DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.59K subscribers
10.2K photos
2.33K videos
15 files
6.33K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Qamashi tuman hokimligi (Нурбек Расулов)
JORIY YILDAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINI LINGVISTIK EKSPERTIZADAN O'TKAZISH TARTIBI JORIY ETILDI

Qamashi tumani hokimi maslahatchisi N.Ro'ziyeva tuman adliya bo'limi , Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda seminar tashkil qildi. Unda o'qituvchilar va Axborot xizmati markazi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga adliya bo'limi mutaxassislari dastlab normativ-huquqiy hujjatlar haqida tushuncha berishdi. So'ngra, hokim maslahatchisi lingvistik ekspertiza o'tkazish tartibi va xulosa berish haqida tushunchalar berib o'tdi.Mutaxassislar seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Shuningdek, davlat xizmatchilariga Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining sertifikati topshirildi.

👉 @kamashi24 👈
Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda

🔹Oqdaryo tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔸O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, ijro intizomi, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Forwarded from Orif Tolib
Noyob soʻzlar: qumanjir

Balki, bu soʻzni birinchi marta eshitib turgandirsiz. U issiq mamlakatlarda oʻsadigan, etdor poyali, toʻp-toʻp tikanaklardan iborat bargli oʻsimlikni anglatadi. Baribir uncha tushunarli boʻlmadi-a? Hozir sinonimini aytaman, darrov fahmlaysiz. Gap siz-u bizga yaxshi tanish kaktus haqida ketyapti. Ha, kaktusning oʻzbekchasi qumanjir. Izohli lugʻatda ham, ruscha-oʻzbekcha lugʻatda ham bunga dalil bor. Ishlatmaganimiz uchun begonalashgan xolos.

Kaktus soʻzi yunoncha kaktos soʻzidan. U asliyatda tikanli yovvoyi oʻsimlik – qushqoʻnmasni anglatgan. Kaktus atamasini fanda ilk bor 1737-yili biolog olim Karl Len ishlatgan. U bu nom bilan barcha oʻtkir tikanli oʻsimliklarni nazarda tutgan.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Oʻzbekchasi boʻlaturib, ishlatilmaydi – oʻzimizning “begona” soʻzlar
🔹 “Namoz” soʻzining oʻzbekchasi
🔹 “Million”ning oʻzbekchasi nima?

@oriftolib
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 134-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Tog‘ay Murod haqida" she'ri. Elyor Murod
2. "Diyorim" qo‘shig‘i. Safar baxshi Shaydilov
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Seminar

🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Davlat tilida ish yuritilishi yuzasidan seminar tashkil qilindi.

🔰Joriy yilning 2-fevral kuni o‘tkazilgan seminarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tashkiliy ishlar va kadrlar bo‘limi boshlig‘i Nodir Ergashev ochib berdi.

🔰Davlat tilida ish yuritilishi to‘g‘risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mas’ul xodimi Rustam Tursunov o‘z nutqida ta’kidlab o‘tdi.

🔰Seminarda Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Аzimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Аzizjon Eminov o'z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

🔰Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Parlament kutubxonasiga O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan davlat tilida ish yuritishga doir kitoblar taqdim qilindi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Yor-yor nega aytiladi? Yordam, yaramas, yaralg‘i so‘zlari xususida mutaxassis tahlili

📌Mototsikl egasi har qancha urinmasin, uni qayta o‘t oldirolmadi. Shunda men:
– Keling, sizga yordam beramiz, dedim.
Ochig‘i, yordam berishga qo‘l cho‘zgan kamina baloga qolib ketdim.
– Sen kimsanki, yordam berasan? – degan dashnom eshitdim mototsikl egasidan. – Alloh yordam bersin!
Gap nimada ekanini tushunmay, angrayib qoldim.

https://oyina.uz/uz/article/1234

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdimot

🔰Markaziy bankda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

🔰Markaziy bankda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Ona tilim – mangu makonim” sheʼriy to‘plami hamda yangi nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda Markaziy bank, tijorat banklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek, Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi vakillari ishtirok etishdi.

🔰Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan so‘nggi yangiliklar haqida so‘z yuritilib, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining 2022-yildagi faoliyati hamda “Ona tilim – mangu makonim” sheʼriy to‘plami, “Davlat tilida ish yuritish”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” va “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” kitoblari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
Davlat tili

✏️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida Olmazor tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i D.Sardjanov, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari M.Aliboyeva hamda 133-umumta’lim maktabi 1-toifali o‘qtuvchisi, mutaxassis Yu.Jo‘raeva bilan birgalikda Olmazor tumani Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari uchun “O‘zbek adabiy til me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritishni o‘rganish” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov, yuridika fanlari doktori, professor Zafar Ro‘ziyev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Farhod Bobojonovlar hammuallifligida "O‘zbek tilida lingvistik ekspertiza" uslubiy qo‘llanmasi nashr etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 662-son qaroriga muvofiq 2023-yil 1-yanvaridan boshlab normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish talabi kiritildi.
Nizomda: “lingvistik ekspertiza – loyiha matnining davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini mutaxassis tomonidan o‘rganilishi” – deya ta’riflanadi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qo‘llanmalar taqdimoti o‘tkazildi.

@yangidavr_rasmiy

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep