DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.62K subscribers
9.72K photos
2.26K videos
10 files
6.11K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#jarayon

🔰Jamiyatda o‘quv mashg‘ulotlarining 5-bosqichi boshlandi.

🔰"Ammofos-Maksam" AJda joriy yil uchun O‘zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash, davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar belgilab olingan. Rejadagi mazkur vazifalar amaliyotini yo‘lga qo‘yishda qator tadbirlar tashkillashtirib kelinmoqda. Xususan, 6-sentabrdan korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish savodxonligini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish, malaka oshirish markazi tomonidan 25 nafar mutaxassislar uchun "O‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish" o‘quv mashg‘ulotlarining keyingi 5-bosqichi boshlandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Badik" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Chiziqchaning turlari

Bugun siz hamma mutaxassislar ham bilavermaydigan muhim maʼlumotga ega boʻlasiz. Quyida keltiriladigan qoidalarga qonun hujjatlarida ham, nufuzli kitoblar nashrida ham, ommaviy axborot vositalari maqolalarida ham koʻpincha rioya qilinmaydi.

Umuman olganda, chiziqchalarning oʻndan ziyod turi bor, lekin biz eng asosiy uchtasini bilib olsak, shuning oʻzi yetarli boʻladi.

1. Defis (-)
Defis — bu soʻzlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft soʻzlar, takror soʻzlar orasida, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Boʻgʻin koʻchirish uchun ham defis qoʻllanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.

Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.

Telefon yoki kompyuter klaviaturalarining hammasida bu belgini osongina topib olasiz.



2. Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana “em-desh” (ing. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan boʻsh joy bilan ajratib yoziladi.

Misol:
Til — bu millat gʻururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yoʻnalishi.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.



3. Qisqa tire (oʻrtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo boʻlganiga 10-15 yil boʻldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng boʻlgani uchun “en-desh” (ing. n-dash) ham deyishadi. Nima uchun “raqamli tire” deyilishiga sabab esa uning raqamlar koʻlamini ifodalashi uchun ishlatilishida. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan boʻsh joy tashlamay yoziladi.

Misol:
3–4 dona, 1941–1945-yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.


manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

🎙Termiz shahar hokimi maslahatchisi Baxriddin Usmonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

⚠️Ushbu brifingda O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, asosiy talablari hamda ahamiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 38-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. O‘zbekiston xalq shoiri Shukurullo she'rlari
2. "Mustahzod" qo‘shig‘i. Munojot Yo‘lchiyeva
3. "Ummondan durlar" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#qonun

⚠️Reklama qonunchiligi o‘zgardi

Hurmatli, tadbirkorlar! Mamlakatimizda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri 9-sentabrdan kuchga kirdi.

Qonunning 6-moddasi “Reklamaning tili” haqida bo‘lib, unga amal qilishingizni so‘raymiz.

Asqarbek QURBONOV, Jomboy
tuman hokimining maslahatchisi.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan astronomik asbob nomini belgilang
Anonymous Quiz
25%
Usturlab
75%
Usturlob
#Seminar

📝Bog‘ot tumanida o‘quv seminari tashkil etildi.

🗒Xorazm viloyati Bog‘ot tumani hokimligining majlislar zalida joriy yil 1-oktabrdan ish yuritish lotin yozuviga o‘tkazilishi bo‘yicha viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan o‘quv seminari tashkil etildi. Unda idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahalla faollari ishtirok etdilar.

Seminarni Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudoyberganov olib bordi.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook