DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.59K subscribers
10.2K photos
2.33K videos
15 files
6.34K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
💐BUGUN TUG'ILGAN KUN

💐3-iyul Xorazm viloyati hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ravshan Yusupovich Xudoyberganovning tavallud ayyomi munosabati bilan Respublikamizdagi viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlarining maslahatchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

💐Xorazm viloyatida "Davlat tili haqida"gi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, davlat tilini rivojlantirish borasidagi keng ko'lamli ishlarni olib borayotganligingizni yuksak qadrlaymiz!

💐Shunday qutlug' kunda sizga sog'lik-salomatlik, tinchlik-omonlik, uzoq umr, mustahkam iroda tilaymiz!

Hurmat bilan,

Davlat tilini rivojlantirish departamenti
#Maqollar_taʼrifi

Doʻst hisobi — dilida

Bu maqolning maʼnosi quyidagicha: biror kim bilan har qancha qalin doʻst boʻlsang ham, oldi-berdi muomalangni toʻgʻrilab yur, doʻstingning haq(q)iga xiyonat qilma, toki ikki oʻrtada koʻngil qolarli, ajralib ketishga sabab boʻlarli ish voqe boʻlmasin.

Boshqa shakllari:
• Doʻsting doʻst boʻlsin, hisobing durust boʻlsin.
• Hisobli doʻst ayrilmas, qush qanoti qayrilmas.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
DAVR TALABI

💠 Koʻkdala tumani hokimining maslahatchisi Dilafro'z Haydarova tomonidan tuman tashkilotlarida muntazam oʻrganish va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
🔷 Maʻsullarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʻminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida belgilangan vazifalar haqida, shuningdek, barcha ish qogʻozlari va hududidagi ichki targʻibot vositalarining toʻliq lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosida boʻlishini taʻminlash yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
💐Bugun tug‘ilgan kun

💐3-iyul Shahrisabz shahri hokimining maslahatchisi Ahmedova Feruza Akbar qizi tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Ahmedova Feruzani Davlat tilini rivojlantirish departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

💐Ahmedova Feruzaga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Go‘zallik va latofat Sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan,
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Habba" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
XATIRCHI TUMANIDA QONUNLAR IJROSI TA’MINLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi Xatirchi tuman hokimligining Ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, mazkur qonunlarning mazmun-mohiyati aholiga hamda tadbirkorlik subyektlariga atroflicha tushuntirilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
41%
Barakot
59%
Barokat
Audio
⚡️⚡️⚡️“TAVAKKAL” loyihasi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tayyorlangan.

⚠️Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_tili

⚠️“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUNda belgilangangan me'yorlarni talab qilish millatchilik emas.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Bir ezma topadi, bir — kezma

Odatda ezma odamni kishilar koʻpam yoqtirmaydilar. Ammo ezma odam har bir narsani ijikilanib soʻrab, to tagiga yetmagunicha qoʻymaydi. Shu ezmaligi, soʻrab-surishtirishdan erinmasligi orqasidan koʻp narsalarni bilib oladi.

Kezma odam ham koʻp joylarni kezib yurib, bilmaganlarini biladi, koʻrmaganlarini koʻradi.

Shu bois bu maqolni «Bilmagan narsangni ezma va kezma odamlardan soʻrasang, bilib olasan», degan maʼnoda ham qoʻllaydilar, ezma va kezma odamlar ustidan kulganda kinoya tarzida ham qoʻllaydilar.

Boshqa shakli:
• Soʻzni bir ezmadan soʻra, bir — kezmadan.

*Ijikilamoq — shevaga oid soʻz, bezovta qilib, ezmalanib soʻrayvermoq degan maʼnoda ishlatiladi.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
47%
Jangovar
53%
Jangovor
Shavkat Mirziyoyev:

“Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yana-da muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Geosiyosat NEWS (Sherzod Khasanov)
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida hujjat ishlarini yuritishga doir targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Davlat tashkilotlarida faoliyat yuritadigan har bir rahbar yoki xodim hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari, yani, o‘zbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalari haqida bilimga ega bo'lmog'i lozim.

Yoshlar ishlari agentligi  Yakkabog' tumani bo'limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hujjat yuritish ishlari o'rganildi.

O'rganish jarayonida tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha  maslahatchisi D.Xushvaqtova agentlik mas'ullariga ish yuritishda davlat tili talablariga rioya qilish, bayonnoma, murojaatlar, yuqori tashkilotlarga jo'natiladigan hisobotlar, yig'ma jildlar ustidagi yozuvlar qonun talablari darajasida (lotin yozuvida) yuritish shartligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida tegishli mas'ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Dilafro‘z Xushvaqtova tuman hokimi maslahatchisi.
#etimologiya

🤔 IXCHAM so‘zining etimologiyasini bilasizmi?

🔎 IXCHAM ‘tuzilishi, bichimi yig‘noq va qulay’. Shu kunlarda ixcham chamadon ko‘tarib yurish odat bo‘libdi. Bu sifat eski o‘zbek tilida ‘to‘pla–’ ma’nosini anglatuvchi yig‘– fe’lidan –(i)ch qo‘shimchasi bilan yasalgan otga –a qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan; keyinchalik so‘z boshlanishidagi y undoshi, ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan, g‘ undoshi x undoshiga almashgan, i unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan. {(yig‘ + ich = yig‘ich) + a = yig‘icha–} + m = yig‘icham > ig’icham > ig‘cham> ixcham.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ulug‘ o‘quvchi bo‘lmaguncha, ulug‘ yozuvchi bo‘lmaydi, ulug‘ odam ham bo‘lmaydi”

O‘zbekiston qahramoni Ibrohim G‘afurov kitob o‘qish ahamiyati haqida.

📺“Olamning qalbi”

Kanalga ulaning👉 @mm_telekanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

"Qadring baland bo'lsin, ona tilim!"

ONA TILIGA QASIDA
Zebo MIRZO she'ri

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook