, tanigan oddiy ona tili o‘qituvchisi bolalarga 25 yildan beri o‘zbek tilini bolalarning qalbiga singdirib keladi (jimgina), lekin direktor unga ishda milliy ro‘mol o‘rashni taqiqlagan.
⚠️Vaqti keldi maddohlikni tark etib, tilimizni o‘z darajasiga qaytarishga?
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
⚠️ "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi muammo va yechimlari" to‘g‘risidagi bir teleko‘rsatuvda bir milliy Marg'ilon do‘ppisini kiygan shoir akamiz o‘zbek tili REANIMATSIYADA, biz tilimizni qutqarishimiz kerak deb baralla fikr bildirib o‘tdilar.(bo‘lgan voqea)
⚠️Biz bilgan, tanigan oddiy ona tili o‘qituvchisi bolalarga 25 yildan beri o‘zbek tilini bolalarning qalbiga singdirib keladi (jimgina), lekin direktor unga ishda milliy ro‘mol o‘rashni taqiqlagan.
⚠️Vaqti keldi maddohlikni tark etib, tilimizni o‘z darajasiga qaytarishga?
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👉 QAROR IJROSI AMALDA
✅ Samarqand viloyati Narpay tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan "Samarqand suv taʼminoti" MChJ tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, "Xalq banki" Narpay tuman filiali, «Agrobank» tuman filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordi.
🔰 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.
Sarvar Jabborov,
Samarqand viloyati Narpay tumani hokimining maslahatchisi
https://t.iss.one/SamTvr

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili
✨Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.
Shavkat Mirziyoyev
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
✨Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.
Shavkat Mirziyoyev
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling
“XOBBI”NING OʻZBEKCHASI YOʻQMIDI?
❓ Shunisi aniqki, “xobbi”ni hamma “xobbi” deydi. Hatto, ikki jildlik “Ruscha-oʻzbekcha” lugʻatda ham u “xobbi” deb “tarjima” qilinib, qavs ichida: “Asosiy ishidan boshqa biror narsaga qiziqish, sevgan mashgʻuloti” (Ruscha-oʻzbekcha lugʻat. Ikki tomli. T. 2. ‒ Toshkent: oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1984. ‒ B. 689).
✔️Nima, ruscha terminlar kirib kelgunicha odamlarimizning “xobbi”si boʻlmaganmi? Boʻlgan. Bor. Navoiy shatranj oʻynamaganmi, soz chalmaganmi?!
✔️Faqat biz oʻzbekchasini topib, joy-joyiga qoʻymaganmiz. Ishlatilavermasa, soʻz nofaol (passiv), timsoliy qilib aytilsa, dangasa boʻlib qoladi.
✔️Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol “Anvarmirzo hikoyatlari” kitobida “xobbi” ning sof oʻzbekchasini topib, juda oʻrnida ishlatgan:
Bir ajoyib koʻngilxushi yamoqchiga yor edi,
Uning yetti bedanasi, uch bulbuli bor edi (B. 270).
Yana:
Uchinchisi ‒ oʻziga bir koʻngilxushi saylasin
Va oʻshanga mashgʻul boʻlib, koʻnglini shod aylasin (B. 271).
✔️Marhamat, bundan keyin hammamiz “xobbi” emas, “koʻngilxushi” deyaveraylik! Aytaversak, faollashib, korimizga yarab qoladi.
✔️Axir, pichoqni ham ishlatmay qoʻysak, zanglaydi-ku. Tappa-tayyor ish qurolimizni zang bostirib, zarur boʻlib qolganida qoʻshnidan soʻrab yurmaylik!
✍️Sultonmurod OLIM,
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi.

#jarayon
✅Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida “Davlat tili haqida”gi qonun hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
➡️Joriy yilning 13-iyul kuni G‘ijduvon tumani markazidagi tashqi reklama vositalarining amaldagi qonun talablariga mosligini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyati hokimining maslahatchisi A.Rustamov, tuman hokimining maslahatchisi A.Yuldashov nazorat tadbiri tashkil qildilar. Nazorat tadbirida tumanda joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlaridagi tashqi reklama vositalarining Qonun hujjatlari talablariga mos kelishi holatini o‘rganildi.
🟡O‘rganish jarayonida tashqi yozuvlarning qonun hujjatlari talablariga javob bermaydiganlari aniqlanib, subyekt egalariga tushuntirilib, ogohlantirildi.
🔴Shuningdek qonun talablariga mos kelmaydigan, davlat tilida yozilmagan, eskirib yirtilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi.

#Vaqti_keldi
⚠️ 1989- yil, minglab (balki millionlab) odamlar tili, millati uchun ko‘chaga chiqdi!
⚠️Va shu insonlar jonini o‘rtaga qo‘yib o‘z tilimizni qaytarib olishdi!
⚠️HOZIRGI VAZIYAT OG‘IRROQ, SABABI 1989-YIL BIZ O‘ZGALARDAN O‘Z TILIMIZNI HIMOYA QILGANMIZ, HOZIR ESA O‘ZIMIZDAN.
⚠️Hamma gap o‘zimizda. Qachon "xoʻzmag", "kanstavar", "stroymaterial" deyishdan toʻxtaymiz?
⚠️Vaqti keldi: o‘zga tilni o‘z tilimizdan ustun qo'yishni, KIRILLdan foydalanishni to‘xtatishni.
https://t.iss.one/dtrdep

Forwarded from QARSHI SHAHRI HOKIMLIGI
Qarshi shahridagi eskirgan tashqi reklama va targʼibot bannerlari yangilanmoqda
Qarshi shahridagi yirik hajmli tashqi reklama va targʼibot bannerlari xatlovdan oʼtkazilib, maʼnan va estetik jihatdan eskirganlari olinib, yangilariga almashtirildi. Jarayon davom etmoqda.
👉@qarshishaharhokimligi