#maqollar_tavsifi
Men nima deyman-u, qoʻbizim nima deydi?!
Baʼzi maqollar vaziyatni oʻta aniq, badiiy boʻyoqlarda ifodalaydi. Bu maqol ana shundaylardan.
Milliy ensiklopediyaga koʻra, qoʻbiz – torli cholgʻu. Oʻrta asr manbalarida, jumladan, Mahmud Qoshgʻariy, Navoiy, Bobur, Darvishali Changiy va boshqalarning asarlarida qoʻbiz turkiy xalqlarning eng sevimli torli-tirnama musiqa cholgʻusi sifatida taʼriflangan. Hozirgi doʻmbiraga yaqin shakldagi qoʻbiz qirgʻizlarda qoʻmuz, xakaslarda xomis nomi bilan saqlangan. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoqlarda qoʻbiz torli-kamonli cholgʻu sifatida mashhur.
“Hikmatnoma” kitobida yozilishicha, ushbu maqol toʻgʻri maʼnoda qoʻbizning kuyi qoʻshiqning kuyiga yaxshi joʻr boʻla olmaganini ifoda etadi. Majozan esa bir odam bir odamga dard-hasratini aytsa, undan maslahat yo madad soʻrasa, u odam unga yordam bergisi kelmay, oʻzini goʻllikka solib, goʻyo uning aslida nima demoqchi boʻlayotganini fahmlamagan boʻlib, gapni boshqa yoqqa burishi, fikrini chalgʻitishini ifoda etadi.
Hayotda bilib yo bilmay talmovsiraydigan, siz bogʻdan kelsangiz, togʻdan keladigan odamlar uchraydi. Ularning xatti-harakati ana shu maqolda mujassam. Birov fikringni anglamagan va shu holida oʻzicha javob bergan yoki sharhlagan paytda ham ayni shu maqolni ishlatish juda oʻrinli boʻladi.
manba
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

#munosabat
🔰Taraqqiyot sari oydin yoʻl davlat tiliga eʼtibordan boshlanadi
🔰Mana, bir necha kunki, Prezidentimizning navbatdagi Murojaatnomasida ilgari surilgan ilgʻor gʻoyalar taʼsiri va taassuroti bilan yashayapmiz. Tahlilchilar esa uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga xolis baho berish va globallashuv davridagi dolzarb jihatlarini eʼtirof etish bilan band.
🔰Til — millat gʻururi, kelajagi. Usiz hech bir millat toʻlaqonli xalq boʻla olmaydi. Boshqacha aytganda, odam oʻzligini unutmasligi uchun uch narsani boy bermasligi kerak: Vatanini, dinini va tilini.
🔰Shuning uchun qariyb olti asr avval Hazrat Navoiy “Tilga eʼtiborsiz — elga eʼtiborsiz”ligi haqida bong urgan. Hassos adib Abdulla Qahhor tilni buzganlarni yoʻl qoidasini buzganlar kabi qatʼiy jarimaga tortishni taklif etgan.
✍️Davlat soliq qoʻmitasi raisi maslahatchisi Gavharxon Muqaddasova
“Yangi Oʻzbekiston”
👉Batafsil

💐Tug‘ilgan kun
✨Ibrohim G‘afurov 85 yoshda
✨Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G‘afurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ildi.
✨1956-1961-yillarda SAGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida o‘qidi. 1961-1982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 1995-yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo‘ldi. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), “Milliy tiklanish” gazetasining bosh muharriri bo‘lib ishladi.
✨Ibrohim G‘afurov “Go‘zallikning olmos qirralari” (1964) “Unutilmagan bog‘” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar so‘z” (1973), “Yam-yashil daraxt” (1976), “Yurak – alanga” (1980). “Lirikaning yuragi” (1982), “Sheʼriyat – izlanish demak” (1984), “O‘ttiz yil izhori” (1987), “Til erkinligi” (1998) singari adabiy tanqidiy, badiiy kitoblar muallifi. U “Darvoza”, “Humo qushim”, “Qaldirg‘ochim” singari sheʼriy nasrlar yohud mansuralari bilan eʼtibor qozondi.
✨Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Doktoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E.Xeminguyey), “Qiyomat”, “Chingizxonnig oq buluti” (Chingiz oq buluti), “Yong‘in” (V.Rasputin) singari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
✨ Ibrohim G‘ofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O‘zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Do‘stlik” ordeni sohibi (1995). “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” (2017), O‘zbekiston Qahramoni (2021).
💐Ibrohim G‘afurovga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Forwarded from Оhangaron shahar hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_axboroti
Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimining davlat tili bo'yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayevaning 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari to'g'risida Axborot!
Kanalga ulanish:
👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim
✍️“Ona tilim”, Mirtemir
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
✍️“Ona tilim”, Mirtemir
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Munosabat
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
🔅Bugun barcha qatori men ham Prezidentimizning murojaatini ko‘rdim. Taassurotlarim yuqori darajada. Ijtimoiy davlat qurish yo‘lida keng qamrovli rejalar, amaliy loyihalar, dolzarb masalalar qamrab olingan. Ayniqsa, ikkita katta muammo bo‘yicha aytilgan fikrlar meni qattiq hayajonga soldi. Birinchisi, kelayotgan yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi.
🔅Haqiqatan ham, ta’limga alohida e’tibor, sifatli ta’lim orqaligina kelajakning mustahkam poydevorini qura olamiz. Bunday e’tibor uchun mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim fidoyilari nomidan hurmatli yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ikkinchisi, “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oinayi hayoti” (Abdulla Avloniy) bo‘lgan ona tilimiz haqida aytgan quyidagi gaplari: “Milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
🔅Albatta, chet tilini bilish-zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish qilish kerak”.
🔅Ana shunday taassurotlardan kelib chiqib, jamiyatimizdagi bir muammo haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Hammamizga yaxshi ma’lum, hozir biz ikkita yozuvdan birday foydalanyapmiz. Xohlagan kirilda, kim xohlasa, lotinda yozyapti. Mana shu holatning o‘zi ham jamiyatimizdagi savodxonlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillardan biri bo‘lib qolmoqda. Xat-savodini lotinda chiqargan 35 yoshgacha bo‘lgan avlod davlat idoralarida faoliyatini boshlab kirilchaga moslasha olmay arosatda, chunki ikki yozuvning imlo qoidalari bir-biridan farq qiladi. Rasmiy telegram kanallaridagi berilayotgan matnlarda ikki yozuvning aralash qo‘llanilishi ham shu muammoga bog’liq.
🔅Ma’lumki, 2021-yil 10-fevralda Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-sonli qarori e’lon qilingan. Mazkur qaror bo‘yicha 2023-yil 1-yanvardan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilab qo‘yilgan. Yaqin vaqtlardan buyon ijtimoiy tarqmoqlarda “2023-yilga yaqin qoldi, lotinga o‘tamizmi?” “O‘tmasak kerak” kabi bahs-munozaralar bo‘lyapti. Sizlarga shuni aytmoqchimanki, o‘tgan davr mobaynida Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rahbarligida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining davlat tili bo‘yicha maslahatchilari bilan qaror ijrosi bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Hozirda barcha tashkilotlarda ish yuritish lotin yozuviga o‘tkazilgan (ba’zilarini hisobga olmaganda, ular ham 2023-yilda to‘liq o‘tadi). Departament ishchi guruhi bilan joriy yilning avgust oyida barcha viloyatlarni o‘rganib chiqqanimizda, ularda ham ish yuritish lotin yozuviga o‘tilganiga guvoh bo‘ldik. Demak, xavotirga o‘rin yo‘q, hammasi o‘zimizga bog’liq. Hukumatning tegishli qarori tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barchaga tegishli va uning ijro qilinishi shart.
🔅Shunday ekan, kelinglar, millat kelajagiga beparvo bo‘lmaylik, bu ishni o‘zimizdan boshlaylik. To‘g‘ri, kirilchaga o‘rganganlarga sal qiyin bo‘ladi, lekin yozishni ozgina mashq qilsangiz, bu qiyinchilikni yengib o‘tasiz. Hech bo‘lmaganda, maktabda chet tili o‘rganganmiz-ku!
⚠️Hurmatli rasmiy telegram kanallari yurituvchilari, hurmatli blogerlarimiz, xayrli ishning amalga oshishida sizlarning ham xizmatingiz muhim ahamiyatga ega!
✍️Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi direktori, f.f.n., dots. Azimov Inomjon Mamasodiqovich

Telegram
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot

#seminar
🔰Qashqadaryo viloyati va tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.
✅Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan maslahatchilar zimmasidagi vazifalarga e’tibor qaratildi.
✅Xatlov davomida aniqlangan 10200 dan ortiq tashqi yozuvning 8910 tasi davlat tili me'yorlariga moslangani mavjud 13685 ta ko'cha davlat reestriga kiritilgani aytildi. Tarixiy nomlarning 80 ga yaqini aholi fikri va tarixiy manbalar asosida saqlab qolindi.
👉Batafsil
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰Qashqadaryo viloyati va tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.
✅Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan maslahatchilar zimmasidagi vazifalarga e’tibor qaratildi.
✅Xatlov davomida aniqlangan 10200 dan ortiq tashqi yozuvning 8910 tasi davlat tili me'yorlariga moslangani mavjud 13685 ta ko'cha davlat reestriga kiritilgani aytildi. Tarixiy nomlarning 80 ga yaqini aholi fikri va tarixiy manbalar asosida saqlab qolindi.
👉Batafsil
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
Bo‘lmasin subhing qaro, bor bo‘l mudom borliq aro,
O‘zni etgil doimo - Inson o‘zing, Inson o‘zing!
E. Vohidov
Barchangizni eʼlondagi makon va zamonda kutamiz!
@Rustam_Mirvokhid
O‘zni etgil doimo - Inson o‘zing, Inson o‘zing!
E. Vohidov
Barchangizni eʼlondagi makon va zamonda kutamiz!
@Rustam_Mirvokhid
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling
🔰"Tavfiq" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"

#Maqola
🔰TIL TARG‘IBOTI E`TIQOD DARAJASIGA AYLANMOG‘I ZARUR
🔰Bugun biz madaniyatlar qorishuvi shiddat bilan kechayotgan bir davrda yashayapmiz. “Ommaviy madaniyat” milliy urf-odat hamda anʼanalarni o‘z domiga tortayotir. Mana shunday vaqtda davlat tili nufuzini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotning ahamiyati katta.
🔰Quvonarlisi, 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha idora, tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subʼektlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritadi.
🔰Zamon shiddat bilan rivojlanyapti. Demak, har bir masalaga zamonaviy yondashish lozim. Davlat va nodavlat tashkilotlar o‘z sohasiga oid atamalarning izohli “cho‘ntak” lug‘atlarini tayyorlashi, elektron nusxalarini tegishli saytlarga joylashtirib borishi kerak. Lug‘atlarning olib yurishga qulayligi xodimlar tez-tez ularga ko‘z yugurtirib turishiga imkon yaratadi.
🔰Davlat va nodavlat tashkilotlarda favqulodda vaziyatlar paytida jamoatchilikka taqdim etiladigan maʼlumotlarning surdotarjimasi bilan birga berilishini yo‘lga qo‘yish ham katta samara beradigan jihat. Shuningdek, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini yaratish maqsadida, zaruratga qarab, shartnoma asosida surdotarjimonlar yoki onlayn surdotarjima xizmatlarini ko‘rsatuvchi mutaxassislarni jalb etishga harakat qilish lozim.
🗞“Yangi Oʻzbekiston”
✍️Obiddin MAHMUDOV,
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri maslahatchisi
Yorqinjon ODILOV,
filologiya fanlari doktori, professor

Audio
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 108-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov she'rlari
2. "O‘n sakkizga kirmagan kim bor" qo‘shig‘i. Faxriddin Umarov (E.Vohidov so‘zi)
3. "Muhabbat" qissasi. Abdulla Qahhor

#loyiha
🔰Kitob sevarlar uchun ajoyib loyiha!
📺 "Madaniyat va Maʼrifat" telekanalida "SIZ EFIRDASIZ" intelektual o'yini.
✔️ Oʻyinda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar ajoyib kitoblar bilan birgalikda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdim qilingan sovgʻalar va bebaho kitoblar bilan taqdirlanadi.
⚠️ Ushbu koʻrsatuvni navbatdagi sonlarini kuzatib boring va Siz ham ishtirok eting.

Dakki nima?
✔️Oʻrinsiz, nojoʻya ish, xatti-harakat uchun aytilgan qattiq tanbeh, taʼzir, koyishdir.
Qizigʻi shundaki, manbalar bu soʻzning tarixini hind tilidagi zarb, turtki, iztirob maʼnosidagi dhakka soʻziga olib boradi.
✔️Buni "dakki eshitmoq", "dakki yemoq" iboralarida koʻp eshitganmiz. Yoshligimizda bobolarimiz, ustozlarimiz bizga dars berishlari bilan bir qatorda dakki ham berishgan. Shunday maqol bor: Chakki yursang, dakki yersan.
shevashunos

🔰Taniqli shoir Eshqobil Shukur “SO'QOQ” so‘zining kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.
📺"Bobo so‘z"