DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.59K subscribers
10.2K photos
2.33K videos
15 files
6.33K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
XATIRCHI TUMANIDA QONUNLAR IJROSI TA’MINLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi Xatirchi tuman hokimligining Ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, mazkur qonunlarning mazmun-mohiyati aholiga hamda tadbirkorlik subyektlariga atroflicha tushuntirilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
41%
Barakot
59%
Barokat
Audio
⚡️⚡️⚡️“TAVAKKAL” loyihasi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tayyorlangan.

⚠️Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili

⚠️“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUNda belgilangangan me'yorlarni talab qilish millatchilik emas.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Bir ezma topadi, bir — kezma

Odatda ezma odamni kishilar koʻpam yoqtirmaydilar. Ammo ezma odam har bir narsani ijikilanib soʻrab, to tagiga yetmagunicha qoʻymaydi. Shu ezmaligi, soʻrab-surishtirishdan erinmasligi orqasidan koʻp narsalarni bilib oladi.

Kezma odam ham koʻp joylarni kezib yurib, bilmaganlarini biladi, koʻrmaganlarini koʻradi.

Shu bois bu maqolni «Bilmagan narsangni ezma va kezma odamlardan soʻrasang, bilib olasan», degan maʼnoda ham qoʻllaydilar, ezma va kezma odamlar ustidan kulganda kinoya tarzida ham qoʻllaydilar.

Boshqa shakli:
• Soʻzni bir ezmadan soʻra, bir — kezmadan.

*Ijikilamoq — shevaga oid soʻz, bezovta qilib, ezmalanib soʻrayvermoq degan maʼnoda ishlatiladi.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
47%
Jangovar
53%
Jangovor
Shavkat Mirziyoyev:

“Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yana-da muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Geosiyosat NEWS (Sherzod Khasanov)
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida hujjat ishlarini yuritishga doir targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Davlat tashkilotlarida faoliyat yuritadigan har bir rahbar yoki xodim hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari, yani, o‘zbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalari haqida bilimga ega bo'lmog'i lozim.

Yoshlar ishlari agentligi  Yakkabog' tumani bo'limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hujjat yuritish ishlari o'rganildi.

O'rganish jarayonida tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha  maslahatchisi D.Xushvaqtova agentlik mas'ullariga ish yuritishda davlat tili talablariga rioya qilish, bayonnoma, murojaatlar, yuqori tashkilotlarga jo'natiladigan hisobotlar, yig'ma jildlar ustidagi yozuvlar qonun talablari darajasida (lotin yozuvida) yuritish shartligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida tegishli mas'ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Dilafro‘z Xushvaqtova tuman hokimi maslahatchisi.
#etimologiya

🤔 IXCHAM so‘zining etimologiyasini bilasizmi?

🔎 IXCHAM ‘tuzilishi, bichimi yig‘noq va qulay’. Shu kunlarda ixcham chamadon ko‘tarib yurish odat bo‘libdi. Bu sifat eski o‘zbek tilida ‘to‘pla–’ ma’nosini anglatuvchi yig‘– fe’lidan –(i)ch qo‘shimchasi bilan yasalgan otga –a qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan; keyinchalik so‘z boshlanishidagi y undoshi, ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan, g‘ undoshi x undoshiga almashgan, i unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan. {(yig‘ + ich = yig‘ich) + a = yig‘icha–} + m = yig‘icham > ig’icham > ig‘cham> ixcham.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ulug‘ o‘quvchi bo‘lmaguncha, ulug‘ yozuvchi bo‘lmaydi, ulug‘ odam ham bo‘lmaydi”

O‘zbekiston qahramoni Ibrohim G‘afurov kitob o‘qish ahamiyati haqida.

📺“Olamning qalbi”

Kanalga ulaning👉 @mm_telekanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

"Qadring baland bo'lsin, ona tilim!"

ONA TILIGA QASIDA
Zebo MIRZO she'ri

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
73%
Chopag'on
27%
Chopog'on
SAYLOVNING REFERENDUMDAN FARQI.

Saylov va referendum tushunchalari farqli tushunchalardir. Bu haqida O.Turg‘unovning “Saylov huquqi” kitobida shunday fikr keltirilgan:

“Referendum
(lotincha “referendum” so‘zi – “umumxalq ishi” ma’nosini anglatadi) bevosita demokratiyaning muhim belgisi va instituti bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishidagi eng muhim masalalarni ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladigan jarayonni aks ettiradi.
Saylovlar referendumdan farq qiladi, ya’ni saylovlar davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni qonun, qonun loyihasi, konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi muammolarni o‘z ichiga olmasdan, u muayyan bir tuzilmani shakllantirish yoki mansabdor shaxslarni tegishli organ yoki ma’lum bir lavozimga saylashdan iboratdir”.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida esa,
“Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, Referendum oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha ham aniqlanishi mumkin boʻlsa, R. natijalari faqat majoritarizm (mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin” deya ma’lumot berilgan.

Yana bir muhim jihat borki, saylovda aniq nomzodlar bo‘lib ularning biriga yoki hech biriga ovoz berish va bermaslik huquqi mavjud. Referendumda ma’lum bir muammo yozilib, unda so‘ng “Siz bunga rozimiz” deya savol qo‘yiladi va “Ha” yoki “Yo‘q” javoblaridan birini tanlash lozim bo‘ladi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Jarayon

QONUN IJROSI YUZASIDAN NAVBATDAGI MONITORING O‘TKAZILDI

📝O‘zbekiston Respublikasi "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunining ijrosi yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligi davlat tili masalalariga mas’ul ishchi guruh a’zolari tomonidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi.

📝Unda shahardagi markaziy Ipak yo‘li shohko‘chasi bo‘ylab tadbirkorlar tomonidan joylashtirilgan tashqi reklama vositalarining bugungi holati tahlil qilindi.

📝O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonun talablariga mos kelmagan, davlat tilidan boshqa tilga yozilgan, eskirib, yirtilib yaroqsiz holga kelib qolgan tashqi reklama vositalari tadbirkorlik subyektlarining shaxsan o‘zlari tomonidan olib tashlandi.

📝Bu kabi o‘rganishlar hududning boshqa manzillarida ham davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook