DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
10.1K photos
2.32K videos
15 files
6.32K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Qonun

🔰4-noyabr kuni Urganch tuman hokimligi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh a'zolari hamrohligida “Davlat tili haqida”gi qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi qonunning 6-moddalari ijrosi yuzasidan tumandagi 4-sektor hududidagi “Orzu”, “Baxshilar” hamda “Hilol” mahallalaridagi tashqi yozuv e'lonlari, reklama matnlari, bannerlarini qonun talablariga mosligi o‘rganilib, noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama yozuvlari oldirib tashlandi va xato yozilganlari imlo qoidalariga muvofiq lotin alifbosida yozilishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

❗️Hurmatli tadbirkorlar, Sizdan “Davlat tili haqida”gi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Eng qadimgi harf

Mutaxassislarning fikricha, dunyodagi eng qadimiy harf — "O" harfi. Miloddan avvalgi 1300-yillarda finikiya alifbosida ilk bor paydo bo‘lgan bu harf hozirgi kundagi deyarli barcha alifbolardan joy egallagan.

Ayni damda dunyoda 65 turdagi alifbo mavjud.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MTRK

📺"DIYOR YANGILIKLARI" Tuman (shahar) hokimlarining maslahatchilari uchun seminar tashkil etildi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
💐Bugun tug‘ilgan kun

💐 7-noyabr Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Zarnigor Rustamova tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Zarnigor Rustamovaga Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐 Zarnigor Rustamovaga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Go‘zallik va latofat Sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti
Tyutor – murabbiy demak

Tilimizda oxirgi bir yil ichida paydo boʻlgan bu atama talabalarning maʼnaviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi mutaxassisni anglatadi.

Tyutor – inglizcha soʻz. Ingliz tiliga lotin tilidan qadimgi fransuz tili orqali oʻtgan. Taxminlarga koʻra, bu soʻzning ildizi sanskrit tiliga borib taqalishi mumkin.

Tyutor zamonaviy ingliz tilida ustoz, murabbiy, xususiy taʼlim bilan shugʻullanuvchi mutaxassis maʼnolarida qoʻllanadi.

Oʻzbek tilida oliy taʼlim muassasasi xodimini anglatadi. U talabalarning qiziqishlari, darsdan keyingi mashgʻulotlari, yashash sharoitlari kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Bu mazmunni oʻzbek tilida shu paytgacha qoʻllanib kelayotgan murabbiy soʻzi bemalol bera oladi. Fikrimcha, tilimizda tayyor soʻz turgan paytda yana yangi atama qidirish mutlaqo ortiqcha.

manba👉@oriftolib

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 73-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "O‘zbekcha tush ko‘raman" she'ri. Umida Abduazimova
2. "Oq atirgullar" qo‘shig‘i. Umida Mirhamidova
3. "Umr hikmati... saodati" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

Farg‘onada maktabgacha ta'lim tizimidagi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi

🔶“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son farmoni ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 22-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida shahardagi barcha MTT direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔷Kun tartibidagi masala yuzasidan har bir tashkilot kesimida bugungi kunda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ahvoli atroflicha muhokama qilindi, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

S.Tongotarova,
Farg'ona viloyati hokimining maslahatchisi

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

🔰Til – millat maʼnaviyatining muqaddas timsoli -
Xalq so‘zi

Или - YOKI
Именно - AYNAN
Иначе - ZERO, ILLO
Инструмент - ASBOB
Интеллигентный - ZIYOLI
Как раз - AYNI
Каникулы - TA'TIL
Касса - G'AZNA
Квартал - DAHA
Кварталный - CHORAKLIK
Квартира - XONADON
Класском - SINF SARDORI
Клей - YELIM
Клиент - MIJOZ

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#viktorina

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “Yoshlar” radiokanali hamkorligida “Tilimiz-boyligimiz” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi.

📻Radioviktorina “Yoshlar” radiokanalida har payshanba soat 18.30 da efirga uzatiladi.

☎️Ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 104.0 FM to‘lqiniga 71-286-32-25, 71-233-80-70 telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkin.

🥇🥈🥉G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Qonun_ijrosi

🔰Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari hokimlarining maslahatchilari tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan hamkorlida monitoring ishlari tashkil qilindi.

📜Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona shahar Ma'rifat, Saylgoh, Ahmad al-Farg‘oniy ko‘chalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari amalga oshirildi, shuningdek, talabga javob bermaydigan reklama va boshqa targ'ibot vositalari o'rnida bartaraf qilindi.

📃Hududlarda amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

S.Tongotarova,
Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook