DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.63K subscribers
9.7K photos
2.25K videos
10 files
6.1K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 87-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Onamning gapi" she'ri. Munavvara Usmonova
2. "Onaginam" qo‘shig‘i. Dildora Niyozova
3. "Umr hikmati... saodati" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
💐Bugun tug‘ilgan kun

💐28-noyabr Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yusupov Feruz Rustamovich tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Feruz Rustamovichga Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Feruz Rustamovichga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti
Bugungi avlod farzandiga ajnabiy, ma’nosini o‘zi ham tushunmaydigan ismni ravo ko‘rishi mumkin, ammo o‘zbekcha ot qo‘ymaydi

O‘tmishda ajdodlarimiz chin o‘zbekcha ism qo‘yish udumini saqlab kelishgan. Ammo bugungi kunda, o‘zbek tili arab, fors tillari ta’siridan ancha mustaqil bo‘lgan bir paytda, chin o‘zbekcha otlardan mutlaqo voz kechilmoqda.

O'z: https://oyina.uz/uz/article/894

📲 Kanalga ulanish: @oyina_portali
Xorijlik fuqarolar uchun “O‘zbek maktabi” ochildi.

📖Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti milliy tilimizni keng targ‘ib qilish, o‘rgatish bo‘yicha maxsus metodikalar ishlab chiqish kabi muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.

📚Besh yildan buyon sinov tariqasida universitet qoshida faoliyat yuritayotgan xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish kurslarida 300 dan ortiq chet el fuqarolari, jumladan, Koreya, Xitoy, AQSH, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar fuqarolari o‘zbek tilini muvaffaqiyatli o‘rgandilar.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Tabrik

💐Bugun Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas'ul xodimi Hamroyev G‘afur Hasanovich “Ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlari ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi.

💐 Shu munosabat bilan G‘afur Hasanovichni Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐G‘afur Hasanovichga ilmiy, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Dangal" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu so‘zning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 "Bobo so‘z"

👉 @mm_telekanal

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#YANGI NASHR

OʼzR Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili,  adabiyoti va folklori instituti professori,  filologiya fanlari doktori Durdona Xudoyberganovaning "Аntropotsentrik tilshunoslik terminlarining izohli lugʼati"  kitobi nashr qilindi.

Lugʼatda til tizimini insonning milliy mentaliteti, milliy tafakkuri, dunyoni qabul qilish tarzi, ruhiyati kabi   jarayonlar bilan uzviylikda oʼrganuvchi, markazida shaxs va u mansub boʼlgan xalq omili turuvchi antropotsentrik tilshunoslikning asosiy terminlari izohlangan.

Lugʼatdan tilshunoslar, oliy  oʼquv yurtlarining filologiya yoʼnalishidagi fakultetlari oʼqituvchilari va talabalari, antropotsentrik paradigma asosida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

Taqrizchilar:
Usmonova Shoira, f.f.d., professor
Ismoilov Gʼulom, f.f.n., katta ilmiy xodim
#jarayon

Farg'onada “Reklama to‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash maqsadida nazorat tadbirlari o'tkazildi

🌀Qo‘qon shahrining markaziy ko‘chalaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining nomlanishi, u yerdagi reklama vositalari va qurilmalari holatining qonun talablariga mosligi o‘rganildi.

🌀Furqat tuman “Shoyimbek” mahalla fuqarolar yig'inida nazorat tadbiri tashkil qilinib, tadbirkorlarga eskirgan va xato bilan yozilgan tashqi yozuvlarni zudlik bilan yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🌀Bag‘dod tuman "Dasht" mahalla fuqarolar yig'inida tadbirkorlar ishtirokida hududdagi reklamalarning qonun talablariga mosligi bo'yicha davra suhbati o‘tkazildi.

🌀Farg‘ona, Toshloq va Uchko'prik tumanlarida ham Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tadbirkorlar o'rtasida targ‘ibot ishlari olib borldi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from O‘zMTDP YOSHLAR QANOTI
Bozorlarga “ko‘rk” berib turgan tashqi reklama va peshlavhalar
“Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhining navbatdagi safari Yashnobod tumaniga bo‘ldi. Jumladan, “Aviasozlar” bozorida “Davlat tili to‘g‘risida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi bilan tanishildi.

Batafsil:👇🏻
https://mt.uz/yangiliklar/761


@Yoshlarqanotii