DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
10.1K photos
2.32K videos
15 files
6.32K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Taqdimot

🔰SOHAVIY BILIMNING OSHISHI ERTAMIZNING POYDEVORIDIR

📚"O'zmetkombinat" AJda kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi.

📚O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi topshirig‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan quyidagi – “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Ona tilim - mangu makonim”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” kabi kitoblar kombinatimizga taqdim etildi.

📚Ushbu kitoblar Yangi yilning ilk kunlarida boshqaruv raisi - bosh direktorning maslahatchisi Nigora Ataxanova tomonidan kombinatning Axborot texnologiyalari departamenti, Notarmoq aktivlar boshqarmasi va Muhandislik markazi ilmiy-texnik kutubxonasiga amaliyotda keng foydalanish uchun topshirildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

📌Ranglarni o‘zbekcha nomlarini bilib oling.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
47%
Oshyon
53%
Oshiyon
​​#Ona_tilim

⚠️Millat tili rivoji uchun biz nima qildik? (Isyon).

🍂 Dildagi gaplar!

❗️ Jadidlar xalqi, tili va  millat oʻzligi uchun boshini "kunda"ga qoʻygan bir millat farzandi sifatida biz shunchaki ularga xiyonat qilmoqdamiz!

❗️Siz kim boʻlipsizki xalqaro daraja uchun milliy tilimizni qoʻshqoʻllab sarmoya uchun tikasiz?

❗️Til poydevori uchun bir choʻp qoʻya olmayapgan bir paytimizda til rivoji uchun ter toʻkayotganlarning gʻoʻriga gʻish tahlashga haqqimiz bormikin!

❗️Bizning ajdodlarimizning kitob va bilimlaridan dunyo foydalanayotgan xalq sifatida, tilimizni xalqaro til darajasiga koʻtarish haqida gap ketganda ensasi qotadigan darajaga yettikmi?

❗️Qachondan boshlab til muayyan bir tashkilotning yoki shaxsning mulki boʻlib qoldi faqat ulardan talab qilamiz!

❗️Qonunlarni muddao qilasiz lekin oʻzingiz xavfsizlik kamarini yechib ulovda yurasiz. Oʻzingiz tashabbus, namuna koʻrsating.

❗️Imloviy xatolarga yoʻl qoʻymang, soʻzlarni oʻzbekcha muqobilidan foydalaning va albatta lotinga butunlay oʻting! (Xattoki shaxsiy sahifasingizda ham)

❗️Faqat internet degan narsani ortiga yashirinib, millat tilidan oʻz foydangiz, obunachilaringizni koʻpaytirish uchun foydalanmang!

❗️Ayni payt tilimiz uchun eng ogʻir payt chunki biz oʻzgadan emas oʻzimizdan himoya qiladigan davrga kelib qoldik!

⚠️ Yagona millat tili uchun aravani har tarafdan tortishni toʻxtatib, kamarbasta boʻlish payti keldi!
( Tilimiz jonkuyarlaridan)

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
PESHLAVHALAR DAVLAT TILIDA YOZILYABDIMI?

🔹Joriy yilning 5-6-yanvar kunlari Bektemir tumanining Husayn Boyqaro, Bektemir shoh ko‘chalarida Toshkent shahar hokimi maslahatchisi Akmal Ro‘zitoyev rahbarligida tuman hokimi maslahatchisi hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida tumanda joylashgan savdo shahobchalari, xizmat ko‘rsatish subyektlaridagi peshlavhalar, e’lonlar, tashqi yozuvlarni «Davlat tili haqida»gi va «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunlarning talablariga moslashtirish bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borildi.

🔹 Natijada 100 dan ortiq peshlavhalar, e’lonlar va reklamalardagi xatolik va kamchiliklar aniqlandi, shulardan 65 tasi ko‘rilgan natijalarga asosan olib tashlandi.

🔹Qolganlari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga 10 kun muddat ichida bartaraf qilishlari uchun ogohlantirish xatlari berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#BuxDU_yangiliklari

⚡️Joriy yilning 6-yanvar kuni Buxoro davlat universitetida Buxoro tumanidagi maktablarning 5-6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida ona tili va adabiyot fanlaridan Buxoro tumani "Hokim kubogi" olimpiadasi o'tkazildi.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#hamkorlik

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Markaz rahbar-xodimlari va Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jamoldinova Odinaxon Rasulovna ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbek tilini davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy qilish hamda davlat tilida ish yuritish borasida Markaz va uning hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar e'tirof etildi. Qo'lga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilindi. Markaz va uning Buxoro viloyati hududiy bo'linmasi vazirlikning faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi. Vazirlik hamda Markaz tomonidan bu boradagi amaliy ishlar muntazam davom ettirilishi ta'kidlab o'tildi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 114-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Chingiz Aytmatov haqida she'r". Xurshid Davron
2. "Жазым келчи" ("Bahor keladi") qo‘shig‘i. Gulnur Satilganova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook